Eshquvvatova Gulmira Norjigitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek internet matnlarining semantik-stilistik tadqiqi” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2859.
Ilmiy rahbar: Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.07.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual kommunikatsiya jarayonida o‘zbek internet matnlarining lisoniy tabiati, uslubiy va lingvomadaniy o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilshunosligida ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Instagram, Facebook) materiallari asosida internet matnlarining semantik-stilistik xususiyatlari, ularning janr va matn parametrlariga ta’siri kompleks yondashuv asosida ochib berilib, ularning murakkab kommunikativ fenomen ekanligi dalillangan;
o‘zbek internet matnlarida yangi til shakllariga kiruvchi semantik birliklar hashtag, emoji, gif, vizual belgilar, qisqartmalar hamda leksik va frazeologik innovatsiyalarga kiruvchi “like bosmoq”, “tarmoqni portlatdi”, “kommentlarda o‘t oldi”, “trendga chiqmoq”, “trollarga em bo‘lmoq” kabi so‘z va so‘z birikmalarining semantik yuklamasi va stilistik vazifalari til materiali asosida tizimli ravishda ochib berilgan;
internet matnlarida ko‘p ma’nolilik, kontekstual ma’no, neologizm va slenglarning o‘zaro semantik bog‘liqligi aniqlanib, ularning o‘zbek internet nutqida yangi ma’no qatlamlarini hosil qiluvchi ekspressiv, kinoyaviy, baholovchi, identifikatsiyaviy kabi so‘zlarning shakllantirishdagi roli asoslangan;
o‘zbek rasmiy internet matnlarida (UZA, edu.uz) rasmiy leksika va baholovchi birliklarning internet muhitiga moslashuvi, xususan, gibrid til (rasmiy va norasmiy uslub unsurlarining birikmasi) hodisasining semantik-stilistik funksiyalari o‘zbek tili materiali asosida asoslanib, intertekstuallik, gipermatn va multimodallikning internet matnlarini shakllantirishdagi o‘rni dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek internet matnlarining semantik-stilistik xususiyatlarini ochib berishga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilshunosligida ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Instagram, Facebook) materiallari asosida internet matnlarining semantik-stilistik xususiyatlari, ularning janr va matn parametrlariga ta’siri kompleks yondashuv asosida ochib berilib, ularning murakkab kommunikativ fenomen ekanligi dalillanganligiga oid xulosalaridan AM–F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirish jarayonida (2020-2023-yillar) samarali foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-oktabrdagi 04/1-5163-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek internet matniga xos leksik, stilistik hamda multimodal birliklarning aniqlangan xususiyatlari asosida loyiha mazmunining boyitilishiga va ta’limiy korpusning ilmiy-amaliy jihatdan yanada mukammallashuviga erishildi;
o‘zbek internet matnlarida yangi til shakllariga kiruvchi semantik birliklar hashtag, emoji, gif, vizual belgilar, qisqartmalar hamda leksik va frazeologik innovatsiyalarga kiruvchi “like bosmoq”, “tarmoqni portlatdi”, “kommentlarda o‘t oldi”, “trendga chiqmoq”, “trollarga em bo‘lmoq” kabi so‘z va so‘z birikmalarining semantik yuklamasi va stilistik vazifalari til materiali asosida tizimli ravishda ochib berilganligiga oid xulosalardan IL–402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirish jarayonida (2022-2024-yillar) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/1-5382-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek internet matnlariga xos semantik va stilistik birliklarni avtomatik tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilib, loyiha mahsulotining ilmiy-amaliy samaradorligi oshirildi;
internet matnlarida ko‘p ma’nolilik, kontekstual ma’no, neologizm va slenglarning o‘zaro semantik bog‘liqligi aniqlanib, ularning o‘zbek internet nutqida yangi ma’no qatlamlarini hosil qiluvchi ekspressiv, kinoyaviy, baholovchi, identifikatsiyaviy kabi so‘zlarning shakllantirishdagi roli asoslanganligiga oid natijalari asosida “Zarafshon” gazetasida internet-muloqot, media madaniyati va ijtimoiy tarmoqlardagi til birliklariga oid materiallarni tayyorlash jarayonida samarali foydalanilgan (“Zarafshon” gazetasining 2025-yil 3-dekabrdagi HE01731855-son ma’lumotnoma). Natijada emoji, hashtag, mem, GIF, qisqartmalar hamda polisemik va kontekstual birliklarning o‘zbek internet nutqidagi baholovchanlik, identifikatsiya va sotsiolingvistik talqini ommaviy axborot vositalari orqali ilmiy asosda yoritilib, gazeta materiallarining zamonaviylik va tushunarlilik darajasi oshirilgan;
o‘zbek rasmiy internet matnlarida (UZA, edu.uz) rasmiy leksika va baholovchi birliklarning internet muhitiga moslashuvi, xususan, gibrid til (rasmiy va norasmiy uslub unsurlarining birikmasi) hodisasining semantik-stilistik funksiyalari o‘zbek tili materiali asosida asoslanib, intertekstuallik, gipermatn va multimodallikning internet matnlarini shakllantirishdagi o‘rni dalillanganligiga oid natijalar asosida “Kompyuter ilmiy uslubining korpusi” dasturi yaratilgan va Intellektual mulk agentligidan mualliflik huquqi olingan (Intellektual mulk agentligi 58188-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturdan foydalanuvchilar ilmiy matnlardagi iboralarni avtomatik aniqlash, tahlil qilish va korpus asosida solishtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada bugungi kunda o‘zbek tarjimashunosligi va uning rivojlanishi, xususan badiiy tarjima va unda milliy o‘ziga xoslikning ifodalanishi, tarjimon mahorati, milliylik va o‘zbek urf-odatlarining boshqa tilga tarjima qilinishiga oid ilmiy bilimlari boyitilishiga erishilgan.