Mirodilova Firuza Baxtiyarovnaning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Koronavirus infeksiyasini kechirgan genital gerpesli bemorlarning kechishi og‘irligining klinik-immunologik markerlarini inobatga olgan holda kompleks terapiyasini ishlab chiqish, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari)
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.DSc/Tib 905.
Ilmiy maslahatchi: Ismailova Guli Amindjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponenetlar: Nabiev Talat Abduvaxobovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Pakirdinov Adxamjon Begishevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Urazmetova Maisa Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertasiya yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda virusga qarshi va immunomodullovchi vositalarni kompleks qo‘llash orqali residivlanuvchi genital gerpesning I va II turlarini patogenetik davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan residivlanuvchi genital gerpes (RGG) bilan og‘rigan bemorlarda kasallik residivlari chastotasi va klinik ko‘rinishlarining og‘irlik darajasi koronavirus infeksiyasini o‘tkazmagan bemorlarga nisbatan ishonchli darajada yuqori ekanligi (p <0,01), bu holat postkovid immun disregulyasiyasi va immunitetning hujayraviy bo‘g‘ini funksional faolligining pasayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
residivlanuvchi genital gerpes residivlari chastotasi bilan provokatsion omillar, jumladan stress holatlari, sovqotish, haddan tashqari charchash, jinsiy aloqalar va ayollarda hayz sikli ta’siri o‘rtasida ishonchli o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi va orrelyasion tahlil natijalariga ko‘ra, bog‘liqlik kuchi COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda (ρ = 0,32; p <0,001) postkovid anamnezi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan (ρ = 0,20; p <0,05) ancha yuqori ekanligi aniqlangan;
residivlanuvchi genital gerpes bilan og‘rigan bemorlarda koronavirus infeksiyasini o‘tkazgandan so‘ng immunitetning T-hujayraviy bo‘g‘inining yaqqol susayishi - CD3⁺, CD4⁺ ko‘rsatkichlari va immunoregulyator indeksning pasayishi, gumoral bo‘g‘inning kompensator faollashuvi - CD22⁺, SIK, IgA, IgM va IgG ko‘rsatkichlarining oshishi hamda neytrofillarning fagotsitar faolligi pasayishi xamda α- va γ-interferonlar darajalari o‘rtasida yaqqol ijobiy korrelyasiya (r = +0,87; p <0,001) aniqlangan;
IL-1 (-511 T/C), IL-2 (-330 T/G) va IL-10 (-1082 G/A) genlari polimorfizmlarining mavjudligi immun javobning individual xususiyatlari hamda kasallik kechishining og‘irlik darajasini belgilashi jumladan, IL-1 genining T-alleli va IL-10 genining G-alleli tegishli sitokinlar ekspressiyasining oshishi hamda residivlar chastotasining yuqoriligi bilan assotsiatsiyalangan, IL-2 genining TT-genotipi esa T-hujayraviy javobning nisbatan muvozanatlanganligi va RGGning engil kechishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
COVID-19 o‘tkazgandan so‘ng RGG bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik parametrlari va hayot sifati ko‘rsatkichlari (RGHQoL) o‘rtasidagi korrelyasion o‘zaro bog‘liqliklarning buzilishi kuzatilishi va COVID-19 o‘tkazmagan bemorlarda residivlar chastotasi bilan emotsional holat jihatlari o‘rtasida zaif bog‘liqliklar kuzatilsa, COVID-19 dan keyin bu bog‘liqliklar deyarli yo‘qolishi(r ≈ 0; p >0,05) isbotlangan;
virusga qarshi va immunomodulyator ta’sirni o‘z ichiga olgan kompleks terapiya olgan bemorlarda RGHQoL shkalasi bo‘yicha hayot sifati ko‘rsatkichlarining ishonchli darajada yaxshilangani (65–70% ga) hamda GHerpTSQc so‘rovnomasi bo‘yicha davolashdan qoniqish darajasining oshgani (0,78 ± 0,12 gacha) kuzatilgani va bu holat IL-1β va IL-10 darajalarining pasayishi, IL-2 ko‘rsatkichining 25% ga oshishi, shuningdek, residivlar chastotasining qariyb 85% ga kamayishi bilan korrelyasiyalangani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijlarining joriy qilinishi. Koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan bemorlarda genital gerpes diagnostikasini takomillashtirish va qaytalanishga qarshi davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan residivlanuvchi genital gerpes bilan og‘rigan bemorlarda kasallik residivlari chastotasi va klinik ko‘rinishlarining og‘irlik darajasi koronavirus infeksiyasini o‘tkazmagan bemorlarga nisbatan ishonchli darajada yuqori ekanligi (p <0,01), bu holat postkovid immun disregulyasiyasi va immunitetning hujayraviy bo‘g‘ini funksional faolligining pasayishi bilan bog‘liqligi isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiklashtiruvchi ekspert kengashining 2025-yil 22-dekabrdagi №12-25/833-t va №12-25/834-t-son qarorlari bilan tasdiqlangan “Genetik diagnostikadan foydalangan holda postkovid davrda residivlanuvchi genital gerpesni profilaktik davolashni optimallashtirish” hamda “COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda genital gerpesni davolash metodikasi” nomli uslubiy tavsiyalarda o‘z aksini topgan. Ilmiy tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialining 2026-yil 26-yanvardagi №9-son buyrug‘i hamda Toshkent shahar mintaqaviy filialining 2026-yil 4-fevraldagi №48-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 20-avgustdagi X99-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Postkovid RGG shakllari rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlash samaradorligini oshirish hamda residivlar sonini kamaytirish hisobiga hayot sifatini yaxshilashdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: immun buzilishlarni o‘z vaqtida tashxislash va kasallikning asoratli kechishini oldini olish orqali kasallikning residivlanuvchi shakllarini davolashga sarflanadigan umumiy xarajatlarni kamaytirishda namoyon bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, iqtisodiy samara yiliga bir nafar bemor uchun 827 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: immun buzilishlarni erta tashxislash mezonlarini va kasallikning asoratli kechishini oldini olish choralarini klinik amaliyotga joriy etish yiliga bir nafar bemor hisobiga 827 000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: residivlanuvchi genital gerpes residivlari chastotasi bilan provokatsion omillar, jumladan stress holatlari, sovqotish, haddan tashqari charchash, jinsiy aloqalar va ayollarda hayz sikli ta’siri o‘rtasida ishonchli o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi va orrelyasion tahlil natijalariga ko‘ra, bog‘liqlik kuchi COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda (ρ = 0,32; p <0,001) postkovid anamnezi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan (ρ = 0,20; p <0,05) ancha yuqori ekanligi aniqlangani Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiklashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 22 dekabrdagi №12-25/833-t va №12-25/834-t-son qarorlari bilan tasdiqlangan «Genetik diagnostikadan foydalangan holda postkovid davrda residivlanuvchi genital gerpesni profilaktik davolashni optimallashtirish» hamda «COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda genital gerpesni davolash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyalarda o‘z aksini topgan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialining 2026 yil 26 yanvardagi №9-son buyrug‘i hamda Toshkent shahar mintaqaviy filialining 2026 yil 4 fevraldagi №48-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 20 avgustdagi X99-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan trigger omillarni hisobga olgan holda xavf guruhidagi bemorlar uchun individuallashtirilgan profilaktik dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Bu zo‘riqish omillarini nazorat qilish hisobiga kasallik zo‘rayishlari chastotasini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini oshirish hamda psixoemotsional holatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: residivlar sonini qisqartirish, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatini kamaytirish va ixtisoslashtirilgan yordamga murojaatlar sonini qisqartirish hisobiga dori vositalari bilan davolash hamda ambulator kuzatuv xarajatlarini kamaytirishda ifodalanadi. Profilaktik tadbirlarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi bir nafar bemor uchun taxminan 408 000 so‘m tejamni tashkil etdi. Xulosa: RGG bilan og‘rigan bemorlarni, ayniqsa postkovid davrda, yuritish algoritmiga provokatsion omillarni baholashni kiritish profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, GG residivlari chastotasini kamaytirish hamda bir nafar bemor hisobiga 408 000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: residivlanuvchi genital gerpes bilan og‘rigan bemorlarda koronavirus infeksiyasini o‘tkazgandan so‘ng immunitetning T-hujayraviy bo‘g‘inining yaqqol susayishi - CD3⁺, CD4⁺ ko‘rsatkichlari va immunoregulyator indeksning pasayishi, gumoral bo‘g‘inning kompensator faollashuvi - CD22⁺, SIK, IgA, IgM va IgG ko‘rsatkichlarining oshishi hamda neytrofillarning fagotsitar faolligi pasayishi xamda α- va γ-interferonlar darajalari o‘rtasida yaqqol ijobiy korrelyasiya (r = +0,87; p <0,001) aniqlangani Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiklashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 22 dekabrdagi №12-25/833-t va №12-25/834-t-son qarorlari bilan tasdiqlangan «Genetik diagnostikadan foydalangan holda postkovid davrda residivlanuvchi genital gerpesni profilaktik davolashni optimallashtirish» hamda «COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda genital gerpesni davolash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyalarga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialining 2026 yil 26 yanvardagi №9-son buyrug‘i hamda Toshkent shahar mintaqaviy filialining 2026 yil 4 fevraldagi №48-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 20 avgustdagi X99-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan immunologik mezonlardan foydalanish RGGning tez-tez residivlanishi va og‘ir kechishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlash, immunokorreksiyalovchi hamda profilaktik terapiyani o‘z vaqtida o‘tkazish, kasallikning asoratli shakllari rivojlanishining oldini olish, zo‘rayishlar sonini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan immun buzilishlar (CD4⁺/CD8⁺ <1,0 va IFN-γ ishlab chiqarilishining pasayishi) terapiya sxemasini tuzatish hamda og‘ir residivlar rivojlanishining oldini olish imkonini berdi. Shunday qilib, bir nafar bemor hisobiga umumiy iqtisodiy samara 809 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: residivlanuvchi genital gerpes bilan og‘rigan bemorlarda immunoregulyator indeks, interferonlar va sitokinlar (IL-1β, IL-2, IL-10) darajasini aniqlash zo‘rayishlar chastotasini kamaytirish hamda bir nafar bemor hisobiga qariyb 809 000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi, shundan byudjet mablag‘lari - 460 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar - 349 000 so‘m.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: IL-1 (-511 T/C), IL-2 (-330 T/G) va IL-10 (-1082 G/A) genlari polimorfizmlarining mavjudligi immun javobning individual xususiyatlari hamda kasallik kechishining og‘irlik darajasini belgilashi jumladan, IL-1 genining T-alleli va IL-10 genining G-alleli tegishli sitokinlar ekspressiyasining oshishi hamda residivlar chastotasining yuqoriligi bilan assotsiatsiyalangan, IL-2 genining TT-genotipi esa T-hujayraviy javobning nisbatan muvozanatlanganligi va RGGning engil kechishi bilan bog‘liqligi isbotlangani Toshkent davlat tibbiyot universiteti Koordinatsion ekspert kengashining 2025 yil 22 dekabrdagi №12-25/833-t va №12-25/834-t-son qarorlari bilan tasdiqlangan «Genetik diagnostikadan foydalangan holda postkovid davrda residivlanuvchi genital gerpesni profilaktik davolashni optimallashtirish» hamda «COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda genital gerpesni davolash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyalarda o‘z aksini topgan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialining 2026 yil 26 yanvardagi №9-son buyrug‘i hamda Toshkent shahar mintaqaviy filialining 2026 yil 4 fevraldagi №48-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 20 avgustdagi X99-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik tiplashni klinik amaliyotga joriy etish RGGning og‘ir va tez-tez residivlanuvchi kechishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash, terapiyaga individual javobni prognoz qilish, asoratli shakllarning o‘z vaqtida oldini olish va davolashni shaxsiylashtirish hisobiga bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: molekulyar-genetik markerlardan foydalanish virusga qarshi va immunomodullovchi preparatlarni tayinlashni optimallashtirish, terapiya davomiyligi hamda residivlar sonini qisqartirish imkonini beradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, genetik testlashni qo‘llash og‘ir shakllarning oldini olish va asoratli holatlarni davolash xarajatlarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun taxminan 750 000 so‘m tejamni ta’minlaydi. Xulosa: diagnostik algoritmda sitokin genlari polimorfizmlarining aniqlangan assotsiatsiyalaridan foydalanish shaxsiylashtirilgan terapevtik sxemalarni shakllantirish, sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy yo‘qotishlarini kamaytirish, residivga qarshi terapiyaning umumiy samaradorligini oshirish hamda bir nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 750 000 so‘m tejash imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgandan so‘ng RGG bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik parametrlari va hayot sifati ko‘rsatkichlari (RGHQoL) o‘rtasidagi korrelyasion o‘zaro bog‘liqliklarning buzilishi kuzatilishi va COVID-19 o‘tkazmagan bemorlarda residivlar