Tursunova Yulduz Jabborovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noqulay iqlimli hududlarda gipertoniya kasalligini kuchaytiruvchi omillar, asoratlanishi va ularning profilaktikasi» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1PhD/Tib3294.
Ilmiy rahbar: Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch tibbiyot istituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.20.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noqulay iqlimli hududlarda gipertoniya kasalligining kechishi, asoratlanishini kuchaytiruvchi omillarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, davolash va profilaktika tadbirlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyatining issiq-quruq iqlimli Olot va Peshku tumanlarida gipertoniya kasalligining birlamchi aniqlanishi va insul`t bilan asoratlanishi Buxoro shahriga nisbatan barcha fasllarda yuqoriligi, viloyat miqyosida esa kasallanish va asoratlanishning qish faslida eng yuqori bo‘lishi aniqlangan;
gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan noqulay iqlimda istiqomat qiluvchi bemorlarda instrumental va laborator ko‘rsatkichlarda braxiotsefal arteriyalarning intima media kompleksi nisbatan qalinlashishi, chap qorincha miokard massasi indeksining oshishi va KFT ning pasayishi kasallik rivojlanishi patogenezida muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.
gipertoniya kasalligining kechishida meteorologik omillarning sistolik arterial bosim bilan korrelyasion bog‘liqliklari (havo harorati bilan kuchli manfiy bog‘liqlik, havo namligi o‘rtasida kuchli musbat bog‘liqlik, havo harakati va ionizatsiya bilan kuchsiz manfiy bog‘liqlik) ilmiy asoslangan.
merologik omillar asosida ishlab chiqilgan davo va profilaktik tavsiyalari qo‘llanilganda gipertoniya kasalligining kasallik xurujlari soni va asoratlanish ko‘rsatkichlari kamayishi, hamda bemorlaring hayot sifati yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipertoniya kasalligining noqulay iqlimli hududlarda kechishini tashxislash, terapevtik va meteorologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligining noqulay iqlimli hududlarda kechishi va asoratlanishiga bog‘liqlik belgilarining klinik-meteorologik jihatlari, laborator-instrumental tekshiruvlarning natijalari o‘zaro mos kelishi aniqlanganligi asosida uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mazkur uslubiy tavsiyanoma noqulay iqlimli hududlarda gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda asoratlanish ko‘rsatkichlarini kamaytirish va mehnat qobiliyatini saqlab qolish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks davo-profilaktika tadbirlari tavsiya etilgan gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemorlar guruhida yoz oylarida kasallikning og‘ir asoratlari – gipertonik kriz 1,6 marta, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi 1,6, yurak ishemik kasalligi zo‘riqish stenokardiyasi 2,0, nostabil stenokardiya 1,4 va miokard infarkti 2,1 marta kamroq kuzatilganligi hisobidan Buxoro viloyatida bir yilda gospitalizatsiya qilingan 4817 nafar gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemor kesimida 73 436 941,7 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqlim omillari – havo harorati, havo namligi, havo harakati va havo ionizatsiyasining ta’sir ko‘rsatkichlari o‘rganilganligi asosida tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali shoshilinch kardioterapiya va erta reabilitatsiya bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: iqlim omillari ta’sirining hisobga olinishi arterial gipertenziya ko‘rsatkichlarini pasaytirib, antigipertenziv vositalar dozasini oshirishga va preparatlarni almashtirishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: antigipertenziv vositalar dozasini oshirishga va preparatlarni almashtirishga bo‘lgan ehtiyoj kamayishi hisobidan yoz oylarida Buxoro viloyatidagi gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan aholi kesimida 128 514 648,0 so‘m mablag‘ni tejab qolishga erishilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim omillarining gipertoniya kasalligi kechishi va asoratlanishidagi ahamiyatli jihatlari o‘rganilib, individual kompleks profilaktika tadbirlari optimallashtirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan kompleks profilaktika tadbirlari algoritmini tatbiq etish natijasida arterial gipertenziya darajasini, gipotenziv vositalarga rezistentlik va asoratlanish darajasini hamda statsionar davolanish kunlarini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida qo‘llanilgan kompleks davo-profilaktika tadbirlari natijasida statsionar davolanish kunlari 1,4 kunga qisqartirildi. Bu ko‘rsatkich Buxoro viloyatida bir yilda gospitalizatsiya qilingan 4817 nafar gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemor kesimida yoz oylarida 165 233 118,9 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga olib kelgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: noqulay meteorologik sharoitlar fonida kechuvchi gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun profilaktik tartib va dastur ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan va uning samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga qo‘llash, bemorlarni erta tashxislash, davolash va profilaktika taktikasi algoritmini tatbiq etish kasallik asoratlarini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida qo‘llanilgan kompleks davo-profilaktika tadbirlari natijasida yoz oylarida kasallik asoratlanishining kamayishi hisobidan 73 436 941,7 so‘m, statsionar davolanish kunlarining qisqarishi hisobidan 165 233 118,9 so‘m va antigipertenziv vositalar dozasini oshirishga va preparatlarni almashtirishga bo‘lgan ehtiyoj kamayishi hisobidan 128 514 648,0 so‘m, jami 367 184 708,6 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkoniyatini yaratgan. Gipertoniya kasalligining noqulay iqlimli hududlarda kechishi, meteorologik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq jihatlarini baholash va oldini olishni muvofiqlashtirish tamoyillari asosida «Issiq iqlimli hududlarda gipertoniya kasalligini og‘irlashtiruvchi xavf omillari va ularning profilaktika usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi, 2024 yil 30 noyabrdagi 24-m/096-son bayonnomasi) va chop etilgan. Uslubiy tavsiyanoma Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 6 dekabrdagi 66-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining 2024 yil 6 dekabrdagi 59-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tatbiq etilgan. Uning natijasida kasallik kechishi barqarorlashgan, bemorlarning kasalxonada davolanish muddatlari kamaygan va ularning hayot sifati ijobiy tomonga o‘zgarishi kuzatilgan. Ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21/13-son xulosasi olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish