Xujamberdiev Ikromjon Raximovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir pankreatit kuzatilgan bemorlarda jarrohlik davolashning noxush natijalari va kechishi og‘irligini bashorat qilishga kompleks yondashuvlarni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ¹ Â2025.1.PhD/Tib5635.
Ilmiy rahbar: Salaxiddinov Kamoliddin Zuxridinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Oxunov Alisher Oripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kasimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysining tub aholisi orasida o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning erta bosqichlarida qo‘shimcha klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik mezonlardan foydalangan holda xirurgik taktikani takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bemor yoshining 60 yoshdan katta bo‘lishi, APACHE II bo‘yicha 15 balldan yuqoriligi, 48-soatdagi C-reaktiv oqsil darajasining 200 mg/l dan ortiqligi, prokal`sitonin miqdorining 1,0 ng/ml dan yuqoriligi va persistent poliorganli etishmovchilikning rivojlanishi o‘tkir pankreatitni xirurgik davolashning qoniqarsiz natijalarining mustaqil xavf omillari ekanligi aniqlangan;
ilk bor Farg‘ona vodiysining tub aholisi orasida o‘tkir pankreatit tufayli kengaytirilgan xirurgik aralashuvlar bajarilgan bemorlarda SPINK1 genining minor alleli tashuvchiligi (kengaytirilgan aralashuvlar uchun OR=26,7; bosqichma-bosqich yondashuv uchun OR=22,2) va VEGFA genining minor alleli tashuvchiligining (og‘ir kechish uchun OR=3,15) ishonchli ustunligi aniqlangan hamda ularni xirurgik taktikani takomillashtirishning qo‘shimcha mezonlari sifatida qo‘llash asoslangan;
o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning erta bosqichlarida klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik mezonlarni inobatga olgan holda xirurgik davolashning qoniqarsiz natijalarini hamda uning og‘ir kechishini prognozlash orqali bosqichma-bosqich xirurgik amaliyotlarni qo‘llash bilan tavsiflanuvchi xirurgik taktika takomillashtirilgan;
og‘ir o‘tkir pankreatitni aniqlashda an’anaviy xirurgik shkalalar Ranson (p=0,02), BISAP (p=0,03) va APACHE II (p=0,04) dan ishonchli tarzda ustun bo‘lgan, 89,5% sezgirlik va 85,2% o‘ziga xoslikni ta’minlaydigan takomillashtirilgan klinik-genetik algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bemor yoshining 60 yoshdan katta bo‘lishi, APACHE II bo‘yicha 15 balldan yuqoriligi, 48-soatdagi C-reaktiv oqsil darajasining 200 mg/l dan ortiqligi, prokal`sitonin miqdorining 1,0 ng/ml dan yuqoriligi va persistent poliorganli etishmovchilikning rivojlanishi o‘tkir pankreatitni xirurgik davolashning qoniqarsiz natijalarining mustaqil xavf omillari ekanligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27-fevralda 6i-14/u-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda jarroxlik davolashning kechishi og‘irligi va noxush natijalarini erta bashorat qilishga kompleks yondashuvni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 2026 yil 30-martdagi 70/22-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2026 yil 22-apreldagi 52-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 2-iyundagi 09/42-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: yuqori xavf guruhini erta aniqlash intensiv terapiyaning o‘z vaqtida eskalatsiyasini va bemorni kirish paytidan reanimatsiya hamda intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazishni ta’minlaydi, poliorganli etishmovchilik rivojlanishini faol monitoring qilish imkonini beradi va og‘ir xirurgik asoratlar chastotasini 22,1% dan 8,2% ga kamaytiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: 100 nafar bemorlik kogortda asoratlar chastotasining 13,9 foiz punktga kamayishi o‘rtacha 14 holatning oldini oladi; har bir asoratga qo‘shimcha 7–8 koyka-kun va 403000 so‘m/kun hisobida bitta asoratga 3224000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi. Xulosa. Ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 45136000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Farg‘ona vodiysining tub aholisi orasida o‘tkir pankreatit tufayli kengaytirilgan xirurgik aralashuvlar bajarilgan bemorlarda SPINK1 genining minor alleli tashuvchiligi (kengaytirilgan aralashuvlar uchun OR=26,7; bosqichma-bosqich yondashuv uchun OR=22,2) va VEGFA genining minor alleli tashuvchiligining (og‘ir kechish uchun OR=3,15) ishonchli ustunligi aniqlangan hamda ularni xirurgik taktikani takomillashtirishning qo‘shimcha mezonlari sifatida qo‘llash asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27-fevralda 6i-14/u-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda jarroxlik davolashning kechishi og‘irligi va noxush natijalarini erta bashorat qilishga kompleks yondashuvni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 2026 yil 30-martdagi 70/22-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2026 yil 22-apreldagi 52-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 2-iyundagi 09/42-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: o‘rta og‘ir va og‘ir o‘tkir pankreatitli bemorlarni jarrohlikkacha tayyorlash chog‘ida SPINK1 va VEGFA genlari bo‘yicha qo‘shimcha genotiplash kengaytirilgan xirurgik aralashuvlar va og‘ir xirurgik asoratlar xavfi yuqori guruhni oldindan ajratishni, operativ aralashuv hajmini individuallashtirilgan tanlashni hamda lokal to‘plamlar shakllanganda xirurgik brigadaning bosqichma-bosqich yondashuvga tayyorligini ta’minlaydi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: bitta asossiz laparotomiyaning oldini olish 1 bemor uchun davolash muddatini o‘rtacha 5 o‘rin-kunga qisqartiradi, natijada 2015000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi. Xulosa. Ilmiy yangilikdan foydalanish ikki polimorf variant bo‘yicha genotiplash qiymati 280000 so‘mni chegirib tashlaganda, xavf guruhidagi bitta bemorga sof tejash 1735000 so‘mni tashkil qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning erta bosqichlarida klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik mezonlarni inobatga olgan holda xirurgik davolashning qoniqarsiz natijalarini hamda uning og‘ir kechishini prognozlash orqali bosqichma-bosqich xirurgik amaliyotlarni qo‘llash bilan tavsiflanuvchi xirurgik taktika takomillashtirilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27-fevralda 6i-14/u-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda jarroxlik davolashning kechishi og‘irligi va noxush natijalarini erta bashorat qilishga kompleks yondashuvni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 2026 yil 30-martdagi 70/22-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2026 yil 22-apreldagi 52-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 2-iyundagi 09/42-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: yuqori xavf guruhini erta aniqlash intensiv terapiyaning o‘z vaqtida eskalatsiyasini va bemorni kirish paytidan reanimatsiya hamda intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazishni ta’minlaydi, poliorganli etishmovchilik rivojlanishini faol monitoring qilish imkonini beradi va og‘ir xirurgik asoratlar chastotasini 22,1% dan 8,2% ga kamaytiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: biliar o‘tkir pankreatitli bemorlarda o‘rtacha o‘in-kunni 6,8 kunga qisqartirish 403000 so‘m/kun qiymatida 1 nafar bemorga 2740400 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa. Ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha biliar shaklli 65 nafar bemorda 178126000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘ir o‘tkir pankreatitni aniqlashda an’anaviy xirurgik shkalalar Ranson (p=0,02), BISAP (p=0,03) va APACHE II (p=0,04) dan ishonchli tarzda ustun bo‘lgan, 89,5% sezgirlik va 85,2% o‘ziga xoslikni ta’minlaydigan takomillashtirilgan klinik-genetik algoritm ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27-fevralda 6i-14/u-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda jarroxlik davolashning kechishi og‘irligi va noxush natijalarini erta bashorat qilishga kompleks yondashuvni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 2026 yil 30-martdagi 70/22-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2026 yil 22-apreldagi 52-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 2-iyundagi 09/42-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan algoritmni qo‘llash o‘tkir pankreatitli bemorlarda xirurgik taktikani differensiallangan tanlashni ta’minladi, erta ERPXG ulushini 42,1% dan 58,5% ga, kam invaziv operatsiyalar ulushini 68,4% dan 86,3% ga oshirdi, ochiq operatsiyalar ulushini 23,3% dan 9,8% ga kamaytirdi, umumiy o‘limni 7,0% dan 4,0% ga, og‘ir o‘tkir pankreatitda o‘limni 31,6% dan 21,1% ga tushirdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: o‘rtacha o‘rin-kunni 14,8 dan 10,6 kungacha (4,2 kunga) qisqartirish 403000 so‘m/kun qiymatida 1 nafar bemorga 1692600 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi. Xulosa. Ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 169260000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish