Turaeva Oygul Siroj qizizning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “IVEN texnalogiyasi vositasida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08-Maktabgasha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12539.
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Gulxayo Ixtiyorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘zieva Shaxnoza Mirsaidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi IVEN texnologiyasi vositasida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamlashtirish muhitida IVEN texnologiyasining interaktiv, visual komponentlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali ularning ijtimoiy va kasbiy vazifalarni hal qilish tajribasini rivojlantirishning zaruriyati ilmiy asoslangan;
IVEN texnologiyasiga asoslangan bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlash modeli kasbiy mahoratni rivojlantirishda ixtirochilik vazifalarini echish bosqichlarini reflektiv yondashuv bilan integratsiyalash natijasida ularning mustaqil ta’lim faoliyatini boshqarish, kreativ pedagogik qaror qabul qilish, kasbiy moslashuvchanlik, innovatsion faoliyat yuritish va uzluksiz o‘zini rivojlantirishini ta’minlovchi pedagogik mexanizmni joriy etish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tizimi ixtirochilik vazifalarini echishga qaratilgan "Sehrli guruh", "Bir muammo – besh echim", "Kelajak tarbiyachisi", "Kreativ tarbiyachi", "IVEN laboratoriyasi"kabi mualliflik loyihalarini bajarish orqali o‘z-o‘zini rivojlantirish, kreativ faoliyat olib borish, kasbiy mahoratni integratsiyalash, motivatsiyon faoliyatga moslashish talablari assosida takomillashtirilgan;
IVEN texnologiyasiga asoslangan bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantiruvchi metodika talabalarning kasbiy mahoratini “kreativ lider”, “innovatsion ijrochi”, “faol izlanuvchi” va “boshlang‘ich adaptant” rivojlanish darajalari bo‘yicha kompleks monitoring qilish mexanizmi hamda interaktiv ta’lim topshiriqlari, TRIZ asosidagi muammoli vazifalar, loyiha ishlari integratsiyasiga asoslangan “IVEN asosida kasbiy mahorat” nomli 3 kunlik maxsus o‘quv kursi dasturini ta’lim jarayoniga joriy etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. IVEN texnologiyasi vositasida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamlashtirish muhitida IVEN texnologiyasining interaktiv, visual komponentlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali ularning ijtimoiy va kasbiy vazifalarni hal qilish tajribasini rivojlantirishning zaruriyati ilmiy asoslangan xulosa va takliflardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil, 11-oktabrdagi №01/4-4845-sonli ma’lumotnoma). Natijada, oliy ta’limda 60110200-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish jarayonida IVEN texnologiyasidan samarali foydalanish mazmuni muayyan darajada takomillashtirilishiga erishilgan;
IVEN texnologiyasiga asoslangan bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlash modeli kasbiy mahoratni rivojlantirishda ixtirochilik vazifalarini echish bosqichlarini reflektiv yondashuv bilan integratsiyalash natijasida ularning mustaqil ta’lim faoliyatini boshqarish, kreativ pedagogik qaror qabul qilish, kasbiy moslashuvchanlik, innovatsion faoliyat yuritish va uzluksiz o‘zini rivojlantirishini ta’minlovchi pedagogik mexanizmni joriy etish orqali takomillashtirilgan tavsiyalar asosida 60110200-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 30-iyundagi 02/01-01-248-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu o‘quv qo‘llanma IVEN texnologiyasi asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga asoslangan ijodiy dars namunalari, tafakkurni rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlar bilan mazmunan boyitilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tizimi ixtirochilik vazifalarini echishga qaratilgan "Sehrli guruh", "Bir muammo – besh echim", "Kelajak tarbiyachisi", "Kreativ tarbiyachi", "IVEN laboratoriyasi"kabi mualliflik loyihalarini bajarish orqali o‘z-o‘zini rivojlantirish, kreativ faoliyat olib borish, kasbiy mahoratni integratsiyalash, motivatsiyon faoliyatga moslashish talablari assosida takomillashtirilgan takliflar asosida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil, 11-oktabrdagi №01/4-4845-sonli ma’lumotnoma). Natijada, o‘quv tarbiya jarayonida IVEN texnologiyasidan foydalanishda bo‘lajak tarbiyachilarda ijodiy mehnatni tashkil etish bo‘yicha treninglar tashkil etish orqali ular uchun muhim bo‘lgan ijodiy faoliyat yuritish kompetentligi darajasi oshishiga erishilgan;
IVEN texnologiyasiga asoslangan bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantiruvchi metodika talabalarning kasbiy mahoratini “kreativ lider”, “innovatsion ijrochi”, “faol izlanuvchi” va “boshlang‘ich adaptant” rivojlanish darajalari bo‘yicha kompleks monitoring qilish mexanizmi hamda interaktiv ta’lim topshiriqlari, TRIZ asosidagi muammoli vazifalar, loyiha ishlari integratsiyasiga asoslangan “IVEN asosida kasbiy mahorat” nomli 3 kunlik maxsus o‘quv kursi dasturini ta’lim jarayoniga joriy etish orqali takomillashtirilgan tavsiyalar asosida “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 30-iyundagi 02/01-01-248-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu o‘quv qo‘llanma IVEN texnologiyasi asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga asoslangan ijodiy dars namunalari, tafakkurni rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlar bilan mazmunan boyitilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish