Qo‘ziboev Sherali Tursunalievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda fizikadan laboratoriya ishlarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4496.
Ilmiy maslahatchi: Begmatova Dilfuza Abdullajonovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.FM.19.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismanova Odinaxon Tulkinboevna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika fanidan laboratoriya ishlarini pedagogik dasturiy vositalar, virtual laboratoriya va interaktiv simulyasiyalar asosida takomillashtirish hamda o‘quvchilarning o‘quv eksperimenti bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va eksperimental kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan metodikani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini pedagogik dasturiy vositalar va interaktiv simulyasiyalar vositasida tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari rivojlantirish, visual modellashtirish hamda o‘quvchilarning eksperimental kompetensiyalarini shakllantirish, mantiqiy operatsiyalarni rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
Fizika fanidan mashg‘ulotlarni o‘tkazishning elektron didaktik tizimi virtual laboratoriya platformalari, interaktiv simulyasion modellar va o‘quvchilarning eksperimental faoliyatini bosqichma-bosqich diagnostika qilish komponentlarini integratsiyalash tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlari muammoli vaziyatlarni o‘quv amaliyotida qo‘llash va samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
Pedagogik dasturiy vositalar yordamida o‘quvchilarning eksperimental kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik modelini tashkiliy bloki integrativ yondashuv tamoyillarini hisobga olish orqali talabalarda mantiqiy taffakurni rivojlantirish metodlarini adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
Fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi virtual laboratoriya muhitida fizik jarayonlarni modellashtirish, mustaqil o‘quv eksperimentlarini loyihalash hamda olingan natijalarni kvalimetrik mezonlar asosida tahlil qilish, hamda refleksiv-monitoring bosqichlarida mantiqiy taffakur komponentlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik dasturiy vositalar yordamida umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda fizikadan laboratoriya ishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini pedagogik dasturiy vositalar va interaktiv simulyasiyalar vositasida tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari rivojlantirish, visual modellashtirish hamda o‘quvchilarning eksperimental kompetensiyalarini shakllantirish, mantiqiy operatsiyalarni rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan respublikadagi barcha umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 04.11.2024 yildagi 01/11-5-910-son ma’lumotnomasi) Natijada umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarning fizika fanini o‘rganishga oid motivatsiyasi rivojlantirilgan.
Fizika fanidan mashg‘ulotlarni o‘tkazishning elektron didaktik tizimi virtual laboratoriya platformalari, interaktiv simulyasion modellar va o‘quvchilarning eksperimental faoliyatini bosqichma-bosqich diagnostika qilish komponentlarini integratsiyalash tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlari muammoli vaziyatlarni o‘quv amaliyotida qo‘llash va samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan respublikadagi barcha umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 04.11.2024 yildagi 01/11-5-910-son ma’lumotnomasi) Natijada fizika labaratoriya mashg‘ulotlarini pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib o‘qitishda didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan.
Pedagogik dasturiy vositalar yordamida o‘quvchilarning eksperimental kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik modelini tashkiliy bloki integrativ yondashuv tamoyillarini hisobga olish orqali talabalarda mantiqiy taffakurni rivojlantirish metodlarini adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan respublikadagi barcha umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 04.11.2024 yildagi 01/11-5-910-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik dasturiy vositalar yordamida umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika laboratoriya mashg‘ulotlarini rivojlantirish modeli amaliyotga joriy qilingan;
Fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi virtual laboratoriya muhitida fizik jarayonlarni modellashtirish, mustaqil o‘quv eksperimentlarini loyihalash hamda olingan natijalarni kvalimetrik mezonlar asosida tahlil qilish, hamda refleksiv-monitoring bosqichlarida mantiqiy taffakur komponentlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga takliflar Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasida efirga uzatilgan “Hayrli kun”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Yoshlar vaqti” kabi dasturlar uchun ssenariylarni tayyorlashda amaliyotga joriy etildi. Ushbu dasturlarni tayyorlashda metodik takliflar va tavsiyalar, shuningdek, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi pedagogik yondashuvlar qo‘llanildi (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 26.05.2023 yildagi № 01-02/116 ma’lumotnomasi) Natijada umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rivojlantirish metodikasi amaliyotga joriy qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish