Mamajonova Nodiraxon Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish korxonalarida innovatsion boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish”, 08.00.13 – Mejejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt7111
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.I.07.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maraimova Umida Ismailjanovna, Iqtiosdiyot fanlari doktori, Professor.
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Azamat Jumanazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qurilish korxonalarida innovatsion boshqaruv faoliyati samaradirligini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar, amaliy tavsiyalar hamda ilmiy xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish korxonalarini iqtisodiy faoliyatini baholash va innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlar tizimi asosida kompleks tahlil qilish metodikasi takomillashtirilib, mazkur yondashuv asosida qurilish tarmog‘ini iqtisodiy o‘sishi, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi o‘rni, sanoat ishlab chiqarishidagi hissasi hamda innovatsion-investision jarayonlarni tarmoq rivojlanishiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslangan;
qurilish korxonalarida innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini baholashni xarajatlar yondashuviga asoslangan kompleks metodikasi takomillashtirilib, innovatsion faoliyatni modernizatsiyalash, xodimlar malakasini oshirish hamda xomashyo va resurslardan foydalanish samaradorligini o‘zaro bog‘liq holda baholash mezonlari tizimi ilmiy asoslangan;
qurilish korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini baholash uchun IBSBkoef integral ko‘rsatkichidan foydalangan holda innovatsion boshqaruv tizimining shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari takomillashtirildi hamda mazkur darajani yuqori (75–100 %), o‘rta (50–74 %) va past (30–49 %) holatlarga tabaqalashtirishning tasniflash tizimi ishlab chiqilgan.
Andijon viloyati qurilish korxonalarini ishlab chiqarish hajmini o‘rta muddatli istiqbolda baholash maqsadida ARIMA modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish metodikasi takomillashtirilib, ishlab chiqarish hajmini kelgusidagi parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish korxonalarida innovatsion boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qurilish korxonalarini iqtisodiy faoliyatini baholash va innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlar tizimi asosida kompleks tahlil qilish metodikasi takomillashtirilib, mazkur yondashuv asosida qurilish tarmog‘ini iqtisodiy o‘sishi, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi o‘rni, sanoat ishlab chiqarishidagi hissasi hamda innovatsion-investision jarayonlarni tarmoq rivojlanishiga ta’siri ilmiy taklifi “Everest Asbest” MChJ, “Baraka Qurilish Sanoat” MChJ, “ANDIJAN WCC CEMENT” MChJlari tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2026-yil 30-sentabrdagi 07/7124-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 11,6%ga oshirish, xarajatlar va soliq yukini optimallashtirish imkoni yaratilgan;
qurilish korxonalarida innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini baholashni xarajatlar yondashuviga asoslangan kompleks metodikasi takomillashtirilib, innovatsion faoliyatni modernizatsiyalash, xodimlar malakasini oshirish hamda xomashyo va resurslardan foydalanish samaradorligini o‘zaro bog‘liq holda baholash mezonlari tizimi bo‘yicha taklifi “Everest Asbest” MChJ, “Baraka Qurilish Sanoat” MChJ, “ANDIJAN WCC CEMENT” MChJ korxonalari tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2026-yil 30-sentabrdagi 07/7124-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Everest Asbest” MChJ, “Baraka Qurilish Sanoat” MChJ, “ANDIJAN WCC CEMENT” MChJlari rentabellik darajasini 4,1 %ga oshirish imkoni yaratilgan;
qurilish korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini baholash uchun IBSBkoef integral ko‘rsatkichidan foydalangan holda innovatsion boshqaruv tizimining shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari takomillashtirildi hamda mazkur darajani yuqori (75–100 %), o‘rta (50–74 %) va past (30–49 %) holatlarga tabaqalashtirishning tasniflash tizimi taklifi “Everest Asbest” MChJ, “Baraka Qurilish Sanoat” MChJ, “ANDIJAN WCC CEMENT” MChJ korxonalari tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2026-yil 30-sentabrdagi 07/7124-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Everest Asbest” MChJ, “Baraka Qurilish Sanoat” MChJ, “ANDIJAN WCC CEMENT” MChJlari tomonidan foydalanilgan. Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tarkibiga kiruvchi qurilish korxonalarida xizmatlar zanjiri 1,7%, qurilish korxonalarini rivojlantirish salohiyatidan foydalanish samaradorligini 2,8%ga oshirish imkoni yaratilgan;
Andijon viloyati qurilish korxonalarini ishlab chiqarish hajmini o‘rta muddatli istiqbolda baholash maqsadida ARIMA modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish metodikasi takomillashtirilib, ishlab chiqarish hajmini kelgusidagi parametrlaridan “Everest Asbest” MChJ, “Baraka Qurilish Sanoat” MChJ, “ANDIJAN WCC CEMENT” MChJ korxonalari tomonidan foydalanilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Everest Asbest” MChJ, “Baraka Qurilish Sanoat” MChJ, “ANDIJAN WCC CEMENT” MChJlari tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2026-yil 30-sentabrdagi 07/7124-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi tarkibiga kiruvchi qurilish korxonalarining 2030-yilga qadar rivojlanish tendensiyasi asosida muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.