Abdurasulov Shovqiddin Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Kreativ iqtisodiyot sharoitida hududlarga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish istiqbollari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6231
Ilmiy rahbar: Ibadullaev Nurali Eshniyazovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yoli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat olib ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.22/2025.27.12.I.01.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: ZARMED universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maqsadi kreativ iqtisodiyot sharoitida hududlarga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish istiqbollariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda 31 ta turizm obektining faoliyatini tashkil etish maqsadida turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun respublika budjetidan 2026-yilda 450 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilish asosida turistlar tashrif buyuruvchi ziyoratgohlar hududlarining funksional jihatdan ajratilgan chegaralarini belgilash va mumkin bo‘lgan hollarda ko‘p qavatli binolarni joylashtirish orqali ularning hududlarini kengaytirish hamda ulardan foydalanish uchun alohida dizayn-kod joriy etishda “Pilgrimage Destination Areas” modelini amaliyotda foydalanishi bo‘yicha afzalliklari dalillangan;
turizm obektlarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali O‘zbekistonga turistlarni jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlardan taklif etiladigan turoperatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismini qoplab berish asosida hududiy turizm boshqarmalarining rasmiy axborot resurslarini autsorsing negizida yuritishni tashkil etish, turizm loyihalari va turistik manzillarning targ‘ibotini tizimli ravishda amalga oshirib borish uchun “Tourist Destination Promotion System” modeli bo‘yicha takliflar asoslangan;
turistik mahsulotlarning loyiha boshqaruvini tashkil etish maqsadida 34 ta turizm obektining master rejasini ishlab chiqish asosida turistik loyihalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud jami maydoni 1 263 gektar bo‘lgan 30 ta istiqbolli er uchastkalarining manzilli ro‘yxatini shaklantirilib, hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish uchun “Enhancing Tourist Convenience” modeli bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish omillarining ta’sirini hisobga olib, xorijiy turistlar soni o‘sish ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kreativ iqtisodiyot sharoitida hududlarga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlarda 31 ta turizm obektining faoliyatini tashkil etish maqsadida turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun respublika budjetidan 2026-yilda 450 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilish asosida turistlar tashrif buyuruvchi ziyoratgohlar hududlarining funksional jihatdan ajratilgan chegaralarini belgilash va mumkin bo‘lgan hollarda ko‘p qavatli binolarni joylashtirish orqali ularning hududlarini kengaytirish hamda ulardan foydalanish uchun alohida dizayn-kod joriy etishda “Pilgrimage Destination Areas” modelidan foydalanish bo‘yicha dalillangan takliflar 2026-yil 30-apreldagi PQ–161-son “2026–2027-yillarda hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 7-sentyabrdagi 02-17/9309-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida ziyorat hududidagi qo‘shimcha xizmatlardan olinadigan jami turistik tushum 38 % ga ko‘paygan;
turizm obektlarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali O‘zbekistonga turistlarni jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlardan taklif etiladigan turoperatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismini qoplab berish asosida hududiy turizm boshqarmalarining rasmiy axborot resurslarini autsorsing negizida yuritishni tashkil etish, turizm loyihalari va turistik manzillarning targ‘ibotini tizimli ravishda amalga oshirib borish uchun “Tourist Destination Promotion System” modelidan foydalanishning afzalliklari bo‘yicha asoslangan takliflar 2026-yil 30-apreldagi PQ–161-son “2026–2027-yillarda hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 7-sentyabrdagi 02-17/9309-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xorijiy turistlar oqimini maqsadli rag‘batlantirish hisobiga har 100 ming qo‘shimcha xorijiy turistik tashrif bo‘yicha turizm xizmatlari eksporti hajmini 41,1 mln AQSh dollariga oshirishga erishilgan;
turistik mahsulotlarning loyiha boshqaruvini tashkil etish maqsadida 34 ta turizm obektining master rejasini ishlab chiqish asosida turistik loyihalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud jami maydoni 1 263 gektar bo‘lgan 30 ta istiqbolli er uchastkalarining manzilli ro‘yxatini shaklantirib, hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish uchun “Enhancing Tourist Convenience” modelidan qo‘llash afzalliklari bo‘yicha asoslangan takliflar 2026-yil 30-apreldagi PQ–161-son “2026–2027-yillarda hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 7-sentyabrdagi 02-17/9309-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi asosida istiqbolli er maydonlarining 55 %ini turistik-tijorat, 20 %ini transport-muhandislik, 15%ini rekreatsiya hamda 10%ini istiqboldagi rivojlanish zonalariga ajratish orqali turizm infratuzilmasini rivojlantirish va investisiya loyihalarini samarali joylashtirish imkoniyati yaratilgan;
hududlarga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish omillarining ta’sirini hisobga olib, xorijiy turistlar sonining o‘sish ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan, hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturlariga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 7-sentyabrdagi 02-17/9309-sonli ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra O‘zbekistonda xorijiy turistlar soni 2026-2030 yillarida o‘rtacha 1,9 barobarga oshishi dalillangan.