Mamasaidova Muxabbatxon Abdusalom qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish metodikasi”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1063.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Zokirova Sohiba Muxtoralievna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Boltaeva Mohichexra Jamshid qizi, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning nazariy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari hamda fazoviy tasavvur tushunchasining pedagogik mazmuni fazoviy idrok, vizual-obrazli tafakkur, mental rotatsiya, geometrik tasavvur, makonda mo‘ljal olish, obektlarning shakli, hajmi, joylashuvi va o‘zaro munosabatlarini anglashga doir kognitiv jarayonlarni boshlang‘ich ta’lim mazmuni, yoshga xos bilish imkoniyatlari, amaliy-konstruktiv faoliyat va fanlararo didaktik integratsiya bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari, yoshga doir bilish imkoniyatlari va mazkur jarayonga ta’sir etuvchi omillar o‘quvchilarning sensor-perseptiv tajribasi, diqqat barqarorligi, ko‘rish xotirasi, koordinatsion harakatlari, o‘quv motivatsiyasi, predmetli-amaliy faoliyatga kirishuvchanligi, o‘yinli topshiriqlarni bajarishdagi faolligi hamda o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan ko‘rgazmali, harakatli va muloqotga asoslangan ta’limiy vaziyatlarning o‘zaro ta’sir mexanizmlarini ochib berish orqali ilmiy asoslangan;
fazoviy tasavvurlarni shakllantirishga doir xorijiy va milliy ilmiy-metodik yondashuvlarni qiyosiy tahlil qilish hamda ularning boshlang‘ich ta’lim amaliyoti uchun metodik imkoniyatlari STEAM ta’lim, geometrik materiallar bilan ishlash, grafik faoliyat, konstruksiyalash, modellashtirish, raqamli vizual platformalardan foydalanish, chizma va sxemalarni o‘qish, o‘yin texnologiyalari hamda fanlararo topshiriqlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fazoviy fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik vosita sifatida tizimlashtirish asosida ochib berilgan;
boshlang‘ich ta’limda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, interfaol metodlar, AKT va multimedia vositalarining didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning makonli munosabatlarni idrok etish, yo‘nalish va masofani farqlash, shakl-hajm nisbatlarini anglash, virtual ko‘rgazmalar bilan ishlash, predmetlar joylashuvini tasvirlash hamda amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan ta’limiy vaziyatlar, raqamli resurslar va ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘un qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
vizual-konstruktiv mashqlar, geometrik modellashtirish, o‘yinli topshiriqlar va didaktik materiallarga asoslangan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning metodik tizimi o‘quvchilarda predmet obrazini qayta qurish, shakllarni taqqoslash va guruhlash, sodda maketlar yaratish, fazoviy yo‘nalishlarni belgilash, qismlardan butun hosil qilish, chizma asosida amaliy harakatni bajarish hamda bajarilgan topshiriq natijasini izohlash ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yo‘naltirilgan maqsadli, mazmuniy, protsessual va natijaviy komponentlarni integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarida fazoviy tasavvurlarni shakllantirish metodikasini takomillshtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fazoviy idrok, vizual-obrazli tafakkur, mental rotatsiya, geometrik tasavvur, makonda mo‘ljal olish, obektlarning shakli, hajmi, joylashuvi va o‘zaro munosabatlarini anglashga doir kognitiv jarayonlarni boshlang‘ich ta’lim mazmuni, yoshga xos bilish imkoniyatlari, amaliy-konstruktiv faoliyat va fanlararo didaktik integratsiya bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari hamda fazoviy tasavvur tushunchasining pedagogik mazmuni va boshlang‘ich ta’limdagi didaktik ahamiyatiga doir taklif va tavsiyalar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyurug‘iga asosan №843630 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini aniqlash, baholash va monitoring qilishga xizmat qiluvchi diagnostik mezonlar, ko‘rsatkichlar, darajalar hamda mualliflik topshiriqlari tizimi takomillshtirilgan;
o‘quvchilarning sensor-perseptiv tajribasi, diqqat barqarorligi, ko‘rish xotirasi, koordinatsion harakatlari, o‘quv motivatsiyasi, predmetli-amaliy faoliyatga kirishuvchanligi, o‘yinli topshiriqlarni bajarishdagi faolligi hamda o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan ko‘rgazmali, harakatli va muloqotga asoslangan ta’limiy vaziyatlarning o‘zaro ta’sir mexanizmlarini ochib berish orqali ilmiy asoslangan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari, yoshga doir bilish imkoniyatlari va mazkur jarayonga ta’sir etuvchi omillarga doir taklif va tavsiyalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan ALM-202304076-05 raqamli “Milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasini yaratish” loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 5-dekabrdagi 04/12746-son ma’lumotnomasi). Natijada, fazoviy tasavvurni baholovchi mezonlar aniqlashtirilib, o‘quvchilarning nutqiy-idrokiy jarayonlaridagi buzilishlarni fazoviy fikrlashdagi o‘zgarishlar bilan bog‘lab tahlil qilish imkoniyatigan;
STEAM ta’lim, geometrik materiallar bilan ishlash, grafik faoliyat, konstruksiyalash, modellashtirish, raqamli vizual platformalardan foydalanish, chizma va sxemalarni o‘qish, o‘yin texnologiyalari hamda fanlararo topshiriqlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fazoviy fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik vosita sifatida tizimlashtirish asosida ochib berilgan fazoviy tasavvurlarni shakllantirishga doir xorijiy, MDH va milliy ilmiy-metodik yondashuvlarni qiyosiy tahlil qilish hamda ularning boshlang‘ich ta’lim amaliyoti uchun metodik imkoniyatlariga doir taklif va tavsiyalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan S-PF-125-son shartnomaga muvofiq “Rainbow academy” innovatsion SMART texnologiyalari asosidagi STEAM bog‘cha tashkil etish startap loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 5-dekabrdagi 04/12749-son ma’lumotnomasi). Natijada, fazoviy tasavvurni o‘lchash va rivojlantirishning ilmiy asoslangan interaktiv modeli yaratilgan;
o‘quvchilarning makoniy munosabatlarni idrok etish, yo‘nalish va masofani farqlash, shakl-hajm nisbatlarini anglash, virtual ko‘rgazmalar bilan ishlash, predmetlar joylashuvini tasvirlash hamda amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan ta’limiy vaziyatlar, raqamli resurslar va ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘un qo‘llash asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich ta’limda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, interfaol metodlar, AKT va multimedia vositalarining didaktik imkoniyatlari; o‘quvchilarda predmet obrazini qayta qurish, shakllarni taqqoslash va guruhlash, sodda maketlar yaratish, fazoviy yo‘nalishlarni belgilash, qismlardan butun hosil qilish, chizma asosida amaliy harakatni bajarish hamda bajarilgan topshiriq natijasini izohlash ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yo‘naltirilgan maqsadli, mazmuniy, protsessual va natijaviy komponentlarni integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan vizual-konstruktiv mashqlar, geometrik modellashtirish, o‘yinli topshiriqlar va didaktik materiallarga asoslangan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning metodik tizimiga doir takliflar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyurug‘iga asosan №843630 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fazoviy tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi vizual-konstruktiv mashqlar, geometrik modellashtirish topshiriqlari, o‘yinli vazifalar va didaktik materiallar majmuasi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish