Najmiddinov Abdulbositxon Ne’matjon o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Popning ilk o‘rta asrlar sopol idishlari”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2258
Ilmiy rahbar: Abdulxamidjon Anarbaev, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Antropologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Antropologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.Tar.04.01
Rasmiy opponentlar: Antropologiya instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori G‘aybulla Bollievich Boboyorov hamda Madaniy meros agentligi, Ya.G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, (PhD) Alisher Nazarbekovich Sandiboev
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Balandtepa va Munchoqtepa yodgorliklardan topilgan sopol idishlarining yasalish texnikasi, texnologiyasi, tipologiyasi va xronologiyasini aniqlagan holda ularning ilk o‘rta asrlar shahar hayotidagi o‘rnini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Munchoqtepa nekropolida kuzatilgan krematsiya marosimi va unda qo‘llanilgan sopol idishlar kompleksining 82,2 % ini kosalar, 16,4 % ini ko‘zalar tashkil qilishi ilk o‘rta asrlar Pop shahar aholisi madaniy hayotining o‘ziga xos xususiyatlaridan ekanligi aniqlangan.
Qazishmalar davrida topilgan sopol idishlar va yodgorlik atrofidagi soz tuproqdan olingan namunalar kimyoviy laboratoriyada analiz qilinishi natijasida, ilk o‘rta asrlar Pop kulollari sopol idishlarni Balandtepadan 1 km sharq tomondagi soz tuproqdan olganligi dalillangan.
Stratigrafik va radiouglerod (¹⁴C) usullar yordamida olingan zamonaviy tahlillar natijasida Qadimgi Pop shahari – Balandtepa va Munchoqtepa yodgorliklarida hayot (Balandtepaning eng yuqori qurilish davriga oid sopol majmualari 778 yilga oidligi, Munchoqtepa yodgorligidagi M2 er osti sag‘anasi hamda T5 qazuv obekti sopol majmualari 473, 480 va 483-yillar bilan sanalishi, M5, M7 va M6 er osti sag‘analarining sopol majmualari mos ravishda 636, 640 va 673-yillarga tegishliligi, shuningdek, M4 er osti sag‘anasidan topilgan sopol majmualari sanasi esa 715-yil bilan) milodiy V asrdan to VIII asrning oxirgi choragigacha faoliyat ko‘rsatgani ilmiy jihatdan isbotlangan.
Balandtepa yodgorligining ark qismida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilk bor to‘rtta bosqichli sopol idishlar majmuasi ajratilib, 1-bosqich – IV asr oxiri – V asr, 2-bosqich – VI asr, 3-bosqich VII asr – VIII asr boshi, 4-bosqichga oid namunalar radiouglerod (¹⁴C) tahlili asosida VIII asrning 70-yillar bilan sanalanishi va bu erda shahar qurilishigacha ham dehqonlar qo‘nalg‘asi mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Popning ilk o‘rta asrlar sopol idishlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida: Pop tumanida joylashgan Balandtepa va Munchoqtepa yodgorliklarida olib borilgan tadqiqot ishlari, u erdan topilgan topilmalar qatorida sopol idishlar haqida ma’lumotlar berilib, hunarmandchilikning shahar hayotida tutgan o‘rni va qabriston qismidagi idishlar bilan o‘zaro bog‘liqlikgiga oid ma’lumotlar “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 14-oktabr 15-33/761-sonli ma’lumotnomasi). Bu ilmiy yangiliklar tomoshabinlarda Pop hududidagi ilk o‘rta asrlar hunarmandchiligi to‘g‘risidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek Namangan viloyati hokimligi (O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 4-apreldagi 08/2340-sonli ma’lumotnomasi) tomonidan ham Balandtepa va Munchoqtepa yodgorliklaridan topilgan ilk o‘rta asrlarga oid bo‘lgan munchoqlar, metall buyumlar va sopol idishlar Axsikentda yangi tashkil etilayotgan topilmalar muzeyini artefaktlar bilan to‘ldirishda xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish