Mirzaeva Zulxumor Abdukaxor qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Frazeosemantik maydonning tipologik, lingvokognitiv hamda lingvomadaniy tadqiqi (o‘zbek va ingliz tillari misolida). 10.00.13- Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/Fil1218.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Umarxo‘jaev Muxtorxon Eshonxo‘jaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Dadaboev Olimjon Ortiqovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Baxriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida frazeologik birliklarning struktur, semantik, tipologik, lingvomadaniy, pragmatik va translatologik xususiyatlarini turli semantik maydonlar, diskurslar kesimida tadqiq qilish hamda tillararo izomorf va allomorf jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillarining frazeologik birliklar majmuini qiyosiy-tipologik asosda tadqiq etilib, frazeologik birliklarni semantik guruhlarga ajratishning an’anaviy tamoyillaridan farqli ravishda ularning arxisema, differensial sema va aksiologik qutblariga tayanuvchi frazeosemantik maydonlarni tasniflashning modeli ishlab chiqilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeosemantik maydonlarning makro va mikrotuzilishi aniqlanib, frazeologik birliklar “qarama-qarshi aksiologik qutblar” tamoyili asosida (boylik ↔ kambag‘allik, mehnatsevarlik ↔ dangasalik, donolik ↔ nodonlik, do‘stlik ↔ dushmanlik, halollik ↔ yolg‘onchilik va boshqalar) tizimlashtirilgan hamda maydonlararo semantik munosabatlarning tipologik mexanizmi asoslangan;
frazeosemantik maydonlarning shakllanishida ishtirok etuvchi konseptual, lingvomadaniy va aksiologik omillar tahlil qilinib, o‘zbek va ingliz xalqlarining milliy tafakkuri, qadriyatlar tizimi va dunyo manzarasini aks ettiruvchi lingvomadaniy markerlar aniqlangan hamda ularning universallik va milliylik darajalari dalillangan;
frazeosemantik maydon birliklarining badiiy, publitsistik, diplomatik va kundalik muloqot diskurslarida reallashuv mexanizmlari ochib berilib, ularning pragmatik-funksional imkoniyatlari, kommunikativ ta’sir darajasi va diskursiv faolligini belgilovchi mezonlar tizimi tavsiflangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeosemantik maydon birliklarini tarjima qilishning translatologik modeli ishlab chiqilib, unda frazeologik ekvivalentlik, lingvomadaniy moslik, milliy kolorit, konseptual mutanosiblik va pragmatik adekvatlik mezonlari integrallashgan holda tizimlashtirilgan hamda frazeologik birliklarni tillararo uzatishning lingvomadaniy muvozanatini ta’minlovchi ilmiy, amaliy mexanizm taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Frazeosemantik maydonning tipologik, lingvokognitiv hamda lingvomadaniy tadqiqi (o‘zbek va ingliz tillari misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarini arxisema, differensial sema hamda aksiologik qutblar asosida frazeosemantik maydonlarga tasniflash modeliga oid ilmiy natijalardan 2025–2026-yillarda amalga oshirilgan “ERASMUS+ Programme: Mobility with Third Countries Not Associated with the Program” (Project No. 2023-1-PL01-KA171-HED-000142874) xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2026-yil 26-iyundagi NYSA/NamSIFL-0040-sonli ma’lumotnomasi). Natijada frazeosemantik maydonning nafaqat umumiy tilshunoslik, balki leksikologiya, sotsiopragmatika, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, lingvokognitologiya, lingvokulturologiya hamda tarjimashunoslik fanlaridagi o‘rni bilan birga ularning ta’lim amaliyotidagi qo‘llanish imkoniyatlariga erishildi;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeosemantik maydonlarning makro va mikro tuzilishi aniqlanib, frazeologik birliklar “qarama-qarshi aksiologik qutblar” tamoyili asosida (boylik ↔kambag‘allik, mehnatsevarlik ↔ dangasalik, donolik ↔ nodonlik, do‘stlik ↔ dushmanlik, halollik ↔yolg‘onchilik va boshqalar) tizimlashtirilgan hamda maydonlararo semantik munosabatlarning tipologik mexanizmi asoslanganligi haqidagi ilmiy natijalardan Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Italiyaning Ca' Foscari University of Venice hamda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida 2022–2025-yillarda amalga oshirilgan Erasmus+ International KA107 Credit Mobility Key Action 1 – Mobility for Learners and Staff – Higher Education loyihasi doirasida foydalanildi. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 3-avgustdagi 01/4-2527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeosemantik birliklarni badiiy, internet va ijtimoiy diskurslar kesimida sotsiopragmatik hamda funksional stilistik asoslarda tasniflash modeli ishlab chiqilishiga xizmat qildi;
frazeosemantik maydonlarning shakllanishida ishtirok etuvchi konseptual, lingvomadaniy va aksiologik omillarni aniqlashga doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023–2025-yillarda bajarilgan IL-27-4-722022413-sonli “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanildi. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 29-iyundagi 11-25/548-sonli ma’lumotnomasi). Natijada frazeosemantik maydonning semantik ko‘lamini baholash, lisoniy birliklarning ijtimoiy chegaralanganlik darajasini aniqlash, hamda turg‘un iboralarning nutqda qo‘llanish bo‘yicha lingvistik me’yorlar shakllantirishga erishildi;
frazeosemantik maydon birliklarining badiiy, publitsistik, diplomatik va kundalik muloqot diskurslarida reallashuv mexanizmlariga oid ilmiy xulosalardan Andijon viloyati teleradiokanalining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar”, “Ta’lim va taraqqiyot”,“Fan ufqlari” nomli eshittirishining 2026-yil may, iyun oyidagi sonlarida foydalanildi. (Andijon viloyat teleradiokanalining 2026-yil 18-iyundagi 06-13/48-sonli ma’lumotnomasi). Natijada frazeologik birliklarning pragmatik-funksional imkoniyatlari, kommunikativ ta’sir darajasi hamda diskursiv faolligini baholash mezonlari ommabop ilmiy axborotlarni tayyorlash va ommaga yetkazishda qo‘llanildi;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeosemantik maydon birliklarini tarjima qilishning ishlab chiqilgan translatologik modeliga oid ilmiy natijalardan Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin (Chongqing) shahridagi WCRIA tashkilotida 2025-yil 11-fevraldagi ilmiy natijalarni joriy etish dalolatnomasi asosida foydalanildi. (WCRIA tashkilotining 2026-yil 11-fevraldagi dalolatnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillarida frazeosemantik birliklarning raqamli lug‘atlardagi aks etish uslublari, izoh berish tizimi bilan birga ekvivalentlar ro‘yxatini adabiy me’yordagi so‘zlardan farqli metodda shakllantirish zarurati ilmiy asoslashga xizmat qildi.