Janibekov Janabay Jumabaevichning
fan doktori (DSc)dissertatsiyasi ximoyasi xaqida elon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasida COVID-19 ning klinik-epidemiologik va immunogenetik xususiyatlari” 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar 14.00.30 – Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib1228.
Ilmiy maslahatchilar: Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rujensova Tat`yana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va Ilmiy kengash raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Ra’no Ibraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Ibroxim Xamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
II. Tadqiqot maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida COVID-19 tarqalishi va kechishini tahlil qilish asosida mintaqaviy xususiyatlarga qarab koronavirus infeksiyasining oldini olish va davolashga yondashuvlarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasida COVID-19 bilan kasallanishning 2020–2023 yillardagi ko‘p yillik dinamikasi aholi yashash joyiga qarab baholanib, hududlar o‘rtasidagi farq barcha kuzatuv yillarida statistik ishonchli ekani hamda kasallanish yoz-kuz oylariga (iyul–avgust) to‘g‘ri kelib, mehnatga layoqatli aholida ustunlik qilgani aniqlangan;
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisida COVID-19 kechishining immunogenetik prediktorlari aniqlanib, TNF genidagi G/A G4682A genotipi kasallikning og‘ir kechishi uchun salbiy prognostik marker ekani, MTHFR genidagi C677T polimorfizmining T alleli o‘rtacha og‘ir guruhda salbiy, C alleli esa himoyalovchi ekanligi, IL-6 genidagi G174C polimorfizmining C alleli og‘ir kechish uchun salbiy, G alleli va geterozigota G/C genotipi esa himoyalovchi marker ekani hamda bu farqlar qishloq va shahar aholisida turlicha taqsimlangani isbotlangan;
omikron varianti tarqalgan davrda o‘rta og‘ir va og‘ir shakllar bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlarda yallig‘lanish oldi sitokinlarining dinamikasi ochib berilib, interleykin-6 darajasi o‘rta og‘ir va og‘ir guruhda oshganligi, O‘NO-α esa 2,2 barobar oshgani aniqlangan;
ilk bor COVID-19 da yurak-qon tomir asoratlarining erta prediktori sifatida endotelin-1 ning ahamiyati asoslab berilib, kasallik og‘irlashgani sari endoteling‘1 darajasi oshishi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi va natijada asoratlar rivojlanish prognostik marker ekani isbotlangan;
COVID-19 ning salbiy oqibati xavfini baholashning ROC-tahlil bilan tasdiqlangan, D-dimer, troponin-T, interleykin-6, prokal`sitonin, neytrofil-limfotsitar nisbat, bemor yoshi va limfotsitopeniya ko‘rsatkichlari asosida hududiy xususiyatlari kiritilgan profilaktika va bemorlarni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida COVID-19 ning klinik-epidemio-logik va immunogenetik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasida COVID-19 bilan kasallanishning 2020–2023 yillardagi ko‘p yillik dinamikasi aholi yashash joyiga qarab baholanib, hududlar o‘rtasidagi farq barcha kuzatuv yillarida statistik ishonchli ekani hamda kasallanish yoz-kuz oylariga (iyul–avgust) to‘g‘ri kelib, mehnatga layoqatli aholida ustunlik qilgani aniqlanganligi Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarining №78 12.08.2025y buyrug‘i, Buxora viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarining №86 28.08.2025y buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruni tuman birlashmasining №73 15.08.2025y buyrug‘i bilan davolash jarayoniga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallik asoratini erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish kasallik asoratlarini oldini olishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: amaliyotga joriy etish natijalari epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va COVID-19 ning og‘ir shakllarini davolash xarajatlarini 12 oy davomida 460000 so‘mga kamaytirish va kasallikning o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisida COVID-19 kechishining immunogenetik prediktorlari aniqlanib, TNF genidagi G/A G4682A genotipi kasallikning og‘ir kechishi uchun salbiy prognostik marker ekani, MTHFR genidagi C677T polimorfizmining T alleli o‘rtacha og‘ir guruhda salbiy, C alleli esa himoyalovchi ekanligi, IL-6 genidagi G174C polimorfizmining C alleli og‘ir kechish uchun salbiy, G alleli va geterozigota G/C genotipi esa himoyalovchi marker ekani hamda bu farqlar qishloq va shahar aholisida turlicha taqsimlangani isbotlanganligi Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarining №78 12.08.2025y buyrug‘i, Buxora viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarining №86 28.08.2025y buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruni tuman birlashmasining №73 15.08.2025y buyrug‘i bilan davolash jarayoniga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, olingan natijalar tibbiy yordam sifatini yaxshilash, kasallik asoratlarini kamaytirish, yangi davolash usullarini takomillashtirish orqali bemorlarning hayot tarzini yaxshilashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: morfometrik tavsiya etilgan uslubiy tavsiyalarni amalda qo‘llashda xarajatlar samaradorligini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, istalgan natijaga erishish uchun foydalanish narxi 319100 so‘m ekanligi izohlangan;
uchinchi ilmiy yangilik: omikron varianti tarqalgan davrda o‘rta og‘ir va og‘ir shakllar bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlarda yallig‘lanish oldi sitokinlarining dinamikasi ochib berilib, interleykin-6 darajasi o‘rta og‘ir va og‘ir guruhda oshganligi, O‘NO-α esa 2,2 barobar oshgani aniqlanganligi Xorazm viloyat SEO va JS boshkarmasining №158i 06.10.2025y buyrug‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi SEO va JS boshkarmasining №44p 03.10.2025y buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallik asoratini erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish kasallikni asoratlarini oldini olishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: yallig‘lanish mediatorlarini marker sifatida o‘rganishning diagnostik ahamiyatini o‘rganish va baholash bo‘yicha tavsiya etilgan uslubiy tavsiyalar davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishda byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 da yurak-qon tomir asoratlarining erta prediktori sifatida endotelin-1 ning ahamiyati asoslab berilib, kasallik og‘irlashgani sari endoteling‘1 darajasi oshishi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi va natijada asoratlar rivojlanish prognostik marker ekani isbotlanganligi Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarining №78 12.08.2025y buyrug‘i, Buxora viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarining №86 28.08.2025y buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruni tuman birlashmasining №73 15.08.2025y buyrug‘i bilan davolash jarayoniga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Xavf guruhlari va aniq markerlarning (IL-6, O‘NO-al`fa, D-dimer, endotelin-1) ajratilishi kasallikning og‘ir va cho‘ziluvchan shakllariga moyil bo‘lgan bemorlarni (65 yoshdan oshganlar, homiladorlar, semizlik va surunkali patologiyasi borlar) tibbiy yordamning ilk bosqichidayoq aniqlab, shifoxonaga yotqizish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratli va cho‘ziluvchan kechish xavfi yo‘q bemorlarni ambulator sharoitga yo‘naltirish hamda xavf guruhlarini maqsadli davolash hisobiga shifoxonalarda ortiqcha yuklama va behuda xarajatlar kamayadi.
beshinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ning salbiy oqibati xavfini baholashning ROC-tahlil bilan tasdiqlangan, D-dimer, troponin-T, interleykin-6, prokal`sitonin, neytrofil-limfotsitar nisbat, bemor yoshi va limfotsitopeniya ko‘rsatkichlari asosida hududiy xususiyatlari kiritilgan profilaktika va bemorlarni olib borish algoritmi ishlab chiqilganligi Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarining №78 12.08.2025y buyrug‘i, Buxora viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarining №86 28.08.2025y buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruni tuman birlashmasining №73 15.08.2025y buyrug‘i bilan davolash jarayoniga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: immunosupressiv va antibakterial terapiyaning asossiz tayinlanishi (polipragmaziya) kamayadi, bu esa bemorlarda dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini va asoratlarni keskin kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish va asoratlarning oldini olish hisobiga har bir bemor uchun 2400000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: ushbu muammoni o‘rganishning dolzarbligi va zarurati aniq bo‘lib, olingan natijalar koronavirus infeksiyasining kechishi va natijalariga mintaqaviy, iqlim va ijtimoiy omillarning ta’sirini yanada tahlil qilish zarurligi uchun asos va ishonchli dalillarni taqdim etdi.
Tadqiqot natijalaria asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashidan 16 fevral 2026 yildagi 3-son bayonnomasi asosida 03/52 sonli qarori bilan yagona xulosasi olingan.