Raximova E’tibar Rustamovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarning psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/P198.
Ilmiy maslahatchi: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Olimov Laziz Yarashovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Umarova Navbahor Shokirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; To‘ychieva Saodat Meliqo‘zievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarning psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi o‘rganish va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarning tarkibiy qismlariga kommunikativ ustanovkalarning ta’siri natijasida insonlarga nisbatan bilvosita agressiya, shafqatsizlik, negativizm hamda tengdoshlari bilan munosabatlarda salbiy fikrlarning kuchayishi tufayli kommunikatsiya jarayonidagi ijtimoiy-perseptiv xususiyatlarning barqarorlashuvi dalillangan;
shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarning shaxslararo munosabatlarni subektiv baholash tizimi bilan uyg‘unlashuviga ko‘ra, insoniy o‘zaro aloqalardagi keskinlik, begonalashuv, ziddiyatlilik va agressiya kabi qadriyatlar transformatsiyasi ta’sirida intensivlashuvi tufayli kommunikativ sohada psixoemotsional omil ekanligi dalillangan;
kommunikativ faoliyatdagi qiyinchiliklarning shaxs sifatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, muloqotchanlik, o‘zini o‘zi tuta bilish, ekspressivlik, ijtimoiy mardlik va o‘ziga nisbatan ishonch hissining shaxsiy chegaralarni yaratish bilan uyg‘unlashuvi orqali muloqotdagi qiyinchiliklarning shaxsiy-qadriyatli komponentlari ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga psixokorreksion ta’sir ko‘rsatishda motivatsion, qadriyatli, mazmuniy, kognitiv, xulq-atvoriy hamda emotsional-irodaviy tarkibiy qismlarni kuchaytirish zarurligi asoslangan;
shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarning tarkibiy qismlarini integratsiyalash muhimligiga ko‘ra, o‘quv-kasbiy faoliyatga tayyorlashda aksiologik, kognitiv, praksiologik hamda refleksiv-analitik xususiyatlarning ustuvor omil ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarning psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” doirasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarning tarkibiy qismlariga kommunikativ ustanovkalarning ta’siri natijasida insonlarga nisbatan bilvosita agressiya, shafqatsizlik, negativizm hamda tengdoshlari bilan munosabatlarda salbiy fikrlarning kuchayishi tufayli kommunikatsiya jarayonidagi ijtimoiy-perseptiv xususiyatlarning barqarorlashuvi dalillanganligiga oid ma’lumotlar oid xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-martdagi PM 355-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-martdagi PM 10-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarni namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi destruktiv fikrlarni konstruktiv fikrlarga o‘zgarishiga sharoit yaratilgan;
shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarning shaxslararo munosabatlarni subektiv baholash tizimi bilan uyg‘unlashuviga ko‘ra, insoniy o‘zaro aloqalardagi keskinlik, begonalashuv, ziddiyatlilik va agressiya kabi qadriyatlar transformatsiyasi ta’sirida intensivlashuvi tufayli kommunikativ sohada psixoemotsional omil ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-martdagi PM 355-son buyrug‘i bilan “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-martdagi PM 10-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda shaxslararo munosabatlardagi ziddiyatli o‘zaro aloqalarni bartaraf etishga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
kommunikativ faoliyatdagi qiyinchiliklarning shaxs sifatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, muloqotchanlik, o‘zini o‘zi tuta bilish, ekspressivlik, ijtimoiy mardlik va o‘ziga nisbatan ishonch hissining shaxsiy chegaralarni yaratish bilan uyg‘unlashuvi orqali muloqotdagi qiyinchiliklarning shaxsiy-qadriyatli komponentlari ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslanganligiga oid xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-martdagi PM 355-son buyrug‘i bilan “Muloqot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-martdagi PM 10-son ma’lumotnomasi). Natijada insoniy munosabatlardagi qiyinchiliklar shaxs sifatlari bilan uyg‘un rivojlanishining yoshga bog‘liq imkoniyatlari tahlil qilingan;
shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga psixokorreksion ta’sir ko‘rsatishda motivatsion, qadriyatli, mazmuniy, kognitiv, xulq-atvoriy hamda emotsional-irodaviy tarkibiy qismlarni kuchaytirish zarurligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-martdagi PM 355-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-martdagi PM 10-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishning asosiy komponentlarini asoslashga doir ma’lumotlar tizimlashtirilgan;
shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarning tarkibiy qismlarini integratsiyalash muhimligiga ko‘ra, o‘quv-kasbiy faoliyatga tayyorlashda aksiologik, kognitiv, praksiologik hamda refleksiv-analitik xususiyatlarning ustuvor omil ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-martdagi PM 355-son buyrug‘i bilan “Muloqot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-martdagi PM 10-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda muloqotdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan yetakchi komponentlariga asoslanib, shaxs sohasiga korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish