Doniyorova Gulbahor Bobir qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab o‘qituvchilari zamonaviy professiogrammasida pedagogik imij komponentlarini takomillashtirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped11768.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Aripova Malika G‘anisherovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Muqaddas Qaxramonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Suvonova Lobar Islom qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktab o‘qituvchilarining zamonaviy professiogrammasida pedagogik imij komponentlarini tashkiliy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining professiogrammasida pedagogik imij komponentlari o‘qituvchining umumiy madaniyati, verbal ta’sirchanligi, diksiya aniqligi, ishonchliligi va do‘stona munosabat o‘rnata olish qobiliyatlarini kasbiy faoliyatning integrativ shaxsiy-kasbiy xususiyatlari sifatida talqin qilish, ularning simultant va suksessiv ijtimoiy persepsiya jarayonlarida kognitiv hamda hissiy qabul qilinish xususiyatlarini darajalash orqali aniqlashtirilgan;
xorijiy tajribalarda o‘qituvchilar professiogrammasidagi pedagogik imij komponentlarini kasbiy faoliyat doirasida baholash mezonlari va tashkiliy-pedagogik muammolari o‘qituvchining mavjud kasbiy bilim va me’yorlarni qo‘llash, o‘zlashtirilgan tajribani yangi pedagogik vaziyatlarga ko‘chirish hamda innovatsion g‘oya va mualliflik metodlarini yaratish darajalarini ifodalovchi reproduktiv, produktiv va kreativ mezonlarni akademik muhitga tatbiq etish, shuningdek, kasbiy faoliyat samaradorligini ta’lim sifati, individual kasbiy uslub va pedagogik imijning namoyon bo‘lish darajasi bilan bog‘liq holda baholash asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining professiogrammasida pedagogik imij komponentlarini kasbiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik model o‘qituvchining ijtimoiy-pedagogik rivojlanish traektoriyasini motivatsion, faoliyatli-tizimli, idrok-mushohada, refleksiv hamda monitoring-baholovchi bosqichlarda tashkil etish, shaxsiy va kasbiy sifatlarni pedagogik faoliyatning real vaziyatlari bilan bog‘lash hamda o‘qituvchi shaxsi, ta’lim subektlari va jamoat tuzilmalari o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarda ijobiy kasbiy taassurotni barqaror shakllantirish mexanizmlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining professiogrammasida pedagogik imij komponentlarini akademik aspektga bog‘liq holda kasbiy faoliyatning pedagogik-psixologik diagnostika bosqichlari kasbiy harakat natijalarini shaxsiy tajriba bilan qiyosiy baholash, axborotni qabul qilish va talqin etish pozisiyasini aniqlash, istiqboldagi kasbiy rivojlanishni bashoratlash hamda imijeologik produktogenlik invariantlarini korrelyasion tahlil orqali belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosalar, tavsiyalar asosida:
o‘qituvchining umumiy madaniyati, verbal ta’sirchanligi, diksiya aniqligi, ishonchliligi va do‘stona munosabat o‘rnata olish qobiliyatlarini kasbiy faoliyatning integrativ shaxsiy-kasbiy xususiyatlari sifatida talqin qilish, ularning simultant va suksessiv ijtimoiy persepsiya jarayonlarida kognitiv hamda hissiy qabul qilinish xususiyatlarini darajalash orqali aniqlashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining professiogrammasida pedagogik imij komponentlariga oid takliflardan “Pedagogik mahorat” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktabrdagi 387-son buyrug‘iga asosan berilgan 429765 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan didaktik jarayondagi yondashuvlari negizida ularning kasbiy kompetentligi mazmuni hamda uning tarkibiy tuzilmasini belgilash imkoniyatlari kengaytirilgan.
o‘qituvchining mavjud kasbiy bilim va me’yorlarni qo‘llash, o‘zlashtirilgan tajribani yangi pedagogik vaziyatlarga ko‘chirish hamda innovatsion g‘oya va mualliflik metodlarini yaratish darajalarini ifodalovchi reproduktiv, produktiv va kreativ mezonlarni akademik muhitga tatbiq etish, shuningdek, kasbiy faoliyat samaradorligini ta’lim sifati, individual kasbiy uslub va pedagogik imijning namoyon bo‘lish darajasi bilan bog‘liq holda baholash asosida aniqlashtirilgan xorijiy tajribalarda o‘qituvchilar professiogrammasidagi pedagogik imij komponentlarini kasbiy faoliyat doirasida baholash mezonlari va tashkiliy-pedagogik muammolariga oid takliflardan “Ta’lim oluvchilarni psixologik-pedagogik tashxislashda zamonaviy yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 15-sentabrdagi 10-son qaroriga asosan berilgan 118 raqamli nashr ruxsatnomasi ). Natijada, o‘qituvchilar kasbiy-pedagogik faoliyatini baholashning tashkiliy- pedagogik mexanizmlari hamda ushbu faoliyatni takomillashtirish yo‘nalishlari aniqlashtirilgan;
o‘qituvchining ijtimoiy-pedagogik rivojlanish traektoriyasini motivatsion, faoliyatli-tizimli, idrok-mushohada, refleksiv hamda monitoring-baholovchi bosqichlarda tashkil etish, shaxsiy va kasbiy sifatlarni pedagogik faoliyatning real vaziyatlari bilan bog‘lash hamda o‘qituvchi shaxsi, ta’lim subektlari va jamoat tuzilmalari o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarda ijobiy kasbiy taassurotni barqaror shakllantirish mexanizmlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining professiogrammasida pedagogik imij komponentlarini kasbiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik modelga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetining “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 22-sentabrdagi 04/11-18886-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining professiogrammasida pedagogik imij komponentlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan model takomillashtirilgan.
kasbiy harakat natijalarini shaxsiy tajriba bilan qiyosiy baholash, axborotni qabul qilish va talqin etish pozisiyasini aniqlash, istiqboldagi kasbiy rivojlanishni bashoratlash hamda imijeologik produktogenlik invariantlarini korrelyasion tahlil orqali belgilash asosida takomillashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining professiogrammasida pedagogik imij komponentlarini akademik aspektga bog‘liq holda kasbiy faoliyatning pedagogik-psixologik diagnostika bosqichlariga oid takliflar asosida imijeologiya produktogenligi invariantlarini ishlab chiqishga doir g‘oyalar bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktabrdagi 387-son buyrug‘iga asosan berilgan 429765 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’lim muassasalarida kasbiy-pedagogik faoliyat funksiyalari mazmuni o‘qituvchi shaxsi, kasbiy sifatlariga yo‘naltirilgan yondashuvlarga asoslangan faoliyatga xizmat qilishga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish