Nazmetdinova Indira Sherzodovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tashkil etilishini takomillashtirish asosida mintaqaviy rivojlanishdagi tabaqalanishni kamaytirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3874
Ilmiy rahbar: Qodirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Ismailov Akmal Maksudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tashkil etilishini takomillashtirish asosida mintaqaviy rivojlanishdagi tabaqalanishni kamaytirishga qaratilgan ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar kesimida differensiyasiya darajasini baholashning ko‘p omilli metodikasi ko‘rsatkichlarni normallashtirish va bloklar bo‘yicha agregatsiya qilish jarayonlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan;
integrallashgan indeks qiymatlari asosida hududlar tipologiyasini interval klassifikatsiya usuli orqali asoslash hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra yuqori (0,451 dan yuqori), o‘rta (0,301-0,450) va past (0,300 dan past) darajadagi guruhlarga ajratish yondashuvi takomillashtirilgan;
hududlarning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish traektoriyalarini asoslash maqsadida asosiy komponentlar tahlili (PCA) hamda birinchi tartibli avtokorrelyasiyani (AR1) hisobga oluvchi GLSAR modeli asosida yalpi hududiy mahsulotning ssenariyli prognozlash usuli ishlab chiqilgan;
hududlarning rivojlanishini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha funksional tahlil asosida hududiy differensiyasiyani kamaytirish va strategik qarorlar qabul qilishda institutsional samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tashkil etilishini takomillashtirish asosida mintaqaviy rivojlanish differensiallashuvini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar kesimida differensiyasiya darajasini baholashning ko‘p omilli metodikasi ko‘rsatkichlarni normallashtirish va bloklar bo‘yicha agregatsiya qilish haqida takliflar Toshkent viloyati hokimligida foydalanish uchun qabul qilingan (Toshkent viloyati hokimligining 2026-yil 14-aprel 2-4-1821/4-5-sonli ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv organlariga hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni kamaytirish va hududuy siyosat samaradorligini oshirish bo‘yicha asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
integrallashgan indeks qiymatlari asosida hududlar tipologiyasini interval klassifikatsiya usuli orqali asoslash hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra yuqori (0,451 dan yuqori), o‘rta (0,301-0,450) va past (0,300 dan past) darajadagi guruhlarga ajratish yondashuvi takomillashtirish bo‘yicha taklifi Toshkent viloyati hokimligida foydalanish uchun qabul qilingan (Toshkent viloyati hokimligining 2026-yil 14-aprel 2-4-1821/4-5-sonli ma’lumotnomasi). Amaliy ahamiyati hududlarning rivojlanish darajasi va xususiyatlaridan kelib chiqib manzilli siyosat choralarini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi.
hududlarning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish traektoriyalarini asoslash maqsadida asosiy komponentlar tahlili (PCA) hamda birinchi tartibli avtokorrelyasiyani (AR1) hisobga oluvchi GLSAR modeli asosida yalpi hududiy mahsulotning ssenariyli prognozlashini joriy etish bo‘yicha taklifi Toshkent viloyati hokimligida foydalanish uchun qabul qilingan (Toshkent viloyati hokimligining 2026-yil 14-aprel 2-4-1821/4-5-sonli ma’lumotnomasi). Amaliyotda qo‘llanishi strategik rejalashtirish sifatini oshirish va turli rivojlanish ssenariylarini hisobga olish imkonini beradi.
hududlarning rivojlanishini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha funksional tahlil asosida hududiy differensiyasiyani kamaytirish va strategik qarorlar qabul qilishda institutsional samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar bo‘yicha taklifi Toshkent viloyati hokimligida foydalanish uchun qabul qilingan (Toshkent viloyati hokimligining 2026-yil 14-aprel 2-4-1821/4-5-sonli ma’lumotnomasi). Amaliy joriy etilishi natijasida hududiy siyosatning uyg‘unlashgan va differensial yondashuvga asoslangan tizimini shakllantirish imkoniyati yaratiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish