Kudratov Sanjar Marupovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinoyat protsessida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatining nazariy va amaliy jihatlari”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1250
Ilmiy rahbar: Urozbaev Sardorbek Odilbekovich, yu.f.n., dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc. 24/2026.31.01.Yu.01.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori Imomnazarov Alisher Xasanovich va yuridik fanlar doktori, professor Kadirova Moxigul Xamitovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqot maqsadi: Jinoyat protsessida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik va amaliyotni tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat sud ekspertining huquqiy maqomi, kasbiy vakolatlari, faoliyat doirasi hamda sud ish yurituvidagi o‘rnini aniq belgilash va uni mustaqil nazariy-huquqiy toifa sifatida e’tirof etish maqsadida «nodavlat sud eksperti» tushunchasini sud-ekspertiza qonunchiligiga kiritish zarurligi asoslantirilgan;
nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, uning tarkibida faoliyat yurituvchi sud eksperti hamda tashkilot rahbarining protsessual maqomini jinoyat-protsessual qonunchilik darajasida aniq belgilash lozimligi asoslantirib berilgan;
ayrim turdagi ekspertizalarni faqat davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan o‘tkazishga oid cheklovlarni bekor qilish hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-iqtisodiy va kriminalistika ekspertizalarini amalga oshirish huquqini berish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ekspert xulosasining ilmiy asoslanganligi, tushunarliligi
va tekshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida, unda qo‘llanilgan atama-ta’riflar, dasturiy ta’minot, texnik vositalar hamda ekspertning malaka darajasiga doir ma’lumotlarning aks ettirilishi zarurligi asoslantirib berilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya mavzusiga oid milliy qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
nodavlat sud ekspertining huquqiy maqomi, kasbiy vakolatlari, faoliyat doirasi hamda sud ish yurituvidagi o‘rnini aniq belgilash va uni mustaqil nazariy-huquqiy toifa sifatida e’tirof etish maqsadida “nodavlat sud eksperti” tushunchasini sud-ekspertiza qonunchiligiga kiritish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 11 iyundagi “Sud ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ–1152-son Qonunning 3-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2026 yil 19 iyundagi 29-22-685-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomini mustahkamlash va faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, uning tarkibida faoliyat yurituvchi sud eksperti hamda tashkilot rahbarining protsessual maqomini jinoyat-protsessual qonunchilik darajasida aniq belgilash haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2026 yil 31 iyuldagi №3/dn-150-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, sud eksperti va tashkilot rahbarining jinoyat protsessidagi ishtiroki asoslarini normativ mustahkamlash hamda nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
ayrim turdagi ekspertizalarni faqat davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan o‘tkazishga oid cheklovlarni bekor qilish hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-iqtisodiy va kriminalistika ekspertizalarini amalga oshirish huquqini berishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2026 yil 31 iyuldagi №3/dn-150-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi sud-ekspertiza sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ekspertiza tashkilotini tanlash imkoniyatini kengaytirish hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari yuklamasini kamaytirishga xizmat qilgan;
ekspert xulosasining ilmiy asoslanganligi, tushunarliligi
va tekshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida, unda qo‘llanilgan atama-ta’riflar, dasturiy ta’minot, texnik vositalar hamda ekspertning malaka darajasiga doir ma’lumotlarning aks ettirilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2026 yil 31 iyuldagi №3/dn-150-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ekspert xulosasining mazmunini to‘liq anglash, uning asoslanganligini tekshirish hamda ishonchliligini xolis baholash imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan.
Kengash raisi V. Karimov
Ilmiy kotib Sh.I. Shayzakov