Axmedova Dildora Olimjonovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xotin-qizlar mehnat migratsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”. 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/P214.
Ilmiy maslahatchi: Narbaeva Tanzila Kamalovna, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, akademik; Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi tashqi va ichki mehnat migranti bo‘lgan xotin-qizlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini empirik jihatdan tadqiq etish asosida psixologik reintegratsiyasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi mehnat migratsiyasidagi xotin-qizlarda oilaviy holat omiliga ko‘ra psixologik moslashuv strategiyalarining differensiatsiyasi natijasida oilali ayollarda ichki nazorat va nisbiy barqaror moslashuv, turmushga chiqmaganlarda emotsional diskomfort va eskapizm, beva ayollarda his-tuyg‘ularni bostirish va tashqi boshqarilish, ajrashganlarda empatiya va emotsional o‘zini boshqarish ko‘rsatkichlari ustunligi dalillangan;
tashqi mehnat migranti bo‘lgan xotin-qizlarning yosh omiliga ko‘ra psixoemotsional differensiatsiya tufayli 18-25 yosh guruhida kompensatsiya, boshqarilish va eskapizm, 36-45 yosh guruhida falokatlashtirish, xavfni bo‘rttirish va o‘rganilgan ojizlik, 46-55 yosh guruhida boshqalarni qabul qilmaslik orqali ijtimoiy masofalanish tendensiyalari mavjudligi isbotlangan;
emotsional intellekt va empatiyaning ratsional-regulyativ komponentlari migrant xotin-qizlarning ruhiy farovonligi va adaptatsion ko‘rsatkichlari bilan aloqadorlikda namoyon bo‘lishi natijasida, emotsiyalarni ongli boshqarishning dezadaptatsiya va noadekvat himoya reaksiyalarining pastroq ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
migratsiya parametrlari (hamrohsizlik, noqonuniy mehnat, aldov yoki majburiy motiv) bo‘yicha psixologik dezadaptatsiya va emotsional diskomfort differensial namoyon bo‘lishi natijasida, 4-7 yillik migratsiya muddatida ijtimoiy maqbullikni saqlashga yo‘naltirilgan “giperme’yoriylik” va “yolg‘on” (ijtimoiy maqbul javob berish tendensiyasi) ko‘rsatkichlarining nisbatan yuqori bo‘lishi dalillangan;
tashqi mehnat migrant bo‘lgan xotin-qizlarda «yolg‘izlik», «himoyasizlik va ijtimoiy tayanchning cheklanganligi» sharoitida ijtimoiy maqbullikni saqlash hamda zaiflikni yashirish ehtiyoji kuchayishi tufayli, «yolg‘on va aldash», «ichki emotsional intellekt», «o‘rganilgan ojizlik» psixologik xavfsizlikni saqlashga qaratilgan himoyaviy moslashuv strategiyasi xulq-atvorida shakllanishi natijasida psixoemotsional adaptatsion strategiyalar kompleks komponentlar integratsiyasi asnosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Xotin-qizlar mehnat migratsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari»ni o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tashqi mehnat migratsiyasidagi xotin-qizlarda oilaviy holat omiliga ko‘ra psixologik moslashuv strategiyalarining differensiatsiyasi natijasida oilali ayollarda ichki nazorat va nisbiy barqaror moslashuv, turmushga chiqmaganlarda emotsional diskomfort va eskapizm, beva ayollarda his-tuyg‘ularni bostirish va tashqi boshqarilish, ajrashganlarda empatiya va emotsional o‘zini boshqarish ko‘rsatkichlari ustunligi dalillanganligiga doir takliflardan Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining Fuqarolar migratsiya jarayonlari to‘g‘risida: shaxsiy tajriba, baholash va munosabat» mavzusidagi sotsiologik so‘rovnoma anketasining «B» bloki 1, 2, 3, 4, 5 va 8-savollari hamda ularning javob variantlarini takomillashtirishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2025-yil 15-avgustdagi 01-16/101-son ma’lumotnomasi). Natijada tashqi mehnat migranti bo‘lgan xotin-qizlarning psixoemotsional xususiyatlari tizimlashtirilgan.
tashqi mehnat migranti bo‘lgan xotin-qizlarning yosh omiliga ko‘ra psixoemotsional differensiatsiya tufayli 18-25 yosh guruhida kompensatsiya, boshqarilish va eskapizm, 36-45 yosh guruhida falokatlashtirish, xavfni bo‘rttirish va o‘rganilgan ojizlik, 46-55 yosh guruhida boshqalarni qabul qilmaslik orqali ijtimoiy masofalanish tendensiyalari mavjudligi isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-4-sonli “Xotin-qizlar migratsiyasining sabab va oqibatlari: Turkiya misolida” loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining (2025-yil 18-iyundagi 01-09/3341-son ma’lumotnomasi). Natijada tashqi mehnat migratsiyasida bo‘lgan xotin-qizlarda yosh omili bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlangan;
emotsional intellekt va empatiyaning ratsional-regulyativ komponentlari migrant xotin-qizlarning ruhiy farovonligi va adaptatsion ko‘rsatkichlari bilan aloqadorlikda namoyon bo‘lishi natijasida, emotsiyalarni ongli boshqarishning dezadaptatsiya va noadekvat himoya reaksiyalarining pastroq ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi aniqlanganligiga oid ilmiy natijalar Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-4-sonli “Xotin-qizlar migratsiyasining sabab va oqibatlari: Turkiya misolida” loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining (2025-yil 18-iyundagi 01-09/3341-son ma’lumotnomasi). Natijada migrant xotin-qizlarning ruhiy farovonligi indekslari aniqlashtirilgan;
migratsiya parametrlari (hamrohsizlik, noqonuniy mehnat, aldov yoki majburiy motiv) bo‘yicha psixologik dezadaptatsiya va emotsional diskomfort differensial namoyon bo‘lishi natijasida, 4-7 yillik migratsiya muddatida ijtimoiy maqbullikni saqlashga yo‘naltirilgan “giperme’yoriylik” va “yolg‘on” (ijtimoiy maqbul javob berish tendensiyasi) ko‘rsatkichlarining nisbatan yuqori bo‘lishi dalillanganligiga oid ilmiy natijalar Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-4-sonli “Xotin-qizlar migratsiyasining sabab va oqibatlari: Turkiya misolida” doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining (2025-yil 18-iyundagi 01-09/3341-son ma’lumotnomasi). Natijada xotin-qizlar mehnat migratsiyasining psixosotsial parametrlari tizimlashtirilgan;
tashqi mehnat migrant bo‘lgan xotin-qizlarda «yolg‘izlik», «himoyasizlik va ijtimoiy tayanchning cheklanganligi» sharoitida ijtimoiy maqbullikni saqlash hamda zaiflikni yashirish ehtiyoji kuchayishi tufayli, «yolg‘on va aldash», «ichki emotsional intellekt», «o‘rganilgan ojizlik» psixologik xavfsizlikni saqlashga qaratilgan himoyaviy moslashuv strategiyasi xulq-atvorida shakllanishi natijasida psixoemotsional adaptatsion strategiyalar kompleks komponentlar integratsiyasi asnosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi faoliyatida mehnat migratsiyasi jarayonlarida ishtirok etayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-psixologik holatini baholash, ularning oila va mahalla muhitiga moslashuvini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi mahalla akademiyasining 2026-yil 24-iyundagi 01-03/29-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tashqi mehnat migrant bo‘lgan xotin-qizlarning reintegratsion psixologik profili ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish