Vasliddinova Kamola Qodirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Parallel korpus uchun bilingval leksikon yaratishning leksikografik tadqiqi”, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4742.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.12.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Shahlo Mirdjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parallel korpusning qidiruv interfeysini takomillashtirishda bilingval lug‘atlarning leksikografik xususiyatlarini tadqiq etish va ularning natijalarini qidiruv mexanizmiga integratsiya qilishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parallel korpus uchun bilingval leksikon tuzishda tarjima birliklarining mavjud an’anaviy lug‘aviy yondashuvlardan farqli ravishda tarjima birliklarining to‘g‘ridan to‘g‘ri muqobil emas, balki kontekstga bog‘liq lisoniy birlik sifatida talqin etuvchi kontekstual-leksikografik modeli shakllantirilgan;
parallel matnlardan tarjima birliklarini avtomatik ajratib olishga yordam beruvchi KoLLiNLensCat, ya’ni kontekstual-leksikografik lingvistik yondashuvga asoslangan tarjima xotirasi modeli yaratilib, tarjima birliklarini segmentlashning lingvistik mexanizmini taklif etish imkoniyati algoritmik jihatdan nazariy asoslangan;
bilingval leksikon tuzishda tarjima birliklarini funksional-konseptual tasniflash natijasida kontekstologik tarjima platformasi yaratilib, statistik tahlilga qurilgan n-gram modeli asosida eng ko‘p qo‘llanuvchi leksik kollokatsiyalarning qidiruv tizimi ishlab chiqilgan;
badiiy, ilmiy, publitistik va rasmiy uslubdagi ingliz tilidan o‘zbek tiliga va aksincha tarjima qilingan matn muqobillari asosida “aligner” yaratilib, mantnning uslubiy differensial leksik muqobillik modeli taklif etilgan hamda uning natijalari Paratranslator.uz nomli kontekstologik tarjima platformasida amaliy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parallel korpus uchun bilingval leksikon yaratishning leksikografik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
    bilingval leksikon tuzishda tarjima birliklarini funksional-konseptual tasniflash tahlil natijalaridan, statistik tahlilga qurilgan n-gram modeli asosida eng ko‘p qo‘llanuvchi leksik kollokatsiyalarning qidiruv tizimi leksik va texnik imkoniyatlari ma’lumotlaridan kelib chiqib berilgan takliflardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2023-2024-yillar davomida bajarilgan AL-7823051675 “Ijtimoiy tarmoqlardagi turli xarakterlik matnli ma’lumotlarni aniqlash va monitoringini amalga amalga oshirish tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 22-noyabrdagi 3954/05-2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, n-gram modeli mexanizmining funksional imkoniyatlari amaliy loyiha doirasida tayyorlangan lingvistik bilimlar bazasini yaratish, korpus mexanizmlaridan statistik ma’lumotlarni olish hamda shu sohaga doir ilmiy maqolalar tayyorlashda nazariy jihatdan yordam bergan;
    tadqiqotning parallel korpus uchun bilingval leksikon tuzishda tarjima birliklarining kontekstual-leksikografik lingvistik yondashuvga asoslangan lisoniy modeli algoritmlaridan, statistik tahlilga qurilgan n-gram modeli asosida eng ko‘p qo‘llanuvchi leksik kollokatsiyalarning statistik jihatdan chuqur analitik tahlillaridan, badiiy, ilmiy, publitistik va rasmiy uslubdagi ingliz tilidan o‘zbek tiliga va aksincha tarjima qilingan matn muqobillari va aligner yaratish borasidagi mulohazalaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialda 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2025-yil 20-noyabrdagi 855/01-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy ishning amaliy natijalari loyiha doirasida tayyorlangan lingvistik bilimlar bazasini yaratish hamda shu sohaga doir ilmiy maqolalar tayyorlashda nazariy jihatdan hissa qo‘shgan;
    parallel korpus uchun bilingval leksikon tuzishda tarjima birliklarini morfologik va leksik sathlarda aniqlash orqali ularni til va nutq birligi darajasida kontekstual modullarga ajratishning nazariy asoslari tahlili hamda parallel korpus uchun bilingval leksikon tuzishda tarjima birliklarining kontekstual-leksikografik lingvistik yondashuvga asoslangan lisoniy modeli tahlil natijalardan 2021-2023-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanildi (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2025-yil 16-dekabrdagi 4422/05-2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyaning parallel korpusdan leksikografik tadqiqotlarda metodologiya sifatida foydalanish borasida tavsiflangan ilmiy-nazariy xulosalari mazkur dastur ilovasini yaratish asoslarini ishlab chiqishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish