Shukurova Matluba Xoshimovnaing  
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Badiiy matnda gender konsepti: lingvopoetik,  lingvomadaniy, lingvokognitiv yondashuv, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Fil3068.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Sayfullayeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.01.12 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Ravshanxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyberganova Durdona Sidiqovna, filologiya fanlari doktori, professor; Boymirzaeva Saodat Urakovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gender konseptosferasining ichki tuzilishini asoslash, o‘zbek badiiy matnida gender konseptining voqelanishi, lingvopoetik, lingvomadaniy, lingvokognitiv va assotsiativ xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy matndagi gender konsepti faqat biologik jinsga tegishli barqaror belgilar yig‘indisi emasligi, nominatsiya, maqom, ijtimoiy-madaniy belgi, aksiologik baho, individual xarakter, konkret vaziyat va mualliflik transformatsiyasining o‘zaro ta’sirida shakllanadigan konseptual tuzilma sifatida asoslangan;
gender konsepti va gender konseptosferasi o‘zaro farqlanib, gender konseptosferasining ayol/erkak makrokonseptlari hamda mazmuniy mikrokonseptlar va funksional-aksiologik mikromaydonlar munosabatlari o‘zbek badiiy matnlari misolida shakllantirilgan, ayol va erkak makrokonseptlarining paradigmatik tabiati ochib berilgan;
gender konseptining lingvopoetik voqelanishi muayyan lisoniy belgi – poetik qurilma – konseptual talqin – aksiologik yo‘nalish – badiiy matn funksiyasi ketma-ketligida izohlanib, mavjud gender modelining badiiy matnda qayta ishlangan, o‘zgartirilgan va ma’lum vaziyatga moslashtirilgan tuzilmasi yaratilgan;
badiiy matn asosida gender konseptosferasining lingvomadaniy mexanizmi umumiy insoniy tajriba, madaniy kodlash, mazmuniy gender farqlanishi, aksiologik baholash va badiiy transformatsiya munosabatida yoritilib, oila konseptual qurilmasi qadriyat, muloqot, madaniy muhit va ziddiyat transformatsiyasidan tashkil topgan polisentrik birlashma sifatida asoslangan;
badiiy gender konseptining kognitiv modellari ajratilib, nominatsiya,  ijtimoiy maqom, real harakat, kognitiv moslik, situativ ziddiyat, shuningdek, aksiologik natija asosida badiiy matndagi alohida gender qurilmasini yaratish modeli ishlab chiqilgan; gender konseptosferasining assotsiativ va psixolingvistik qatlamlari saqlangan holda, milliy-madaniy stimullarning assotsiativ maydoni badiiy transformatsiya munosabati orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek badiiy matnida gender konseptining voqelanishi, lingvopoetik, lingvomadaniy, lingvokognitiv va assotsiativ xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
gender konsepti va gender konseptosferasi o‘zaro farqlanib, gender konseptosferasining ayol/erkak makrokonseptlari hamda mazmuniy mikrokonseptlar va funksional-aksiologik mikromaydonlar munosabatlari o‘zbek badiiy matnlari misolida shakllantirilgan, ayol va erkak makrokonseptlarining paradigmatik tabiati ochib berishga doir natija va xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan "O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish" mavzusidagi IZ2019081773-raqamli fundamental loyiha doirasida, xususan, “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratish” mavzusidagi IZ-2019081773-raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2026-yil 26-avgustdagi 1/04-93-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘aviy birliklarning semantik va sintagmatik xususiyatlarini aniqlash, ularni izohlash, ularning mazmun-mohiyatini chuqur tavsiflash imkoniyati kengaygan;
badiiy matndagi gender konsepti faqat biologik jinsga tegishli barqaror belgilar yig‘indisi emasligi, nominatsiya, maqom, ijtimoiy-madaniy belgi, aksiologik baho, individual xarakter, konkret vaziyat va mualliflik transformatsiyasining o‘zaro ta’sirida shakllanadigan konseptual tuzilma sifatida asoslanganligiga doir ilmiy xulosalardan 2023-2025-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-202003161-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2026-yil 26-avgustdagi 1/04-94-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqotda ilgari surilgan tavsiyalar genderga xos birliklarning ma’no tarkibini aniqlash, bu birliklarni mavzu guruhlariga ajratish, izohlash hamda tavsiflashga doir dalillarni kengaytirishda asos sifatida xizmat qilgan;
badiiy matn asosida gender konseptosferasining lingvomadaniy mexanizmi umumiy insoniy tajriba, madaniy kodlash, mazmuniy gender farqlanishi, aksiologik baholash va badiiy transformatsiya munosabatida yoritilib, oila konseptual qurilmasi qadriyat, muloqot, madaniy muhit va ziddiyat transformatsiyasidan tashkil topgan polisentrik birlashma sifatida asoslashga oid xulosa va takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan IL-9524115133-raqamli “Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashning 7 yillik differensial texnologiyasi” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 10-sentabrdagi 01-09-576-son ma’lumotnomasi) Natijada milliy-madaniy stimullarning assotsiativ maydoni va badiiy transformatsiyasini ochib beruvchi differensial metodik materiallar mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
konseptining lingvopoetik voqelanishi muayyan lisoniy belgi – poetik qurilma – konseptual talqin – aksiologik yo‘nalish – badiiy matn funksiyasi ketma-ketligida izohlanib, mavjud gender modelining badiiy matnda qayta ishlangan, o‘zgartirilgan va ma’lum vaziyatga moslashuvini aniqlashga oid xulosalardan 2025–2026-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston–24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” hamda “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2026-yil 26-avgustdagi 26-36-102-son ma’lumotnomasi). Natijada teledasturlarda lingvosensor tizim elementlarining kognitiv, pragmatik va estetik funksiyalari lingvokognitiv va lingvokulturologik yondashuvlar asosida tahlil qilinib, ularning badiiy matn mazmunini shakllantirish, interpretatsiya qilish va milliy-madaniy xususiyatlarni ifodalashdagi o‘rni haqidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar mazmuni boyitilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish