Dedaxonova Moxira Oltmishboevna

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari (7-9-sinflar misolida)”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8528.
Ilmiy maslahatchi: Raxmatova Xayrixon Ashiralievna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xolmurodov Mamatxon Qo‘chqorovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent; Abdusamiev Dilmurod Abdug‘ani o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-9-sinf o‘quvchilarida internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, internetga qaramlik muammosini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
7–9-sinf o‘quvchilarida internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari – yoshlardagi internetga moyillik darajasi, virtual muhitdagi ijtimoiy faolligi va axborotni qabul qilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha – tarixiy-xronologik yondashuv asosida tizimlashtirilgan;
vertual makonning ta’limiy imkoniyatlari va salbiy ta’sir omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinib, internetdan foydalanishni ongli yondashuv asosida boshqarish hamda pedagogik nazorat mexanizmlarini uyg‘unlashtirishga doir konseptual yondashuv taklif etilgan;
7–9-sinf o‘quvchilarida internetga qaramlikning oldini olish bo‘yicha motivatsion (o‘quvchilarning internetga bo‘lgan ehtiyojini to‘g‘ri yo‘naltirish), kognitiv (internetning o‘quvchilar psixologiyasi va nutq madaniyatiga ta’sirini tushuntirish), xulqiy (xatti-harakatlarni nazorat qilish va sog‘lom internet odatlarini shakllantirish) va refleksiv (o‘z faoliyatini tahlil qilish va baholash) komponentlardan tarkib topgan pedagogik mexanizmlar ishlab chiqilgan;
imitatsion texnologiyalar (trening, debat, ishbilarmonlik va rolli o‘yinlar) asosida 7–9-sinf o‘quvchilarida internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, mezon va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan hamda interfaol metodlarga asoslangan tajriba-sinov texnologiyasining samaradorligi statistik jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘quvchilarda internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari (7-9-sinflar misolida)” bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yoshlar hayotida internetning o‘rni masalasiga doir qarashlar tarixiy xronologik jihatdan tadqiq etilgan holda, ularning amaliyotga tatbiqi tahlil qilinishiga oid xulosalardan IT-75897721-raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” loyihasining 52-bandi – “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 16-dekabrdagi 10/857-sonli dalolatnomasi). Natijada ta’lim jarayonida o‘quvchilarning internetdan oqilona foydalanish ko‘nikmasi mustahkamlangan;
virtual makonning ijobiy va salbiy ta’sir omillarini aniqlash hamda internetni pedagogik jihatdan tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim fan vainovatsiyalar vazirligining 2026-yil 25-apreldagi 57A/O sonli buyrug‘i, 57-010 raqamli guvohnoma). Natijada vertual makonning ta’limiy imkoniyatlari va salbiy ta’sir omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik pedagogik nuqtayi nazardan ongli yondashuv asosida o‘z isbotini topgan;
axborot iste’molida madaniyatni rivojlantirish, ijtimoiy ong va tafakkur madaniyatini yuksaltirishga doir ilmiy nazariy va amaliy tavsiyalardan SJ08032880-raqamli “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil mart va oktabr oylarida efirga uzatilgan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 14-noyabrdagi 05-09-1828-sonli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning axborotga tanqidiy yondashuvi va mediamadaniyati rivojlanishiga xizmat qilgan;
internetga qaramlikni aniqlash va profilaktika qilish mexanizmlari hamda amaliy tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan IL-402104209-raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi — o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 12-noyabrdagi 04/1-5458-sonli ma’lumotnoma). Natijada yoshlarni axborot xurujlaridan himoya qilish, ularning ma’naviy-psixologik barqarorligini ta’minlash hamda sog‘lom axborot muhitini shakllantirishga erishilgan.
7–9-sinf o‘quvchilarida internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirish mezonlari takomillashtirilib, imitatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan amaliyotga joriy etilgan BQ02726423-raqamli O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Respublika ta’lim markazining 2026-yil 29-yanvardagi 01/11-9-64-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 7–9-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari ijobiy natija berib, ishlab chiqilgan nazariy qarashlarning amaliy samaradorligi tasdiqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish