Kabulova Nurguzal Umirbek qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik subektlari samarali faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni baholash”, 08.00.15-“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.I.PhD/Iqt5253.
Ilmiy rahbari: Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Muhitdinova Kamola Alisherovna, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadbirkorlik subektlari muvaffaqiyatli faoliyatiga omillar ta’sirini baholashni va uni takomillashtirish bo‘yicha mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    uslubiy yondashuvga ko‘ra, biznesda muvaffaqiyat tushunchasi— bu tadbirkorlik subektlari faoliyati natijalarini turli manfaatdor tomonlar nuqtayi nazaridan baholashga asoslangan, moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlar majmuasi orqali aniqlanadigan, vaqt davomida o‘zgarib boruvchi hamda muayyan iqtisodiy va institutsional sharoitlarga bog‘liq holda shakllanadigan ko‘p mezonli ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida takomillashtirildi.
tadqiqotda savdo sohasidagi tadbirkorlik subektlarining sotuv rentabelligiga ta’sir etuvchi omillari tizimli ravishda aniqlanib, firma miqyosidagi moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlar, Business Indicator avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimidagi hududlar kesimidagi biznes muhiti indikator ballari bilan integratsiyalash asosida panel ma’lumotlar yordamida muvaffaqiyat omillarining ta’sir mexanizmi empirik jihatdan kompleks baholanib, ko‘p omilli ekonometrik korrelyasion modeli ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda joriy etilgan tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingi tizimini takomillashtirishda chet el tajribasi asosida baholashning SCORE diagnostika tizimini ishlab chiqishning modeli taklif etildi.
“IMPERIA TEA AND FOOD PRODUCT” ma’suliyati cheklangan jamiyatning muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi, tadbirkorlik omillarning regression ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari natijalari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik samarali faoliyatiga ta’sir etuvchi muvaffaqiyat omillarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, biznesda muvaffaqiyat tushunchasining iqtisodiy mazmuni bu tadbirkorlik faoliyati natijalarini turli manfaatdor tomonlar nuqtayi nazaridan baholashga asoslangan, moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlar majmuasi orqali aniqlanadigan, vaqt davomida o‘zgarib boruvchi hamda muayyan iqtisodiy va institutsional sharoitlarga bog‘liq holda shakllanadigan ko‘p mezonli ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida takomillashtirilishiga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Tadbirkorlik va innovatsiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning o‘quv qo‘llanmaga kiritilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari va bo‘lg‘usi mutaxassislarda tadbirkorlik subektlarida faoliyat natijalarini chuqur baholash, ularga tashqi, ichki va tadbirkorlik omillarini ta’sirini analiz qilish va biznesning uzoq muddatli barqaror o‘sishini ta’minlashda nazariy hamda amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirishda yangi bilim va ko‘nikmalarning hosil bo‘lishiga imkon yaratgan;
Respublikada faoliyat yuritayotgan faoliyat davomiyligi 3-8 yilgacha bo‘lgan, tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingida yuqori, o‘rta qoniqarli, qoniqarsiz toifalarga kiruvchi savdo sohasidagi korxonalarning so‘nggi 4 yillik moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlari va ularning faoliyatiga «Business Indicator» avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida berilgan— 14 ta ko‘rsatkich orqali baholangan hududlardagi tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi indeks ballari va tegishli yillardagi Respublikadagi inflyasiya ko‘rsatkichlari tanlanmadagi korxonalarning sotuv rentabelligiga ta’sirini baholandi. O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi tarkibidagi kichik biznes subektlari savdo faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 17-iyundagi 01-06-30-6104-sonli, “IMPERIA TEA AND FOOD PRODUCT” MChJ dan 2026-yil 20-fevralda olingan 21-sonli korxona ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning xatarlarni boshqarish va ssenariy-rejalashtirish qilish usullarini qo‘llash orqali xarajatlar rentabelligi sanoat o‘rtachasiga 0.6 birlik yaqinlashdi va bu o‘z navbatida sotuv rentabelligini oshirib, tadbirkorlik barqarorlik reytingi shkalasida CCC52 dan B 72 ga ko‘tarilishga imkoniyatini yaratdi(“IMPERIA TEA AND FOOD PRODUCT” MChJ dan 2026-yil 20-fevralda olingan 21-sonli korxona ma’lumotnomasi).
O‘zbekistonda joriy etilgan tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingi tizimini takomillashtirishda chet el tajribasi asosida baholashning SCORE diagnostika tizimini ishlab chiqishning modeli taklif etildi. Mazkur ilmiy taklif natijasida korxonalarning zaif tomonlarini aniqlab, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlarga asos sifatida xizmat qiladi. O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi tarkibidagi kichik biznes subektlari savdo faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 17-iyundagi 01-06-30-6104-sonli, “IMPERIA TEA AND FOOD PRODUCT” MChJ dan 2026-yil 20-fevralda olingan 21-sonli korxona ma’lumotnomasi). O‘zbekistonda ushbu modelni joriy qilish birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini standartlashtirilgan yagona baholash tizimini shakllantirish imkonini beradi. Natijada davlat subsidiyalari, imtiyozli kreditlar yoki grantlar ko‘pincha korxonalarning haqiqiy samaradorlik darajasidan kelib chiqmagan holda ajratiladi. SCORE modeli esa korxonalarni aniq indikatorlar asosida segmentatsiya qiladi va davlat yordamlarini samarali yo‘naltirish imkonini beradi.
“IMPERIA TEA AND FOOD PRODUCT” ma’suliyati cheklangan jamiyatning muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi, tadbirkorlik omillarning regression ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari natijalari ishlab chiqildi. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 17-iyundagi 01-06-30-6104-sonli, “IMPERIA TEA AND FOOD PRODUCT” MChJ ning 2026-yil 20-fevralda olingan 21-sonli korxona ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “IMPERIA TEA AND FOOD PRODUCT” MChJ omillar ta’sirini ssenariy prognoz qilinishi operatsion xarajatlarni kamayishi, hududiy biznes muhiti yaxshilanishining kuzatilishi va boshqaruv tajribasi oshishi natijasida 2030-yilga korxonaning sotuv rentabelligi 2 foizga oshishi baholangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish