Nuritdinova Nodira Sirojovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda o‘lkani hududiy tashkil etish va boshqarishning o‘ziga xos jihatlari (K.K.Palenning 1908–1909-yillardagi taftish materiallari asosida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi hamda 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosliklari kesimida
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tar2480
Ilmiy rahbar: Mahmudova Nigora Baratovna – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokirjon Safarovich – tarix fanlari doktori, professor; Almiev Robert Valievich – tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Osiyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlarini senator K.K.Palenning 1908–1909-yillardagi taftish materiallari asosida tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
K.K.Palenning taftish hisobotlari Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv tizimidagi tizimli nuqsonlarni ochib beruvchi manba sifatida tahlil qilinib, general-gubernator, uning yordamchisi, Kengash va Devon o‘rtasida vakolatlarning noaniq taqsimlangani, viloyat va uezd darajasida ma’muriy, polisiya, sud va xo‘jalik vakolatlarining bir shaxs qo‘lida to‘planishi, zemstvo xarajatlarining nomutanosibligi (1904–1906-yillar smetasida o‘lka ma’muriyati binolarini ta’mirlashga 37 foiz, shifoxonalar va ambulatoriyalarga esa 0,6 foiz ajratilgani) hamda viloyat statistika ma’lumotlarining past ishonchliligi boshqaruv samaradorligini pasaytirgan asosiy omillar ekani, Palenning takliflari (general-gubernatorga noib maqomini berish, Kengash vakolatini cheklash, 1892-yilgi shaharlar nizomini joriy etish, o‘lkani Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazmaslik) tubdan islohotni emas, mustamlaka nazoratini kuchaytirishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich “modernizatsiya”ni nazarda tutgani ko‘rsatib berilgan;
taftishning agrar sohadagi materiallari qiyosiy tahlil qilinib, an’anaviy “odat”ga asoslangan suv taqsimoti tizimi (jumladan, Kaspiyorti viloyatida o‘g‘il bolalarni erta uylantirib, er va suv olish amaliyoti) huquqiy noaniqlik, korrupsiya va ijtimoiy tabaqalanishni kuchaytirgani, Palen taklif qilgan yagona suv qonuni loyihasi esa amalga oshmagani, uch viloyatda dehqon xo‘jaliklarini uyma-uy o‘rganish (12 uezd, 29 volost) ma’lumotlari vodiy zonasida ersiz xo‘jaliklar ulushi kamligini (taxminan 1 foiz) va mayda oilaviy xo‘jaliklar ustunligini ko‘rsatgani, biroq dasht va tog‘li hududlarda er taqsimoti boshqacha bo‘lgani sababli “keskin tabaqalanish yo‘q” degan umumlashtirish hududlar kesimida aniqlashtirilishi lozimligi; paxtachilikning kengayishida bozor va mayda oilaviy xo‘jalik omillari bilan bir qatorda davlatning bojxona va soliq siyosati ham hal qiluvchi rol o‘ynagani, uning oqibatida g‘alla maydonlari qisqarib, oziq-ovqat muammosi keskinlashgani asoslab berilgan;
K.K.Palenning ko‘chirish siyosatiga munosabati ikki yoqlama ekani (bir tomondan, “Rus Turkistoni”ni barpo etish g‘oyasiga sodiqlik, ikkinchi tomondan, Ko‘chirish boshqarmasining tartibsiz faoliyati va mahalliy aholining ishlov berilgan erlari tortib olinishi milliy adovat hamda agrar inqirozga olib kelishi haqidagi ogohlantirish) ko‘rsatib bergani, bu ogohlantirish 1916-yilgi qo‘zg‘olon sabablarini tushunish uchun muhim manba ekani asoslangan;
1909-yilgi Toshkent qurultoyi va 1910-yilda nashr etilgan “Shariat moddalari majmuasi”ning yaratilish tarixi, ishtirokchilar tarkibi (mahalliy ma’muriyatdan 15 nafar, sud mahkamasidan 8 nafar, ta’lim mahkamasidan 4 nafar va musulmon huquqshunoslaridan 29 nafar kishi) hamda Palenning ehtiyotkor, “konservativ” yondashuvi tahlil qilinib, majmua mustamlaka davlati uchun huquqiy nazorat vositasi bo‘lgani va shu bilan birga rus islomshunosligining manbaviy bazasini kengaytirgani aniqlangan; ta’lim sohasida mablag‘ va e’tibor asosan rus aholisi bolalariga qaratilgani, mahalliy maktab va madrasalar deyarli nazoratsiz qolgani, jadidlarning yangi usul maktablari haqida hisobotda dastlabki rasmiy ma’lumotlar berilgani hamda Palenning ta’lim tavsiyalari ruslashtirish elementlarini o‘z ichiga olgani ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlarini senator K.K.Palenning 1908–1909-yillardagi taftish materiallari asosida tahlil qilish natijasida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
K.K.Palenning taftish hisobotlari Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv tizimidagi tizimli nuqsonlarni ochib beruvchi manba sifatida tahlil qilinib, general-gubernator, uning yordamchisi, Kengash va Devon o‘rtasida vakolatlarning noaniq taqsimlangani, viloyat va uezd darajasida ma’muriy, polisiya, sud va xo‘jalik vakolatlarining bir shaxs qo‘lida to‘planishi, zemstvo xarajatlarining nomutanosibligi (1904–1906-yillar smetasida o‘lka ma’muriyati binolarini ta’mirlashga 37 foiz, shifoxonalar va ambulatoriyalarga esa 0,6 foiz ajratilgani) hamda viloyat statistika ma’lumotlarining past ishonchliligi boshqaruv samaradorligini pasaytirgan asosiy omillar ekani, Palenning takliflari (general-gubernatorga noib maqomini berish, Kengash vakolatini cheklash, 1892-yilgi shaharlar nizomini joriy etish, o‘lkani Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazmaslik) tubdan islohotni emas, mustamlaka nazoratini kuchaytirishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich “modernizatsiya”ni nazarda tutgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida amaliyotga joriy qilindi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 2-mart sanasidagi 01-33/142-son ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar teletomoshabinlarga XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonning ma’muriy boshqaruviga doir tushunchalarini boyishiga zamin yaratdi.
taftishning agrar sohadagi materiallari qiyosiy tahlil qilinib, an’anaviy “odat”ga asoslangan suv taqsimoti tizimi (jumladan, Kaspiyorti viloyatida o‘g‘il bolalarni erta uylantirib, er va suv olish amaliyoti) huquqiy noaniqlik, korrupsiya va ijtimoiy tabaqalanishni kuchaytirgani, Palen taklif qilgan yagona suv qonuni loyihasi esa amalga oshmagani, uch viloyatda dehqon xo‘jaliklarini uyma-uy o‘rganish (12 uezd, 29 volost) ma’lumotlari vodiy zonasida ersiz xo‘jaliklar ulushi kamligini (taxminan 1 foiz) va mayda oilaviy xo‘jaliklar ustunligini ko‘rsatgani, biroq dasht va tog‘li hududlarda er taqsimoti boshqacha bo‘lgani sababli “keskin tabaqalanish yo‘q” degan umumlashtirish hududlar kesimida aniqlashtirilishi lozimligi; paxtachilikning kengayishida bozor va mayda oilaviy xo‘jalik omillari bilan bir qatorda davlatning bojxona va soliq siyosati ham hal qiluvchi rol o‘ynagani, uning oqibatida g‘alla maydonlari qisqarib, oziq-ovqat muammosi keskinlashgani haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida amliyotga joriy qilindi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 2-mart sanasidagi 01-33/142-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi teletomoshabinlarning XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistondagi boshqaruv tizimi haqidagi bilim va dunyoqarashlarini boyitishga xizmat qildi.
K.K.Palenning ko‘chirish siyosatiga munosabati ikki yoqlama ekani (bir tomondan, “Rus Turkistoni”ni barpo etish g‘oyasiga sodiqlik, ikkinchi tomondan, Ko‘chirish boshqarmasining tartibsiz faoliyati va mahalliy aholining ishlov berilgan erlari tortib olinishi milliy adovat hamda agrar inqirozga olib kelishi haqidagi ogohlantirish) ko‘rsatib bergani, bu ogohlantirish 1916-yilgi qo‘zg‘olon sabablarini tushunish uchun muhim manba ekani to‘g‘risidagi materiallardan 2020–2024-yillarda bajarilgan “OT-F1-2-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexonizmlari” nomli fundamental loyihani bajarishda keng foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2026-yil 21-apreldagi 01-11-05/2967-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriylanishi grantni samarali bajarishda muhim ahamiyat kasb etdi.
1909-yilgi Toshkent qurultoyi va 1910-yilda nashr etilgan “Shariat moddalari majmuasi”ning yaratilish tarixi, ishtirokchilar tarkibi (mahalliy ma’muriyatdan 15 nafar, sud mahkamasidan 8 nafar, ta’lim mahkamasidan 4 nafar va musulmon huquqshunoslaridan 29 nafar kishi) hamda Palenning ehtiyotkor, “konservativ” yondashuvi tahlil qilinib, majmua mustamlaka davlati uchun huquqiy nazorat vositasi bo‘lgani va shu bilan birga rus islomshunosligining manbaviy bazasini kengaytirgani aniqlangan; ta’lim sohasida mablag‘ va e’tibor asosan rus aholisi bolalariga qaratilgani, mahalliy maktab va madrasalar deyarli nazoratsiz qolgani, jadidlarning yangi usul maktablari haqida hisobotda dastlabki rasmiy ma’lumotlar berilgani hamda Palenning ta’lim tavsiyalari ruslashtirish elementlarini o‘z ichiga olgani to‘g‘risidagi materiallardan 2020–2024-yillarda bajarilgan “OT-F1-2-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyihani bajarishda keng foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2026-yil 21-apreldagi 01-11-05/2967-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi grant loyihasining belgilangan maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirishga xizmat qildi.