chastotasi bilan emotsional holat jihatlari o‘rtasida zaif bog‘liqliklar kuzatilsa, COVID-19 dan keyin bu bog‘liqliklar deyarli yo‘qolishi(r ≈ 0; p >0,05) isbotlangani Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiklashtiruvchi ekspert kengashining 2025-yil 22-dekabrdagi №12-25/833-t va №12-25/834-t-son qarorlari bilan tasdiqlangan “Genetik diagnostikadan foydalangan holda postkovid davrda residivlanuvchi genital gerpesni profilaktik davolashni optimallashtirish” hamda “COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda genital gerpesni davolash metodikasi” nomli uslubiy tavsiyalarda o‘z aksini topgan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialining 2026-yil 26-yanvardagi №9-son buyrug‘i hamda Toshkent shahar mintaqaviy filialining 2026-yil 4-fevraldagi №48-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 20 avgustdagi X99-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda klinik va sub’ektiv ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasion o‘zaro bog‘liqliklar buzilishini aniqlash psixoemotsional holat hamda kasallikni individual qabul qilish xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi, bu esa terapiyani yanada samarali individuallashtirishga yordam beradi.. Iqtisodiy samaradorligi: RGHQoL ko‘rsatkichlaridan klinik amaliyotda foydalanish terapiya va bemorlarning psixoemotsional holatini erta korreksiya qilish, residivlar chastotasi hamda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davomiyligini kamaytirish imkonini beradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu yondashuvni joriy etish takroriy murojaatlarni kamaytirish va terapiyani optimallashtirish hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha 630 000 so‘m mablag‘ni tejashni ta’minlaydi. Xulosa: RGHQoLni diagnostik vosita sifatida qo‘llash davolash samaradorligini oshiradi, bemorlarning moslashuvini yaxshilaydi va kasallikning surunkali kechishi bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirishga xizmat qiladi hamda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari fondlardan 630 000 so‘m tejash imkonini bergan;
oltinchi ilmiy yangilik: virusga qarshi va immunomodulyator ta’sirni o‘z ichiga olgan kompleks terapiya olgan bemorlarda RGHQoL shkalasi bo‘yicha hayot sifati ko‘rsatkichlarining ishonchli darajada yaxshilangani (65–70% ga) hamda GHerpTSQc so‘rovnomasi bo‘yicha davolashdan qoniqish darajasining oshgani (0,78 ± 0,12 gacha) kuzatilgani va bu holat IL-1β va IL-10 darajalarining pasayishi, IL-2 ko‘rsatkichining 25% ga oshishi, shuningdek, residivlar chastotasining qariyb 85% ga kamayishi bilan korrelyasiyalangani isbotlangani Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiklshtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 22 dekabrdagi №12-25/833-t va №12-25/834-t-son qarorlari bilan tasdiqlangan «Genetik diagnostikadan foydalangan holda postkovid davrda residivlanuvchi genital gerpesni profilaktik davolashni optimallashtirish» hamda «COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda genital gerpesni davolash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyalarda o‘z aksini topgan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialining 2026 yil 26 yanvardagi №9-son buyrug‘i hamda Toshkent shahar mintaqaviy filialining 2026 yil 4 fevraldagi №48-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 20 avgustdagi X99-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kompleks terapiyani joriy etish residivlar chastotasini sezilarli kamaytirish, hayot sifati va davolashdan qoniqish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini berdi. Bu bemorlarning psixologik va ijtimoiy moslashuviga yordam beradi, xavotir va depressiv ko‘rinishlarni kamaytiradi, shuningdek, shaxslararo hamda kasbiy munosabatlarni yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: virusga qarshi va immunomodullovchi komponentni o‘z ichiga olgan kompleks terapiyani qo‘llash davolashga sarflanadigan umumiy xarajatlarni 49–50% ga kamaytirish va residivlar chastotasini qariyb 70% ga qisqartirishga olib keldi. Zo‘rayishlar soni, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davomiyligi va takroriy terapiya kurslariga ehtiyoj kamayishi hisobiga iqtisodiy samara yiliga bir nafar bemor uchun taxminan 809 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: virusga qarshi va immunomodullovchi ta’sirni birlashtirgan kompleks terapiyani qo‘llash yaqqol klinik-immunologik, psixosotsial va iqtisodiy samarani ta’minlagan hamda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 809 000 so‘m tejash imkonini bergan.