Butunov Shaymardan Berdiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda majburyatlar hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish”, 08.00.08. - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6530
Ilmiy rahbar: Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Alikulov Abdumo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” (TIQXMMI) Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
korxonalarda majburiyatlar hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra majburiyatlar tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashkilotning o‘tgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan, uning so‘ndirilishi tashkilotda muqarrar iqtisodiy resurslarning chiqib ketishiga yoki yangi majburiyatlarning yuzaga kelishiga olib keluvchi javobgarligi, shuningdek tomonlarning talab qilish huquqlari ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining ishchi schyotlar rejasiga 6730 - “Mehnat ta’tili bo‘yicha baholangan majburiyatlar”, 6740 - “Yil yakunlari asosida rag‘batlantirish bo‘yicha baholangan majburiyatlar”, 6940 - “Kafolatlangan xizmatlar bo‘yicha baholangan majburiyatlar”, 6980 - “Sud nizolari bo‘yicha baholangan majburiyatlar”, 6990 - “Atrof-muhitga etkazilgan zararlar bo‘yicha baholanadigan majburiyatlar” schyotlarini kiritish tavsiya etilgan;
aktivlar va majburiyatlarning balans qiymati va soliq bazalari o‘rtasidagi yuzaga kelgan “soliqqa tortiladigan vaqtinchaliq farqlar” asosida kechiktirilgan foyda solig‘i majburiyatlarini hisoblash hamda o‘tgan yillarga nisbatan oshgan yoki kamaygan, shuningdek to‘liq so‘ndirilishiga oid summalarni buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibi ishlab chiqilgan;
xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqib, buxgalteriya balansining amaldagi shaklining majburiyatlar bo‘limiga 500 - satr “uzoq muddatli savdo kreditorlik qarzlari”, 610 - satr “joriy savdo kreditorlik qarzlari”, 540 - satr “uzoq muddatli nosavdo to‘lanadigan schyotlar”, 650 - satr “joriy nosavdo to‘lanadigan schyotlar”, 580 - satr “uzoq muddatli boshqa moliyaviy majburiyatlar”, 760 - satr “joriy boshqa moliyaviy majburiyatlar”, 710 - satr “foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar”, 800 - satr “baholangan majburiyatlar” nomli alohida satrlarni kiritish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
uslubiy yondashuvga ko‘ra “majburiyatlar” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashkilotning o‘tgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan, uning so‘ndirilishi tashkilotda muqarrar iqtisodiy resurslarning chiqib ketishiga yoki yangi majburiyatlarning yuzaga kelishiga olib keluvchi javobgarligi, shuningdek tomonlarning talab qilish huquqlari ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha taklifi “Moliyaviy hisob asoslari” va “Moliyaviy hisob 1,2” darsliklariga joriy etilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2024-yil 27-noyabrdagi 4-son qarori). Ushbu taklifning darslikka kiritilishi majburiyatlar hisobining nazariy kontseptual asoslarini, jumladan majburiyatlarga moliyaviy hisobot elementi sifatida berilgan ta’rif va tasnifiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining ishchi schyotlar rejasiga 6730 - “Mehnat ta’tili bo‘yicha baholangan majburiyatlar”, 6740 - “Yil yakunlari asosida rag‘batlantirish bo‘yicha baholangan majburiyatlar”, 6940 - “Kafolatlangan xizmatlar bo‘yicha baholangan majburiyatlar”, 6980 - “Sud nizolari bo‘yicha baholangan majburiyatlar”, 6990 - “Atrof-muhitga etkazilgan zararlar bo‘yicha baholanadigan majburiyatlar” schyotlarini kiritish bo‘yicha tavsiyalari “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ, “Qamashi don qabul qilish” MChJ hamda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJlarning hisob siyosatiga joriy qilingan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning 2026 yil 20-maydagi 01-04-1/1472-son, “Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ ning 2026-yil 13-maydagi 85-son, “Qamashi don qabul qilish” MChJ ning 2026 yil 9-martdagi 38-son, hamda Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ ning 2026-yil 15-fevraldagi ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xalqaro standartlarga muvofiq ravishda baholangan majburiyatlarni tan olish, baholash va buxgalteriya schyotlarida aks ettirish orqali haqqoniy axborotlarni olish imkoniyati kengaytirilgan;
aktivlar va majburiyatlarning balans qiymati va soliq bazalari o‘rtasidagi yuzaga kelgan “soliqqa tortiladigan vaqtinchaliq farqlar” asosida kechiktirilgan foyda solig‘i majburiyatlarini hisoblash hamda o‘tgan yillarga nisbatan oshgan yoki kamaygan, shuningdek to‘liq so‘ndirilishiga oid summalarni buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ, “Qamashi don qabul qilish” MChJ hamda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJlarning hisob siyosatiga joriy qilingan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning 2026 yil 20-maydagi 01-04-1/1472-son, “Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ ning 2026-yil 13-maydagi 85-son, “Qamashi don qabul qilish” MChJ ning 2026 yil 9-martdagi 38-son, hamda Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ ning 2026-yil 15-fevraldagi ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida kechiktirilgan soliq majburiyatlari to‘g‘risida shaffof va ishonchli axborotlar olish imkoniyati kengaygan;
xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqib, buxgalteriya balansining amaldagi shaklining majburiyatlar bo‘limiga 500 - satr “uzoq muddatli savdo kreditorlik qarzlari”, 610 - satr “joriy savdo kreditorlik qarzlari”, 540 - satr “uzoq muddatli nosavdo to‘lanadigan schyotlar”, 650 - satr “joriy nosavdo to‘lanadigan schyotlar”, 580 - satr “uzoq muddatli boshqa moliyaviy majburiyatlar”, 760 - satr “joriy boshqa moliyaviy majburiyatlar”, 710 - satr “foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar”, 800 - satr “baholangan majburiyatlar” nomli alohida satrlarni kiritish bo‘yicha taklifi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ, “Qamashi don qabul qilish” MChJ hamda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJlarning hisob siyosatiga joriy qilingan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning 2026 yil 20-maydagi 01-04-1/1472-son, “Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ ning 2026-yil 13-maydagi 85-son, “Qamashi don qabul qilish” MChJ ning 2026 yil 9-martdagi 38-son, hamda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ ning 2026-yil 15-fevraldagi ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xorijiy investorlar, xalqaro fond birjalari hamda xalqaro audit tashkilotlari talablariga muvofiq hisobot taqdim etilishiga erishilgan.