Jabbarova Moxichexra Tulkinjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy konsepsiyasi va ekspozisiyasining shakllanishi”, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (san’atshunoslik).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/San425.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Masharib Saydamatovich, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat san’at muzeyi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash, PhD.13/2025.27.12.San.01.01.
Rasmiy opponentlar: Orifjonova Gulra’no Ravshan qizi, tarix fanlari doktori (DSc); O‘lmasov Akmal Foziljonovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy konsepsiyasi va ekspozisiyasining shakllanish jarayonini hamda Markaz faoliyatining islom sivilizatsiyasi merosini targ‘ib etishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy konsepsiyasining tarixiy jarayonlarni sivilizatsiyalar almashinuvi va madaniy uzviylik nuqtayi nazaridan yaxlit namoyish etishning tarixiylik, tizimlilik, xronologik va mavzuiy izchillik tamoyillariga asoslangan konseptual asoslari ishlab chiqilgan;
Markaz muzeyi fondi va ekspozisiyasini o‘zaro bog‘liq holda shakllantirishning innovatsion ilmiy-ekspozision modeli ishlab chiqilib, unda muzey ashyolarini ilmiy tanlash, ekspertiza qilish, tematik guruhlash va tarixiy manbalar bilan bog‘lash jarayonlarini gologramma, videomapping, immersiv muhit, sun’iy intellekt, AR va VR texnologiyalari bilan integratsiyalash orqali tarixiy-madaniy merosni interpretatsiya qilish hamda muzey kommunikatsiyasi samaradorligini oshirish mexanizmlari asoslangan;
markaz ekspozisiyasining dastlabki 9 bo‘limli mavzuiy tuzilmasidan mazmuniy takrorlanishlarni qisqartirish, tarixiy jarayonlarning ichki mantiqiy izchilligini kuchaytirish hamda ekspozisiyaning asosiy g‘oyalarini yaxlit konseptual tizimda ifodalash imkoniyatlari negizida 5 ta yirik konseptual bo‘limga o‘tish jarayonining islomdan avvalgi va keying davr sivilizatsiyalar evolyusiyasi, Birinchi Renessans va Ikkinchi Renessans davri ilmiy-ma’rifiy tamadduni va “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” konsepsiyasi ilmiy-ekspozision asoslari aniqlangan;
binoning portal, gumbaz, ravoq, epigrafik bezak va ornamental elementlari Markazning ilmiy g‘oyasini tashrif buyuruvchiga etkazuvchi ilmiy-tadqiqot, ta’lim-tarbiya va muzey-ekspozisiya funksiyalarini institutsional jihatdan integratsiyalashgan kommunikativ va interpretatsion yagona tizim sifatida namoyish etuvchi vosita ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy konsepsiyasi va ekspozisiyasining shakllanishi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishidan olingan materiallardan:
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy konsepsiyasida tarixiy jarayonlarni sivilizatsiyalar almashinuvi va madaniy uzviylik nuqtayi nazaridan yaxlit namoyish etishga oid tadqiqot natijalaridan Markaz ekspozisiyalarining ilmiy-konseptual mazmunini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2026-yil 21-sentyabrdagi 05-14/478-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy jarayonlarni tarixiylik, tizimlilik, xronologik va mavzuiy izchillik tamoyillari asosida yoritishga qaratilgan konseptual yondashuvlar amaliyotga joriy etilgan;
Markaz muzeyi fondi va ekspozisiyasini o‘zaro bog‘liq holda shakllantirish, muzey ashyolarini ilmiy tanlash, ekspertiza qilish, tematik guruhlash hamda tarixiy manbalar bilan bog‘lashga oid tadqiqot natijalaridan Markaz ekspozisiyalarining ilmiy-konseptual mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2026-yil 21-sentyabrdagi 05-14/478-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey fondidagi eksponatlarni tarixiy va ilmiy manbalar bilan o‘zaro bog‘liq holda ekspozisiyada namoyish etish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida tarixiy-madaniy merosni interpretatsiya qilishga qaratilgan ilmiy-ekspozision yondashuvlar amaliyotga joriy etilgan;
Markaz ekspozisiyasining dastlabki mavzuiy tuzilmasini takomillashtirish, tarixiy jarayonlarning ichki mantiqiy izchilligini kuchaytirish hamda ekspozisiyaning asosiy g‘oyalarini yaxlit konseptual tizimda ifodalashga oid tadqiqot natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy tadbirlarida hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozisiyalarini targ‘ib etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining 2025-yil 17-iyuldagi 710-son dalolatnomasi). Natijada islom sivilizatsiyasi taraqqiyoti, tarixiy-madaniy rivojlanish bosqichlari hamda “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” konsepsiyasini ekspozision mazmun orqali yaxlit yoritishga qaratilgan ilmiy-metodik yondashuvlar amaliyotga tatbiq etilgan;
Markaz binosining portal, gumbaz, ravoq, epigrafik bezak va ornamental elementlarining ilmiy g‘oyani ifodalashdagi estetik, ramziy va kommunikativ xususiyatlariga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozisiyalarini ilmiy-ma’rifiy targ‘ib etishda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2026-yil 21-sentyabrdagi 05-14/478-son ma’lumotnomasi). Natijada Markazning me’moriy-badiiy echimlari va bezak elementlarining ilmiy g‘oyani tashrif buyuruvchilarga yetkazishdagi kommunikativ va interpretatsion imkoniyatlarini ochib berishga qaratilgan ilmiy-metodik yondashuvlar amaliyotga tatbiq etilgan.