Mamadov Baxodir Alisherovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Cilikatli va uglerodli to‘ldiruvchilardan foydalangan holda samarali tovush izolyasiyalovchi kompozision polimer materiallar va konstruksiyalarni ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6636.
Ilmiy rahbar: Abed Nodira Soibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xalimjonov Toxirjon Salimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: silikatli va uglerodli to‘ldiruvchilardan foydalangan holda samarali tovush izolyasiyalovchi kompozision polimer materiallar va konstruksiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish sharoitida shovqin ekologiyasi va inson akustik xavfsizligi talablarini ta’minlash imkonini beruvchi keng diapazonli akustik nurlanishni kamaytirish uchun atrof-muhit shovqinlarining chastota tarkibini hisobga olgan holda tolali-g‘ovakli materialning batafsil strukturaviy parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi murakkab mikrostrukturaviy modellar ishlab chiqilgan;
epoksid va poliefir kompozisiyasi tarkibiga boshqa to‘ldiruvchilar qatorida, diametri birdan-bir necha o‘nlab nanometrgacha o‘zgarib turadigan, ya’ni inson tolasi diametridan taxminan 3500 marta kichik bo‘lgan, polisferik uchli yupqa silindrsimon tuzilmalar bo‘lgan uglerodli nanonaycha to‘ldiruvchisini kiritish, kompozisiyalarning tovush izolyasiyasi xususiyatlarini oshirishi aniqlangan;
tovushni aks ettirish va uning o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi hamda etarlicha yuqori zichlikka, qattiqlik va mustahkamlikka ega bo‘lib, korroziyaga ham chidamli kompozision polimer materiallarning tovush izolyasiyasi qobiliyatining asosiy mexanizmlari aniqlangan;
tarkibida asosiy hajm sifatida silikat va uglerod tipidagi nanozarrachalar bilan modifikatsiyalangan epoksid (poliefir) smolalari bo‘lgan shovqinni pasaytiruvchi strukturali tovush izolyasiyalovchi kompozisiyalar sintez qilindi va uning model` resepturasi tarkibi taklif etilib, uning asosida fizik-mexanik va akustik ko‘rsatkichlari komponentlarning turi, miqdori va nisbatiga bog‘liq holda ifodalash qonuniyatlari aniqlangan holda yuqori fizik-mexanik xususiyatlarga va harorat-namlik ta’siriga yuqori chidamli bo‘lgan kompozision tovush izolyasiyalovchi materiallar va panellar qalinligiga qarab -7 dan 24 dB gacha shovqinni izolyasiya qilishi aniqlangan;
ochiq g‘ovakli tuzilishga ega bo‘lgan tabiiy va sintetik to‘ldiruvchilarni o‘z ichiga olgan organo-noorganik komponentlar asosida tovush izolyasiyalovchi termoqoliplangan kompozision materiallarni olishning innovatsion texnologiyasi va ularni olish uchun texnologik liniya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Silikatli va uglerodli to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan samarali tovush izolyasiyalovchi kompozision polimer materiallar va konstruksiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosidagi tovush izolyasiyalovchi kompozision polimer materiallar va ular asosidagi panellarni olishning ishlab chiqilgan texnologiyasi To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasiga qarashli «Namangan To‘qimachi Klaster» MChJning tozalash, jilvirlash va linterlash sexlarida amaliyotga joriy etilgan (“O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2026 yil 19 iyundagi 01/06-878-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shovqin darajasini 7 dB dan 24 dB gacha kamaytiruvchi silikatli va uglerodli to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan tovush izolyasiyalovchi kompozision polimer materiallar va konstruksiyalarni olish imkonini bergan;
kompozision polimer materiallarning samarali tarkiblari asosida ishlab chiqilgan tovush izolyasiyalovchi kompozision panellar va konstruksiyalar To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasiga qarashli «Namangan To‘qimachi Klaster» MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2026 yil 19 iyundagi 01/06-878-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompozisiya tannarxini 20-40% ga arzonlashtirish, energiya sarfini kamaytirib, konstruksiyani mustahkamligini oshirish va mahsulot massasini kamaytirish hamda xizmat muddatini oshirish orqali nafaqat iqtisodiy, balki ekologik samaradorlikni ham yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish