Axmedova Shaxnoza Ravshanbek qizi

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy ingliz romanchiligi mifopoetikasi”, 10.00.04- Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3394.
Ilmiy rahbar: Dadaboev Olimjon Ortiqovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Nasriddinov Dilshod A’zamkulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent; Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi mifopoetika kategoriyasining zamonaviy ingliz romanlaridagi o‘rni va funksiyasini aniqlash, zamonaviy ingliz romanlarida uchraydigan asosiy mifologik motivlar, syujetlar va personajlarning badiiy vazifasini tahlil etish, shuningdek ularning dastlabki manbalarga nisbatan o‘zgarishi va yangi talqinlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy ingliz romanlarida mifopoetika kategoriyasining nazariy asoslari tizimli tahlil qilinib, mifologik syujet va obrazlarning badiiy asar tahlilidagi funksional imkoniyatlari aniqlandi hamda ularni zamonaviy ingliz romannavislari ijodiga nisbatan qo‘llashning ilmiy mezonlari asoslangan;
mifologik syujet va personajlarning zamonaviy ingliz romanlaridagi badiiy zarurati ochib berilib, ularning asar konsepsiyasidagi axloqiy, psixologik va g‘oyaviy funksiyalari, shuningdek, mifologik obrazlarning yangi ijtimoiy mazmun kasb etishi va zamonaviy inson ruhiyati bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan ochib berilgan;
qadimgi yunon va g‘arb miflarining zamonaviy ingliz romanchiligidagi talqin qonuniyatlari aniqlanib, mifiy motivlar va arxetiplar asosida shakllanayotgan yangi obrazlar tizimining poetik funksiyalari hamda ularning zamonaviy badiiy tafakkurdagi o‘rni tipologik jihatdan dalillangan;
mifopoetika kategoriyasini zamonaviy ingliz romanlarini tahlil qilishda qo‘llashga oid ilmiy-amaliy yondashuvlarga tayanib, badiiy asarlardagi mifologik motivlarni aniqlash, tavsiflash va talqin etishning samarali usullari amaliy loyihalar, ta’limiy jarayon hamda ommaviy axborot vositalari materiallari misolida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ingliz romanchiligi mifopoetikasi xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy adabiyotda mifologiyaning ishlatilishi bilan bog‘liq nazariy tushunchalarni tavsiflash, mifopoetika terminini zamonaviy ingliz romannavislari ijodiga nisbatan qo‘llashni nazariy jihatdan asoslash, badiiy asarlarda ishlatilgan mifologik syujetlar va personajlarning dolzabligi va zaruratini aniqlashtirish zamonaviy ingliz romanchiligida qadimgi grek va yunon miflaridan foydalanishning asosiy an’analari va adabiy qonuniyatlarini aniqlashtirish kabi jihatlarga tayanildi, shuningdek, tasnifiy, tavsifiy, qiyosiy-tipologik, qiyosiy-tarixiy, struktural-semiotik uslublar asnosida tadqiq etilganligi bilan boshqa tarjima maktablaridan farqlanishi natijalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2025 yil 4-avgustda bo‘lib o‘tgan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” bo‘yicha maxsus loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti OO‘MTVning 16.07.2021-yil 311-sonli buyrug‘iga muvofiq). Natijada, badiiy adabiyotda mifologiyaning ishlatilishi bilan bog‘liq nazariy tushunchalarni, mifopoetika terminini zamonaviy ingliz romannavislari ijodiga nisbatan qo‘llashni nazariy jihatdan asoslash, badiiy asarlarda ishlatilgan mifologik syujetlar va personajlarning dolzarbligi va zaruratini aniqlashtirish, zamonaviy ingliz romanchiligida qadimgi yunon miflaridan foydalanishning asosiy an’analariva adabiy qonuniyatlarini aniqlashtirish kabi jihatlari asoslab berilgan.
adabiy asarda qadimgi miflarning izlarini topish mifopoetika kategoriyasini, uning badiiy asar tahlilidagi roli, hamda motivlarni aniqlash, zamonaviy ingliz romanlarida qadimgi yunon miflarining zamonaviy kontekstda yangicha badiiy talqinga ega bo‘lishi, arxetiplar asosida shakllanayotgan yangi obrazlar tizimidagi folklorga oid materiallardan hamda tahlillardan Namangan davlat universitetida 2020-202Z-yillarda amalga oshirilgan FZ-201912099 raqamli “O‘zbek folklorining o‘zbek, ingliz tillaridagi veb sayti va multimedia mahsulotini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2025-yil 9-iyuldagi 5110-09/06-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning o‘zbek, ingliz tillaridagi veb sayti va multimedia mahsulotini yaratishda tadqiqot yangligi va xulosalari katta ahamiyat kasb etgan;
zamonaviy ingliz romannavislari ijodiga nisbatan qo‘llashni asoslashda tadqiqot natijalari ommabop tarzda yoritilishi natijalaridan, mifopoetika kategoriyasini, uning badiiy asar tahlilidagi roli, shakllarini aniqlashtirish, tavsiflash, asosiy mifologik motivlarni aniqlashtirish, ularning badiiy vazifalarini ingliz zamonaviy yozuvchilari romanlari misolida tadqiq etish hamda zamonaviy ingliz adabiyotida mifologik elementlarning o‘ziga xos qirralarini yoritib berish, shuningdek, badiiy asardagi mifologik motivlar va ularning badiiy vazifasini tadqiq etish asosida erishilgan natijalar yoritishda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2025-yil yanvar va may oylarida efirga uzatilgan “Adabiy jarayon” va “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (2025-yil 7--iyul, 05-09/1077 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dasturlar zamonaviy ingliz romannavislari va mifopoetika haqidagi muhim ma’lumotlar bilan yanada boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish