Oxunova Go‘zalxon Xamdambek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XXI asr boshlari o‘zbek hikoyalari poetikasi (Isajon Sulton va Normurod Norqobilov ijodi misolida)”, 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil4982.
Ilmiy rahbar: Qosimov Abdug‘opir Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2026.10.06.Fil.10.09.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Nasirov Azimidin Normamatovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XXI asr o‘zbek hikoyalari poetikasiga xos xususiyatlarni Isajon Sulton va Normurod Norqobilov asarlaridagi obraz, nutq shakllari hamda uslubiy o‘ziga xosliklar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hikoya janrida ro‘y berayotgan shakliy va mazmuniy yangilanishlar asosida XXI asr boshlari o‘zbek hikoyalarida qahramon “men”i, uning ruhiy olami tasviri ustuvorlik kasb etgani asoslangan;
Isajon Sulton va Normurod Norqobilov hikoyalarida badiiy obraz va badiiy detalning asar konsepsiyasini ochishdagi imkoniyatlari dalillangan;
hikoyalarda qo‘llangan badiiy nutq shakllari orasida muallif nutqining yaxlitlashtiruvchi asos ekanligi aniqlanib, uning qahramon xarakterini ochib berishdagi funksiyasi kengayganligi isbotlangan;
Normurod Norqobilov hikoyalarida bevosita muallif nutqining ustuvorligi, Isajon Sulton hikoyalarida esa obrazlarning ichki ovoz manerasi birlamchiligi, muallif, qahramon va uchinchi shaxs nutqi bir tizimga solinganligi, har ikki ijodkor uslubida qahramon ruhiyatini ichki va tashqi monologik nutq imkoniyatlari orqali ochib berish ustuvorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XXI asr boshlari o‘zbek hikoyalari poetikasi, Isajon Sulton va Normurod Norqobilov hikoyalarida badiiy nutq va uslub imkoniyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
hikoya janrida ro‘y berayotgan shakliy va mazmuniy yangilanishlar asosida XXI asr boshlari o‘zbek hikoyalarida qahramon “men”i, uning ruhiy olami tasviri ustuvorlik kasb etgani asoslangani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2024-2025-yillarda o‘tkazilgan “Vatan manzumasi” adabiy-ma’rifiy dasturi va “Ma’rifat ulashib” ijodiy loyihasi doirasidagi adabiy-ma’rifiy tadbirlarda, uyushma qoshida tashkil etilgan “Adabiy tanqid kengashi” yig‘ilishlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 26-yanvardagi 127-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy natijalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida zamonaviy o‘zbek hikoyachiligi taraqqiyot tendensiyalarini tahlil etish, yosh ijodkorlar bilan ishlash hamda adabiy jarayonni baholashda ilmiy-nazariy asos sifatida xizmat qilgan;
Isajon Sulton va Normurod Norqobilov hikoyalarida badiiy obraz va badiiy detalning asar konsepsiyasini ochishdagi imkoniyatlari dalillangan xulosa va ilmiy natijalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474, “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli davlat granti loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 30-yanvardagi 04/1-516 son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot o‘zbek tilida yaratilgan milliy adabiyotlarimizda badiiy detalning obraz yaratish vositasi sifatidagi qahramon xarakteri va uning ichki dunyosini ochish, ijtimoiy hayot tasvirini berish kabi badiiy-estetik vazifalariga oid nazariy qoidalar bilan adabiyotshunoslikning rivojlanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan;
hikoyalarda qo‘llangan badiiy nutq shakllari orasida muallif nutqining yaxlitlashtiruvchi asos ekanligi aniqlanib, uning qahramon xarakterini ochib berishdagi funksiyasi kengayganligi, Normurod Norqobilov hikoyalarida bevosita muallif nutqining ustuvorligi, Isajon Sulton hikoyalarida esa obrazlarning ichki ovoz manerasi birlamchiligi, muallif, qahramon va uchinchi shaxs nutqi bir tizimga solinganligi, har ikki ijodkor uslubida qahramon ruhiyatini ichki va tashqi monologik nutq imkoniyatlari orqali ochib berish ustuvorligi dalillangan ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023 yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 30-yanvardagi 04/1-517 son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platformaning ilmiy potensiali boyidi, asr boshida zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining etuk namoyondalari nasridagi nutq poetikasiga doir izlanishla platformaning zamonaviy ilmiy jarayonga moslashish borasidagi imidji oshishida muhim rol o‘ynagan.