MirsaidovaMunisa Abdushukurovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarida ayrim jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalarning ahamiyati, kompleks davolash usulini ishlab chiqish», 14.00.11- dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib47

Ilmiy maslahatchi: Ibragimov Sharaf Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi 16.07.2013.Tib.18.01 raqamli ilmiy kengash.

Rasmiy oppenentlar: Yuldashev Muzaffar Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: «Novosibirsk davlat tibiyot universiteti».

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi. ayrim JYOYuI bo‘lgan ayollarda bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarini kompleks davolash usulini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

ilk  bor ayrim jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalar, jumladan, Ur. Urealyticum, Mycoplasma hominis, Chl. Trachomatisning bachadon bo‘yni displaziyasi, eroziyasi va leykoplakiyasi kabi bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarining shakllanishi  va avj olishidagi  o‘rni aniqlangan;

kolposkopik va sitologik tahlillar  asosida bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarining klinik shakllarini JYOYuI bilan birga kelganda ayrim farqlari borligi  isbotlangan;

ilk bor ayrim JYOYuI (ureaplazmoz, xlamidioz) bilan kechuvchi   saraton oldi kasalliklarining bioptatlarida bachadon bo‘yni shilliq qavatida hujayra qatorida sezilarli buzilishlar aniqlangan,  bular yirik yadrooldi xosilalarni paydo bo‘lishi, xujayralarning mitotik aktivligini oshishi, shilliq osti qavati biriktiruvchi to‘qimasini yaqqol dezorganizatsiyasi orqali   morfologik jihatdan asoslangan;   

onkostatik interleykinlar IL-6, IL-8, FNO-ά miqdorini aniqlash orqali hujayrali va gumoral immunitet holati tahliliga ko‘ra JYOYuI bilan birga keladigan saraton oldi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ushbu ko‘rsatkichlarda  chuqur buzilishlarning mavjudligi aniqlangan;

klinik, immunologik, morfologik va sitologik  tekshiruv natijalariga asoslangan holda, an’anaviy davolashga immunokorrektor “Lavomaks” va mahalliy epitelizatsiyani yaxshilovchi dori vositalari – “Depantol” shamchasi va “Farfiun” moyini kompleks yondashib qo‘llab invaziv bo‘lmagan davolash usuli taklif qilingan.

    IV. Tadqiqot natijalanining joriy qilinishi.

Ayollarda JYOYuI bilan kechuvchi bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarini samarali tashxislash va davolash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar “Bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarini klinik-mikrobiologik jihatlari (klinikasi, tashxislash va davolash)” uslubiy qo‘llanmasi asosida sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent shahar Uchtepa va Yashnabod tumani teri-tanosil kasalliklari dispanserlari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 16 yanvardagi 8 N-r/375-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning joriy qilinishi mazkur kasallik bilan kasallangan bemorlarning statsionarda bo‘lish davrini 2-4 kunga qisqartirish imkonini bergan. Ishlab chiqilgan davolash usuli bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarini juda xavfli shakllariga o‘tishini oldini olish va kasallikning qaytalanishini kamaytirish imkonnin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish