Allamberganov Xushnud Allamberganovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa tashqi savdo salohiyatini yuksaltirish yo‘llari” (Xorazm viloyati misolida). 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6579.
Ilmiy rahbar: Jabborov Kamoliddin Yo‘ldoshevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allanazarov Uralbay Kazakbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati mintaqasida tashqi savdo salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi savdoni amalga oshirish shakllariga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda mintaqada tashqi savdo salohiyati samaradorligini oshirishga asoslangan integratsiyalashgan yondashuv taklif qilingan;
tashqi savdoning ta’siriga muvofiq, viloyat hududlarida yuqori (71-100 %), o‘rta (41-70 %) va quyi (0-40 %) darajalardagi tashqi savdo salohiyatini baholash uslubiyoti takomillashtirilgan;
mintaqa tashqi savdo salohiyatini yuksaltirishning “tashkiliy”, “iqtisodiy”, “huquqiy”, “innovatsion” va “moliyaviy” kabi shakllarda mexanizmlari ta’sirini baholash yondashuvlari ishlab chiqilgan;
mintaqa tashqi savdo salohiyatini yuksaltirish ko‘rsatkichlarini 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa tashqi savdo salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tashqi savdoni amalga oshirish shakllariga muvofiq, unga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda mintaqada tashqi savdo salohiyati samaradorligini oshirishga asoslangan integratsiyalashgan yondashuv bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 13-iyundagi 7-09/6199-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada tashqi savdo salohiyati samaradorligini oshirish yuzasidan reja va dasturlarni yaratish, hududda tashqi savdo salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatini oshirish, eksport va import operatsiyalarini muvofiqlashtirish tizimi shakllantirish hamda tashqi savdo faoliyatida barqarorlik va raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkonini yaratgan;
tashqi savdoning ta’siriga muvofiq, viloyat hududlarida yuqori (71-100 %), o‘rta (41-70 %) va quyi (0-40 %) darajalardagi tashqi savdo salohiyatini baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 13-iyundagi 7-09/6199-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada xorijiy investisiyalar ishtirokida yangi ish o‘rinlarini yaratish, hududlarni tashqi savdo imkoniyatlari bo‘yicha aniq guruhlash va har bir hudud uchun alohida rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
mintaqa tashqi savdo salohiyatini yuksaltirishning “tashkiliy”, “iqtisodiy”, “huquqiy”, “innovatsion” va “moliyaviy” kabi shakllarda mexanizmlari ta’sirini baholash yondashuvlari Xorazm viloyat hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 13-iyundagi 7-09/6199-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish asosida mintaqada tashqi savdo salohiyatini yuksaltirishning maqbul strategiyasini ishlab chiqish, tashqi savdo salohiyatini oshirishning kompleks baholash tizimini shakllantirish, investisiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
mintaqa tashqi savdo salohiyatini yuksaltirish ko‘rsatkichlarini 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari Xorazm viloyat hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 13-iyundagi 7-09/6199-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida 2030-yilga borib, mintaqada tashqi savdo salohiyati ko‘rsatkichlari, jumladan eksport ulushini 1,3 barobarga va import ulushini 1,2 barobarga oshirish hamda tashqi savdo salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish