Karaketova Dilnoza Yuldashevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat subekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari” mavzusidagi, 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Yu362
Ilmiy rahbar: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc07/2025.27.12.Yu.01.04
Rasmiy opponentlar: Toshpulatov Akrom Ikromovich – yuridik fanlari doktori, dotsent; Rasulev Abdulaziz Karimovich – yuridik fanlari doktori, professor; Ermashev Jengis Maratovichlar – yuridik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat sub’ekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlarini ochib berish, ularning o‘ziga xos belgilarini aniqlash, jinoyat sub’ekti fakultativ belgilarini tizimlashtirish, ushbu belgilarning mazmuni-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish, fakultativ belgilarning jazo tayinlashdagi ahamiyatini o‘rganish, jinoyat sub’ektlari doirasini kengaytirishga oid yangi ilmiy farazlarni ilgari surish, qonunni qo‘llash amaliyotini, jinoyat qonuni normalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatlarining ijtimoiy xavfliligi, undan kelib chiqadigan oqibatlarning hususiyatidan kelib chiqib, ushbu jinoyat uchun sub’ektining javobgarlik yoshini 14 yoshdan belgilash lozimligi asoslangan;
voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarni sodir qilgan, voyaga etmaganlar tasviridan foydalanib, pornografik mahsulotlarni tayyorlagan, tarqatgan, shuningdek, voyaga etmaganlarni jalb qilgan holda qo‘shmachilik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish zarurligi asoslangan;
transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan holatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish lozimligi asoslangan;
shaxsning jinoyat sub’ektiga aylanishining oldini olishda mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yaqin qarindoshlar va voyaga etmaganlar o‘rtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilishi, balki bunda keng jamoatchilik, shu jumladan deputatlarning ham faol ishtirok etishi, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish lozimligi asoslangan;
mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etishni jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qonunda belgilash lozimligi asoslangan;
takroran va xavfli retsidivistlar tomonidan yoki juda ko‘p miqdorda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llamaslik lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat sub’ekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish natijalari asosida:
oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatlarining ijtimoiy xavfliligi, undan kelib chiqadigan oqibatlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda javobgarlikni 14 yoshdan belgilash haqidagi takliflaridan 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonunning 3-moddasi 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan o‘zgartirish)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 3.03.2025 yildagi No3/dn-43-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatlarining oldini olish, voyaga etmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek mazkur sohaga oid jinoyat qonunchiligi normalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarni sodir qilganlar, voyaga etmaganlar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni tayyorlagan, tarqatgan shaxslar, voyaga etmaganlarni jalb qilgan holda qo‘shmachilik qilgan shaxslar uchun qonunchilikda javobgarlik kuchaytirilishi lozimligi haqidagi taklifdan 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonunning 3-moddasi 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 58-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan o‘zgartirish)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 3.03.2025-yildagi No3/dn-43-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi voyaga etmaganlar jinsiy daxlsizligi va erkinligining huquqiy himoyasini kuchaytirish, ushbu toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlik samaradorligini oshirish hamda voyaga etmaganlarga nisbatan sodir etiladigan jinsiy jinoyatlarning oldini olishga xizmat qilgan;
transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan holatlarda, bunday shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish kerakligi haqidagi taklifidan 2025-yil 20-fevraldagi “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-1033-sonli Qonunning 1-moddasi 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan 2612-modda)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 3.03.2025-yildagi No3/dn-43-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligiga qarshi huquqbuzarliklarning takroran sodir etilishining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda mazkur qilmish uchun jinoiy javobgarlikning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.;
shaxsning jinoyat sub’ektiga aylanishining oldini olishda mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yaqin qarindoshlar va voyaga etmaganlar o‘rtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarga qarshi kurashishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki keng jamoatchilik, shu jumladan deputatlarning ham faol ishtirok etishi, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlash haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 16-martdagi 1859-V/KQ-326-V-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan 2026–2028 yillar davomida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yaqin qarindoshlar va voyaga etmaganlar o‘rtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 15.09.2026-yildagi №3/dn-207-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi mahallalarni oilaviy ajrimlar va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, yoshlar jinoyatchiligini barvaqt profilaktika qilish, jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etishni jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qonunda belgilash haqidagi takliflaridan 2026-yil 11-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1151-son Qonunning 1-moddasi 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 56-moddasi birinchi qismi «o» bandiga kiritilgan o‘zgartirish)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 16.09.2026-yildagi №3/dn-209-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi shaxsning mastlik yoki psixoaktiv moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish holatlariga huquqiy baho berishni takomillashtirish, jazoni individuallashtirish hamda bunday holatda jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qilgan;
takroran va xavfli retsidivistlar tomonidan yoki juda ko‘p miqdorda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llamaslik haqidagi takliflaridan 2026-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1155-son Qonunning 1-moddasi 1-bandi to‘rtinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 73-moddasi to‘rtinchi qismi “g” bandiga kiritilgan o‘zgartirish)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 16.09.2026-yildagi №3/dn-209-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, retsidiv korrupsiyaviy jinoyatchilikning oldini olish va ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish mexanizmini kuchaytirishga xizmat qilgan.