Sobirov Bobur Baxtishodovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasida raqobatbardoshlikni oshirishning metodologik asoslari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1182.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy maslahatchi: Alimova Mashhura Toirxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc. 22/2025.27.12.I.01.01
Rasmiy opponentlar: Mansurova Nargiza Shamsidinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahar filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turizm sohasida raqobatbardoshlikni oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizning mavjud turistik resurslar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida mehmonxona, turoperator, restoran va kafe, transport korxonalari raqobatbardoshligini baholash kalkulyatorining tarkibiy komponentlari, ifodalovchi mezon va ko‘rsatkichlar tizimi algoritmi asosida turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subektlarning bozordagi raqobat pozisiyasini kompleks va qiyosiy baholashda “Competitiveness assessment” modelini amaliyotda foydalanish afzalliklari bo‘yicha taklifi dalillangan;
hududlarda turizmni rivojlantirish tamoyillarini targ‘ib qilish, turistlar oqimi va turizmda mavsumiylik muammolarini hal etish maqsadida turizm va mehmondo‘stlik industriyasi subektlari raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan resurslar hajmini “Kaizen modeli” asosida aniqlash va optimallashtirishda “To enhance competitiveness” metodikasi bo‘yicha taklif asoslangan;
hududlarda barqaror turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar sifatini oshirish maqsadida mezo- va makrodarajada turizm sohasi raqobatbardoshligini “benchmarking” va “Z-standartlashtirish” orqali me’yorlashtirish va vaznli indekslash asosida kompleks baholashda “Normalization and weighted indexing” integral usulidan foydalanish bo‘yicha taklif asoslangan;
hududlarda turistik destinatsiyalarning salohiyatini kompleks baholash va samarali boshqarish orqali raqobatbardoshligini oshirish maqsadida turistik destinatsiyaning real va potensial infratuzilmasi, xizmatlar tizimi va turistik oqimlarini yagona raqamli muhitda aks ettiruvchi, sun’iy intellekt asosida prognozlash va ssenariy modellash imkonini beruvchi “Tourism Destination Digital Twin (TDDT)” modelidan foydalanish bo‘yicha taklif asoslangan;
hududlarda turizm infratuzilmasini samarali rivojlantirish maqsadida turizm sohasi raqobatbardoshligini oshirish asosida ta’sir etuvchi omillarning tahlili negizida mamlakatimizga kiruvchi xorijiy turistlar oqimining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
turizm sohasida raqobatbardoshlikning iqtisodiy mohiyati aniqlashtirilib, turizm subektlari va destinatsiyalarining mavjud resurs salohiyati hamda imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga moslashish, barqaror raqobat ustunliklarini shakllantirish, rivojlantirish jarayonlarini o‘zida mujassam etuvchi hamda turizm tizimining mikro-, mezo-, makro- va megadarajalarida namoyon bo‘ladigan kompleks iqtisodiy kategoriya sifatida asoslangan;
turizm sohasida raqobatbardoshlik tadqiqi bo‘yicha Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan 623 ta ilmiy nashrning bibliometrik tahlili asosida yillar kesimida nashriy faollik, nashriy faollikda yetakchi mualliflar, davlatlar, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot tashkilotlari, ilmiy nashrlar hamda ular o‘rtasidagi ilmiy va institutsional hamkorlik aloqalari aks ettirilgan tematik klasterlar xaritasi ishlab chiqilgan;
mezo- va makrodarajada turizm sohasi raqobatbardoshligini baholashning kompleks integral metodikasi asosida hududlar kesimida raqobat ustunliklarini shakllantiruvchi asosiy drayverlar aniqlanib, ularning ta’sir darajasidan kelib chiqqan holda hududiy turizm raqobatbardoshligini oshirish va ustuvor rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar shakllantirilgan;
IRIM (Integrated Real-Time Intelligence Model) asosida mehmonxona xizmatlari bozorida ko‘p manbali real vaqtli narx monitoringi asosida optimal narx belgilashning multiplikativ modeli bo‘yicha ilmiy taklif asoslangan;
“Tourism Destination Digital Twin (TDDT)” modeli asosida turistik destinatsiyalar raqobatbardoshligini manzilli oshirishga xizmat qiluvchi prognoz-ssenariy modellar ishlab chiqilib, real va prognoz ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil qilish asosida optimal boshqaruv qarorlarini shakllantirish hamda muqobil rivojlanish ssenariylarini tanlash mexanizmi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasida raqobatbardoshlikni oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mamlakatimizning mavjud turistik resurslar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida mehmonxona, turoperator, restoran va kafe, transport korxonalari raqobatbardoshligini baholash kalkulyatorining tarkibiy komponentlari, ifodalovchi mezon va ko‘rsatkichlar tizimi algoritmi asosida turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subektlarning bozordagi raqobat pozisiyasini kompleks va qiyosiy baholashda “Competitiveness assessment” modelidan amaliyotda foydalanish afzalliklari bo‘yicha dalillangan taklif 2026-yil 10-yanvardagi “2026–2028-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 3-fevraldagi 02-17/1204-son ma’lumotnomasi). Natijada subektlarning bozordagi raqobat pozisiyasini qiyosiy taqqoslash, raqobat ustunliklari va cheklovchi omillarni belgilash hamda boshqaruv qarorlarini dalillarga asoslangan tarzda qabul qilish imkoniyati 12 foizga oshgan;
hududlarda turizmni rivojlantirish tamoyillarini targ‘ib qilish, turistlar oqimi va turizmda mavsumiylik muammolarini hal etish maqsadida turizm va mehmondo‘stlik industriyasi subektlari raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan resurslar hajmini “Kaizen modeli” asosida aniqlash va optimallashtirishda “To enhance competitiveness” metodikasi bo‘yicha asoslangan takliflar 2026-yil 10-yanvardagi “2026–2028-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 3-fevraldagi 02-17/1204-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm sohasida mutaxassislarga ehtiyojni hisoblash va qayta taqsimlash orqali mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, hududlar va mavsumlar kesimida kadrlar taqchilligini bartaraf etish hamda xizmatlar sifati va raqobatbardoshlikni barqaror yuksaltirish imkoniyati yaratilgan;
hududlarda barqaror turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar sifatini oshirish maqsadida mezo- va makrodarajada turizm sohasi raqobatbardoshligini “benchmarking” va “Z-standartlashtirish” orqali me’yorlashtirish va vaznli indekslash asosida kompleks baholashda “Normalization and weighted indexing” integral usulidan foydalanish bo‘yicha asoslangan taklif Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son “2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 3-fevraldagi 02-17/1204-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlar kesimida raqobat ustunliklarining asosiy drayverlarini ilmiy jihatdan asoslash hamda rivojlantirish strategiyalarini dalillarga asoslangan tarzda ishlab chiqish imkoniyati 2 barobar oshgan ;
hududlarda turistik destinatsiyalarning salohiyatini kompleks baholash va samarali boshqarish orqali raqobatbardoshligini oshirish maqsadida turistik destinatsiyaning real va potensial infratuzilmasi, xizmatlar tizimi va turistik oqimlarini yagona raqamli muhitda aks ettiruvchi, sun’iy intellekt asosida prognozlash va ssenariy modellash imkonini beruvchi “Tourism Destination Digital Twin (TDDT)” modelidan foydalanish bo‘yicha asoslangan taklif 2026-yil 10-yanvardagi “2026–2028-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 3-fevraldagi 02-17/1204-son ma’lumotnomasi). Natijada turistik destinatsiyalar raqobatbardoshligini manzilli oshirish bo‘yicha optimal boshqaruv qarorlari samaradorligini 15 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
hududlarda turizm infratuzilmasini samarali rivojlantirish maqsadida turizm sohasi raqobatbardoshligini oshirish asosida ta’sir etuvchi omillarning tahlili negizida mamlakatimizga kiruvchi xorijiy turistlar oqimining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari 2026-yil 10-yanvardagi “2026–2028-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 3-fevraldagi 02-17/1204-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda barqaror turizmga bo‘lgan talabni aniqlash orqali xorijiy turistlar sonini 2 barobar ko‘paytirish imkoniyati dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish