To‘qboeva Malohat Bahodirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida holat (stativlik) kategoriyasining qiyosiy-funksional tadqiqi”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4758.
Ilmiy rahbar: Boltakulova Gulnoza Farruxovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/2025.27.12.Fil. 37.02.
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kalandarov Aybek Ruzimbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
 Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibida holat kategoriyasini ifodalovchi sintaktik birliklarni qiyosiy-funksional hamda ularning paradigmatik, izomorflik va allomorflik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qardosh bo‘lmagan tillar tizimida holatni (stativlikni) ifodalovchi sintaktik birliklarning qiyosiy-funksional jihatlari ochib berilib, stativlik kategoriyasi harakat va jarayonni emas, balki subekt yoki obektning ma’lum vaqt oralig‘idagi mavjud holatini ifodalovchi murakkab funksional-semantik kategoriya ekanligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida stativlikning paradigmatik qatorlari aniqlanib, ularning umumiy semantik tabiatiga asoslangan izomorflik va grammatik ifodalanish shakllari bilan bog‘liq allomorflik xususiyatlarining chog‘ishtirma-funksional va struktural-tipologik tomonlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida stativ sintaksemalarning gap qurilmasidagi vazifaviy-semantik va sintaktik mavqeyi hamda ularni aniqlash va tavsiflashning transformatsion-tahliliy mezonlari asosida ularning sintaktik derivatsiyasi va transformatsion imkoniyatlari dalillangan;
holatni ifodalovchi birliklarning funksional-semantik maydon elementi sifatidagi tabiati dalillangan hamda ingliz va o‘zbek tillarida holat kategoriyasining ifodalanishiga xos tipologik umumiylik va milliy-spetsifik belgilar mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibida holat (stativlikni) ifodalovchi sintaktik birliklarni lingvistik metodlar asosida qiyosiy tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
qardosh bo‘lmagan tillar tizimida holatni (stativlikni) ifodalovchi sintaktik birliklarning qiyosiy-funksional jihatlari ochib berilib, stativlik kategoriyasi harakat va jarayonni emas, balki subekt yoki obektning ma’lum vaqt oralig‘idagi mavjud holatini ifodalovchi murakkab funksional-semantik kategoriya ekanligi isbotlangan o‘rinlardan Evropa Ittifoqining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2- CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida kompyuter lingvistikasida tatbiq etiladigan avtomat tarjima dasturlarida adekvat tarjimaga erishish, yozma matnni muvofiqlashtirish va idrok qilish algoritmini yaratishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 4-yanvardagi 5/02-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish mazkur loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda va o‘quv jarayonlarini tashkil etishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida stativlikning paradigmatik qatorlari aniqlanib, ularning umumiy semantik tabiatiga asoslangan izomorflik va grammatik ifodalanish shakllari bilan bog‘liq allomorflik xususiyatlarining chog‘ishtirma-funksional va struktural-tipologik tomonlari ochib berilganligiga doir xulosalardan Evropa Ittifoqining 2014-2016-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPSR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 4-yanvardagi 6/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu usul qiyosiy-grammatik vositalarni o’rganishga yo‘naltirilgan “Chog‘ishtirma lingvistika”, “Nazariy grammatikaning dolzarb muammolari”, “Matn lingvistikasi” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida stativ sintaksemalarning gap qurilmasidagi vazifaviy-semantik va sintaktik mavqeyi hamda ularni aniqlash va tavsiflashning transformatsion-tahliliy mezonlari asosida ularning sintaktik derivatsiyasi va transformatsion imkoniyatlari dalillanganligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 5-yanvardagi 7/02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv dasturlarini yaratishga xizmat qilgan;
holatni ifodalovchi birliklarning funksional-semantik maydon elementi sifatidagi tabiati dalillangan hamda ingliz va o‘zbek tillarida holat kategoriyasining ifodalanishiga xos tipologik umumiylik va milliy-spetsifik belgilar mavjudligi asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati teleradiokompaniyasida 2024-yil 9-fevral kuni efirga uzatilgan “Ma’rifat shu’lasi” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2024-yil 29-maydagi 01-07/124-son ma’lumotnomasi). Natijada rasmiy va norasmiy matnlarni ingliz va o‘zbek tillarida ifoda qilishda to‘liq muqobillikni shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish