Djabborova Adolatxon Kazakbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm vohasi me’moriy yodgorliklarida belgi va ramzlarning ifodalanishi (tarixiy-etnologik tadqiqot) 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1509.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumaniyozova Mamlakat Tojievna
tarix fanlari doktori, professori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori, professor; Doniyorov Alisher Xudoyberdievich
tarix fanlari doktori, professori.
Yetakchi tashkilot nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazm vohasi me’moriy yodgorliklarida belgi va ramzlarning ifodalanish xususiyatlarini aniqlash, ularning semantik, semiotik va etnografik mazmunini kompleks tahlil qilish hamda mazkur ramzlarning mahalliy madaniy an’analar va islomiy dunyoqarash bilan bog‘liq tizimini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazm vohasi tarixiy-me’moriy yodgorliklaridagi belgi va ramzlar ilk bor kompleks tarzda – manbashunoslik, tarixshunoslik, semantik, semiotik va etnografik yondashuvlar uyg‘unligida tadqiq etildi hamda ularning yaxlit ramziy tizim sifatida shakllangani ilmiy asoslandi;
Xorazm me’moriy yodgorliklarida qo‘llanilgan kosmologik, geometrik, o‘simlik, zoomorfik, antropomorfik, rang va kalligrafik ramzlar tasniflanib, ularning ma’nosi mahalliy madaniy an’analar va islomiy dunyoqarash bilan bog‘liq holda semantik va semiotik jihatdan tahlil qilindi;
Islomiy epigrafik bezaklar ilk bor faqat diniy matn sifatida emas, balki himoyaviy, mafkuraviy va fazoviy ramz sifatida talqin qilinib, ularning me’moriy makondagi joylashuvi ramziy ma’no kasb etishi isbotlandi;
Ichonqal’a muzey-qo‘riqxonasi turar-joylarida saqlanib qolgan narsa-predmet ramzlari xalq tabobati, etnografik e’tiqodlar va maishiy tasavvurlar bilan bog‘liq muhim ilmiy manba sifatida muomalaga kiritildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi me’moriy yodgorliklarida belgi va ramzlarning ifodalanishi tarixini mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Xorazm vohasi tarixiy-me’moriy yodgorliklaridagi belgi va ramzlar ilk bor kompleks tarzda – manbashunoslik, tarixshunoslik, semantik, semiotik va etnografik yondashuvlar uyg‘unligida tadqiq etildi hamda ularning yaxlit ramziy tizim sifatida shakllangani ilmiy asoslanganlik borasida tadqiqotda chiqarilgan xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 04-martdagi 03-12-20-1383-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar Xorazm vohasi me’moriy yodgorliklari tarixini aniq dalillar asosida tushunish va o‘zbek xalqining tarixi va madaniyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan uslubiy qo‘llanmalar hamda targ‘ibot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan;
Xorazm me’moriy yodgorliklarida qo‘llanilgan kosmologik, geometrik, o‘simlik, zoomorfik, antropomorfik, rang va kalligrafik ramzlar tasniflanib, ularning ma’nosi mahalliy madaniy an’analar va islomiy dunyoqarash bilan bog‘liq holda semantik va semiotik jihatdan tahlil qilinganligi to‘g‘risidagi xulosalardan respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 04-martdagi 03-12-20-1383-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi yoshlarda tarixni puxta o‘rganish va undan saboq chiqarish, ularda Vatanga muhabbat hissini uyg‘otishga xizmat qilgan;
Islomiy epigrafik bezaklar ilk bor faqat diniy matn sifatida emas, balki himoyaviy, mafkuraviy va fazoviy ramz sifatida talqin qilinib, ularning me’moriy makondagi joylashuvi ramziy ma’no kasb etishi isbotlanganlik haqidagi materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradio-kompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Tarix ko‘zgusi” “Etti rang” nomli ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston 24” telekanalining 2026-yil 3-martdagi 05-09-352-sonli dalolatnomasi). Natijada, bu ma’lumotlar xalqimizning ma’naviy ildizlarini mustahkamlashda va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
Ichonqal’a muzey-qo‘riqxonasi turar-joylarida saqlanib qolgan narsa-predmet ramzlari xalq tabobati, etnografik e’tiqodlar va maishiy tasavvurlar bilan bog‘liq muhim ilmiy manba sifatida muomalaga kiritilgan qarashlaridan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 04-martdagi 03-12-20-1383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu borada chiqarilgan xulosalar madaniy-tarixiy merosni o‘rganish va tadqiq qilish borasidagi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni hayotga tadbiq qilish jarayonida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan.