Nazarova Nigina Otabek qizining

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligini rivojlanishining erta markerlarini klinik va genetik jihatlarining prognostik ahamiyati» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Tib1423.
Ilmiy maslaxatchi: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maksud Atabaevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Kenjaev Majid Latipovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultonovich biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy -amaliy tibbiyot markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda buyrak arteriyalari aterosklerozi negizida kechuvchi surunkali buyrak kasalligi rivojlanishiga klinik va genetik omillarning ta’sirini kompleks tahlillar natijalariga asoslangan holda baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligi rivojlangan bemorlarda SOD2 (Ala16Val), APOE (Cys130Arg) va End1 (Lys197Asn) genlari polimorfizmlarining xavfli genotiplari (Ala/Val, Val/Val, Cys/Arg, Arg/Arg, Lys/Asn, Asn/Asn) yuqori uchrash darajasiga ega ekanligi aniqlanib, ularning surunkali buyrak kasalligi bosqichlari rivojlanish xavfi bilan statistik jihatdan ishonchli bog‘liqligi (p<0,01) asoslangan;
xavfli genotiplarga ega bemorlarda sistatin C, endotelin-1 darajalarining yuqoriligi, shuningdek hKFT pastligi bilan o‘zaro kuchli korrelyasiyasi (r=-0,6-0,8); (r<0,01) aniqlanib, bu genetik markerlar SBKning rivojlanishida muhim omil ekanligi isbotlangan;
End1 (Asn) + APOE (Arg) + AGT (Met) + SOD2 (Val) ko‘p lokusli noxush kombinatsiyasi buyrak arteriya aterosklerozida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining genetik prediktori ekanligi va ushbu gen kombinatsiyalarining prognostik samaradorligi OR=5,8, accuracy =0,84 aniqlangan;
kompyuter tomografik angiografiyada aniqlangan stenoz darajasi oshishi bilan, buyrak gemodinamikasini aks ettiruvchi Vmax (r=−0,68), Vmin (r=−0,72) ko‘rsatkichlari pasayib, RI (r=+0,74), PI (r=+0,69), S/D (r=+0,63), R/A indeksi (r=+0,71) ortishi bilan ishonchli korrelyasion bog‘liqlikka ega ekanligi aniqlangan (p<0,01);
ROC-tahlil natijalariga ko‘ra, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida End-1 genining Endotelin-1 ko‘rsatkichlari bilan va SOD2 genining SOD fermenti ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi erta bashoratlashda diagnostik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligini rivojlanishining erta markerlarini klinik va genetik jihatlarining prognostik axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligi rivojlangan bemorlarda SOD2 (Ala16Val), APOE (Cys130Arg) va End1 (Lys197Asn) genlari polimorfizmlarining xavfli genotiplari (Ala/Val, Val/Val, Cys/Arg, Arg/Arg, Lys/Asn, Asn/Asn) yuqori uchrash darajasiga ega ekanligi aniqlanib, ularning surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfi bilan statistik jihatdan ishonchli bog‘liqligi (r<0,01) asoslanganligi Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi 4.07.2025 yildagi 104-sonli buyruq, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 7.07.2025 yildagi 130-1 sonli, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 7.07.2025 yildagi 61-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 20-avgust X65-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SOD2, APOE va End1 genlari polimorfizmlarining xavfli genotiplarini aniqlash buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligiga moyil bo‘lgan bemorlarni erta bosqichlarda ajratish, xavf guruhlarini shakllantirish va shaxsiylashtirilgan profilaktika hamda davolash strategiyalarini qo‘llash imkonini beradi. Bu esa kasallik asoratlarini oldini olish, surunkali buyrak etishmovchiligining erta rivojlanishini cheklash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik xavfli genotiplarga ega bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash orqali buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligining terminal bosqichlari va asoratlarining oldini olishga erishiladi, bu esa shifoxona davolanish muddatlarini qisqartirishga, laborator va asbobiy tekshiruvlar hamda gemodializga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Xulosa: SOD2, APOE va End1 genlaridagi xavfli genotiplarning aniqlanishi buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligiga chalingan bemorlarning kasallik kechishini bashoratlash, shaxsiylashtirilgan nazorat va davolashni joriy etish, shu orqali bemorlarning salomatligi, mehnatga layoqatlilik davri va hayot sifatini uzoq muddat saqlab qolish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: xavfli genotiplarga ega bemorlarda sistatin C, endotelin-1 darajalarining yuqoriligi, shuningdek hKFT pastligi bilan o‘zaro kuchli korrelyasiyasi (r=-0,6-0,8); (r<0,01) aniqlanib, bu genetik markerlar surunkali buyrak kasalligining muhim omil ekanligi Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi 4.07.2025 yildagi 104-sonli buyruq, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 7.07.2025 yildagi 130-1 sonli, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 7.07.2025 yildagi 61-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 20-avgust X65-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavfli genotiplarga ega bemorlarda sistatin C va endotelin-1 darajalarining oshishi hamda koptokcha fil’tratsiya tezligi pasayishi o‘rtasidagi kuchli bog‘liqlikni aniqlash surunkali buyrak kasalligining og‘ir fenotipi rivojlanishini erta bashoratlash imkonini beradi. Bu esa yuqori xavfli bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, ularga shaxsiylashtirilgan kuzatuv va profilaktik hamda davolash choralarini belgilash, kasallikning asoratlarini oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik xavfli bemorlarda biomarkerlar (sistatin C, endotelin-1) va KFTni kompleks baholash orqali SBKning og‘ir shakllarini erta aniqlash imkoni yaratiladi, bu esa asoratlar rivojlanishini kamaytirish, statsionar davolanish muddatlarini qisqartirish va davolash usullariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini tejashga olib keladi. Xulosa: xavfli genotiplar bilan nefron shikastlanishini aks ettiruvchi biomarkerlarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan ushbu yondashuv surunkali buyrak kasalligining og‘ir kechishiga moyil bemorlarni erta aniqlash, ularni samarali kuzatish va shaxsiylashtirilgan davolashni joriy etish imkonini berib, bemorlarning salomatligi va mehnatga layoqatlilik davrini uzoq muddat saqlab qolishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: End1 (Asn) + APOE (Arg) + AGT (Met) + SOD2 (Val)ko‘p lokusli noxush kombinatsiyasi buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining genetik prediktori sifatida aniqlandi; ushbu gen kombinatsiyalarining prognostik samaradorligi OR=5,8, accuracy =0,84 aniqlanganligi Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi 4.07.2025 yildagi 104-sonli buyruq, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 7.07.2025 yildagi 130-1 sonli, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 7.07.2025 yildagi 61-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 20-avgust X65-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SOD2, APOE, AGT va End1 genlarining ko‘p lokusli noxush kombinatsiyalarini aniqlash buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligining tez rivojlanib boruvchi shakllariga moyil bemorlarni erta bosqichda ajratish imkonini beradi. Bu yuqori xavfli bemorlarni maqsadli skriningdan o‘tkazish, individual kuzatuv va profilaktik hamda davolash choralarini o‘z vaqtida belgilash orqali kasallik asoratlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘p lokusli genetik xavfli kombinatsiyalarga ega bemorlarni erta aniqlash surunkali buyrak kasalligining rivojlanishini sekinlashtirish va dializ oldi davrini uzaytirish imkoniyatini beradi, bu esa statsionar davolash muddatlarini qisqartirish, gemodializga bo‘lgan ehtiyojni kechiktirish va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Xulosa: SOD2, AGT, APOE va End1 genlarining ko‘p lokusli noxush kombinatsiyalari asosida buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligining klinik kechishini bashoratlash imkoniyati yaratiladi, bu esa shaxsiylashtirilgan skrining, nazorat va davolash strategiyalarini joriy etish orqali bemorlarning salomatligi, mehnatga layoqatlilik davri va hayot sifatini uzoq muddat saqlab qolishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kompyuter tomografik angiografiyada aniqlangan stenoz darajasi oshishi bilan, buyrak gemodinamikasini aks ettiruvchi Vmax (r=−0,68), Vmin (r=−0,72) ko‘rsatkichlari pasayib, RI (r=+0,74), PI (r=+0,69), S/D (r=+0,63), R/A indeksi (r=+0,71) ortishi bilan ishonchli korrelyasion bog‘liqlikka ega ekanligi aniqlanib Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi 4.07.2025 yildagi 104-sonli buyruq, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 7.07.2025 yildagi 130-1 sonli, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 7.07.2025 yildagi 61-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 20-avgust X65-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kompyuter tomografiya angiografiyasi yordamida buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligining tez rivojlanib boruvchi shakllariga moyil bemorlarni erta bosqichda ajratish imkonini beradi. Bu erta tashxis ko‘yish va profilaktik hamda davolash choralarini o‘z vaqtida belgilash orqali kasallik asoratlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: buyrak funksional holatini kompleks baholash orqali kasallikning og‘ir kechishini erta aniqlash imkonini yaratadi, bu statsionar davolanish muddatlarini qisqartirish, asoratlar va gemodializga bo‘lgan ehtiyojni kechiktirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Xulosa: kompyuter tomografiya angiografiyasi yordamida buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining gemodinamik va funksional ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘liqligiga asoslangan ushbu yondashuv surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash, avjlanishini bashoratlash va shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalarini joriy etish imkonini berib, bemorlarning salomatligi va hayot sifatini uzoq muddat saqlab qolishga xizmat qiladi.
beshinchi ilmiy yangilik: ROC-tahlil natijalariga ko‘ra, buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini erta bashoratlashda End1 genining endotelin-1 ko‘rsatkichlari bilan, SOD2 genining esa SOD fermenti faolligi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligining diagnostik ahamiyati isbotlanganligi Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasining 4.07.2025 yildagi 104-sonli, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 7.07.2025 yildagi 130-1-sonli, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 7.07.2025 yildagi 61-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 20-avgust X65-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: End1 genining endotelin-1, SOD2 genining esa SOD fermenti ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini ROC-tahlil asosida baholash buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini klinik belgilar namoyon bo‘lishidan avvalroq bashoratlash imkonini beradi. Bu esa genetik xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni ob’ektiv diagnostik mezonlar asosida ajratish, ularga nisbatan shaxsiylashtirilgan kuzatuv rejimini belgilash, shu orqali kasallik asoratlarining oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik markerlar bilan biokimyoviy ko‘rsatkichlarning bog‘liqligiga asoslangan diagnostik mezonlardan foydalanish ortiqcha va takroriy tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bemorni xavf darajasiga mos ravishda maqsadli tekshirish imkonini beradi. Surunkali buyrak kasalligini erta bosqichda aniqlash terminal bosqich va asoratlar rivojlanishini cheklash, statsionar davolanish muddatlarini qisqartirish hamda gemodializ va buyrak o‘rnini bosuvchi terapiyaga ketadigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: End1 geni va endotelin-1, SOD2 geni va SOD fermenti ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning ROC-tahlil orqali asoslanishi buyrak arteriyalari aterosklerozida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini erta bashoratlashning ishonchli diagnostik vositasini yaratish imkonini beradi. Ushbu yondashuv xavf guruhidagi bemorlarni o‘z vaqtida erta va ishonchli aniqlash, ularni progressiyasini nazorat qilish va shaxsiylashtirilgan klinik qarorlar qabul qilish imkonini berib, bemorlarni salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish