Djumaeva Xolida Yunusovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yoshlik I koni mis-porfir ma’danlarini boyitishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslas», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.4.PhD/T7101.
Ilmiy rahbar: Yakubov Mahmudjon Mahamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Mineral resurslar instituti DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.31/2025.27.12.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Bahriddin Tilovqobilovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Saparov Sarvar Toshpo‘latovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Yoshlik I” koni mis-porfir rudalarini minerallarni ajratish sxemasi va rejimini takomillashtirish asosida boyitish texnologiyasini ishlab chiqish hamda mis, oltin va boshqa metallarni olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Yoshlik I” koni mis-porfir rudalaridan oltin va kumushni ajratib olish uchun gravitatsion boyitish usullarini qo‘llagan holda kompleks qayta ishlash samaradorligi ilmiy asoslangan va oltinning 42,47% va kumushning 28,63% boyitmaga ajratilishi aniqlangan;
reagent rejimini ishlab chiqishga bog‘liq tajribalarni amalga oshirish natijasida, ilk marotaba to‘plovchi reagent sifatida AeroMIX-5125 to‘plovchisini flotatsiya jarayonida qo‘llagan holda samarali natijalar olish mumkinligi hamda AeroMIX-5125 reagentning 5g/t optimal miqdorlari aniqlangan;
“Yoshlik I” konining balansdagi va balansdan tashqari rudalarini 60% balans va 40% balansdan tashqari nisbatda aralashtirish asosida tayyorlangan shixtani boyitish hamda olingan boyitmalarni qayta tozalashning samarali texnologik sxemalari ishlab chiqilgan;
“Yoshlik I” koni rudalarini an’anaviy texnologik sxemalar asosida va yangi reagentlar yordamida mis va molibdenni o‘z ichiga olgan kollektiv boyitmalarini, mis, molibden, oltin va kumush boyitmalari ko‘rinishidagi metallurgik jarayonlar uchun tayyor mahsulotlarni olishning samarali texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yoshlik I” konining balansdagi va balansdan tashqari ma’danlarini boyitish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida pirit va gil-slyuda minerallari ko‘p bo‘lgan balansdagi va balansdan tashqari mis ma’danlarini qayta ishlash texnologiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning tajriba-boyitish fabrikasida joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2025-yil 14-martdagi 61-63-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida mis miqdori 12,75 foiz bo‘lgan boyitma olinib, misning boyitmaga ajralish darajasi 62,3 foizni tashkil etgan;
“Yoshlik I” konining balansdagi va balansdan tashqari ma’danlarini sharli tegirmonda zarrachalarning 80 foizi − 0,074 mm sinfgacha maydalash, so‘ngra gravitatsion va flotatsion boyitish usullarining asosiy hamda tozalash bosqichlarini qo‘llashga asoslangan texnologik sxema “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2-son mis boyitish fabrikasida joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2025-yil 14-martdagi 61-63-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, balansdagi va balansdan tashqari ma’danlarni gravitatsion hamda flotatsion boyitish usullarini ketma-ket qo‘llash asosida qayta ishlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish