Tilavov Muxtor Hasan o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim muasssasalarida psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”. 19.00.05- Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/P237.
Ilmiy maslahatchi: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Muxtorov Erkin Mustafoevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim muasssasalarida psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotini ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim muassasalarida pedagoglar jamoasiga psixologik xizmat ko‘rsatish “pedagog-pedagog”, “pedagog-talaba”, “pedagog-ota-ona”, “pedagog-rahbariyat” munosabatlari tizimidagi emotsional barqarorlik, hamkorlikka intilish shaxsning individual psixologik xususiyatlariga bog‘liq ravishda regressiya, intellektualizatsiya, proeksiya, kompensatsiya mexanizmlarini kuchaytirishiga asoslanib shaxs psixologik himoya mexanizmlarini konstruktivlashtirishga qaratilgan yo‘nalishda tashkil etilishi muhimligi isbotlangan;
pedagoglar jamoasiga psixologik xizmatni tashkil etishda shaxs individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish muhimligiga ko‘ra ta’lim jarayoni sub’ektlarida kommunikativ sifatlarni ichki regulyativ fazilatlarga bog‘liq shakllanishi sintonik muloqotni kuchayishiga olib kelishiga asoslanib “emotsional barqarorlik”ni ta’minlashga qaratilgan integrativ usullarni qo‘llash zarurati isbotlangan;
ta’lim muassasalarida talabalarga psixologik xizmatni tashkil etish uchun o‘quv faoliyatiga ijtimoiy moslashuv shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, ichki o‘quv motivatsiyasi hamda mustaqil fikrlashi shaxsning o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmasini shakllanganligi bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatini barqarorlashtirishga ustuvorlik berishning zarurati isbotlangan;
talabalarga psixologik xizmatni tashkil etishda ta’lim jarayoniga moslashish kauzusli vaziyatlarda muammoni echish, o‘quv motivatsiyasining tashqi va ichki ko‘rinishiga bog‘liq ravishda muammodan qochish pozisiyasining differensial harakterda namoyon bo‘lishi, shaxsdagi mustaqillik hissi esa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishga intilish negizida ifodalanishiga asoslanib shaxs psixologik holati ijtimoiy xususiyat sifatida isbotlangan;
ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tizimi shaxsning kognitiv, emotsional sifatlarini professional rivojlanish ta’sirida barqarorlashtirish, shaxslararo munosabatlarda konstruktiv muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, shaxsning faoliyatdan qoniqqanlik darajasini ichki motivatsiyani kuchaytirish orqali oshirib borish muhimligi tufayli ta’lim sub’ektlaridan “rahbar -o‘rta bo‘g‘in rahbarlari-talaba”, “pedagog-talaba”, “talaba-talaba” munosabatlarining ijtimoiy psixologik xususiyatlariga differensial yondashuvni tadbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ta’lim muasssasalarida psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
ta’lim muassasalarida pedagoglar jamoasiga psixologik xizmat ko‘rsatish “pedagog-pedagog”, “pedagog-talaba”, “pedagog-ota-ona”, “pedagog-rahbariyat” munosabatlari tizimidagi emotsional barqarorlik, hamkorlikka intilish shaxsning individual psixologik xususiyatlariga bog‘liq ravishda regressiya, intellektualizatsiya, proeksiya, kompensatsiya mexanizmlarini kuchaytirishiga asoslanib shaxs psixologik himoya mexanizmlarini konstruktivlashtirishga qaratilgan yo‘nalishda tashkil etilishi muhimligi isbotlangan yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 19-iyundagi PM-369 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-369a-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muasssasalariga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari takomillashtirilgan.
Pedagoglar jamoasiga psixologik xizmatni tashkil etishda shaxs individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish muhimligiga ko‘ra ta’lim jarayoni sub’ektlarida kommunikativ sifatlarni ichki regulyativ fazilatlarga bog‘liq shakllanishi sintonik muloqotni kuchayishiga olib kelishiga asoslanib “emotsional barqarorlik”ni ta’minlashga qaratilgan integrativ usullarni qo‘llash zarurati isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 19-iyundagi PM-369 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-369a-son ma’lumotnomasi). Natijada professor-o‘qituvchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishda shaxs ijtimoiy psixologik xususiyatlarini o‘rnini tadqiq etilgan.
Ta’lim muassasalarida talabalarga psixologik xizmatni tashkil etish uchun o‘quv faoliyatiga ijtimoiy moslashuv shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, ichki o‘quv motivatsiyasi hamda mustaqil fikrlashi shaxsning o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmasini shakllanganligi bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatini barqarorlashtirishga ustuvorlik berishning zarurati isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 19-iyundagi PM-369 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-369a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga psixologik xizmat ko‘rsatishda ularning o‘ziga bo‘lgan munosabatining ahamiyatini tadqiq etilgan.
Talabalarga psixologik xizmatni tashkil etishda ta’lim jarayoniga moslashish kauzusli vaziyatlarda muammoni echish, o‘quv motivatsiyasining tashqi va ichki ko‘rinishiga bog‘liq ravishda muammodan qochish pozisiyasining differensial harakterda namoyon bo‘lishi, shaxsdagi mustaqillik hissi esa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishga intilish negizida ifodalanishiga asoslanib shaxs psixologik holati ijtimoiy xususiyat sifatida isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 19-iyundagi PM-369 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-369a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning hayotiy qiyinchiliklarga qarshi kurashish strategiyasini aniqlash orqali ularga psixologik xizmat ko‘rsatish tamoyillarini tahlil qilingan.
Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tizimi shaxsning kognitiv, emotsional sifatlarini professional rivojlanish ta’sirida barqarorlashtirish, shaxslararo munosabatlarda konstruktiv muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, shaxsning faoliyatdan qoniqqanlik darajasini ichki motivatsiyani kuchaytirish orqali oshirib borish muhimligi tufayli ta’lim sub’ektlaridan “rahbar -o‘rta bo‘g‘in rahbarlari-talaba”, “pedagog-talaba”, “talaba-talaba” munosabatlarining ijtimoiy psixologik xususiyatlariga differensial yondashuvni tadbiq etish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 19-iyundagi PM-369 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-369a-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muasssasalariga psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-psixologik trening dasturlarini ishlab chiqish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.