Ishanova Muzaffara Muzaffarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX-XXI asrlardagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi muzeylari: asosiy tarixiy bosqichlari, muammolari va rivojlanish strategiyalari”, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (san’atshunoslik).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/San230.
Ilmiy rahbar: Akilova Kamola Baltabaevna, O‘zBA akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat san’at muzeyi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.13/2025.27.12.San.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Alisher Tursunovich, tarix fanlari doktori, professor; Aripdjanov Otabek Yusupdjanovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX va XXI asrlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi muzeylarning evolyusiyasini har tomonlama ochib berish, ularning rivojlanishining asosiy tarixiy bosqichlarini aniqlash, faoliyat masalalarini tahlil qilish va mintaqa muzey sohasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX–XXI asrlarda Qoraqalpog‘iston muzey ishi tarixiy evolyusiyasi kompleks muzeyshunoslik paradigmalari asosida davrlashtirilib, mintaqadagi turli profildagi to‘qqizta davlat muzeyining institutsional shakllanish va tizimli faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari hamda o‘ziga xos modellari aniqlangan;
Mintaqaviy omillarning muzey fondi strukturasi, ekspozision makon interpretatsiyasi, ilmiy-tadqiqot va madaniy-kommunikativ faoliyat transformatsiyasiga ta’siri interpretatsiya qilinib, davlat muzeylari funksional yo‘nalishlarining komparativ (qiyosiy) va tipologik tavsiflari ilmiy asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy madaniy va tabiiy merosini saqlash, restavratsiya qilish hamda lokal ommalashtirishning yetakchi tendensiyalari ochib berilgan hamda muzey tizimi rivojining davlat madaniy siyosati va strategik dasturlari bilan o‘zaro deterministik (sabab-oqibatli) bog‘liqligi isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston davlat muzeylari faoliyatini modernizatsiya qilish, jumladan, innovatsion ekspozision texnologiyalarni joriy etish, fondlarni raqamlashtirish, atribusiya va ekspertiza ishlarini integratsiyalash hamda muzey marketingini rivojlantirish orqali muzey merosini xalqaro miqyosda ommalashtirishning ilmiy-konseptual strategiyasi (yoki prognozli modelyasiyasi) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “XX-XXI asrlardagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi muzeylari: asosiy tarixiy bosqichlari, muammolari va rivojlanish strategiyalari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishidan olingan materiallardan:
XX–XXI asrlarda Qoraqalpog‘iston muzey ishining tarixiy evolyusiyasini kompleks tahlil qilishga oid tadqiqot natijalari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ko‘rgazmalar zalida qoraqalpoq rassomi S.B. Baybosinovning “Pozitiv” nomli shaxsiy ko‘rgazmasini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 01-17/469-929-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyaning “1960–1980-yillarda Qoraqalpog‘iston muzeylari” bobidagi materiallar asosida Qoraqalpog‘iston muzeylaridagi asarlarni saralash, ularning ilmiy tavsiflarini shakllantirish va ko‘rgazmaga tayyorlash ishlari amalga oshirilgan;
Qoraqalpog‘iston davlat muzeylarining ko‘rgazma va madaniy-kommunikativ faoliyatining mintaqaviy xususiyatlarini aniqlashga oid tadqiqot natijalari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ko‘rgazmalar zalida qoraqalpoq rassomi S.B. Baybosinovning “Pozitiv” nomli shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024-yid 22-iyuldagi 01-17/469-929-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rassom ijodiga oid asarlar saralangan, ularning badiiy tavsiflari, press-reliz va annotatsiya matnlari tayyorlangan, montaj va ekspozisiya tuzilishi amalga oshirilgan hamda ko‘rgazmaning fazoviy-dizayn echimlarini takomillashtirishga oid amaliy natijalarga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining mintaqaviy madaniy va tabiiy merosini saqlash, restavratsiya qilish hamda lokal ommalashtirishning yetakchi tendensiyalari ochib berilgan hamda muzeylarning ko‘rgazma va madaniy-ma’rifiy faoliyatini takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgan; mazkur tadqiqot natijalari Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining ko‘rgazmalar zalida rassom M.B. Ishanovning shaxsiy ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 3-iyuldagi 08-03/1568-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, asarlarning ilmiy tavsiflari tayyorlandi, kuratorlik konsepsiyasi ishlab chiqildi, eksponatlarni yig‘ish, ko‘rgazma dizaynini yaratish hamda axborot va bosma materiallarni tayyorlash ishlari amalga oshirildi va Qoraqalpog‘istonning moddiy va nomoddiy madaniy merosini targ‘ib qilish samaradorligi oshirildi;
Qoraqalpog‘iston davlat muzeylari faoliyatini modernizatsiya qilish, innovatsion ekspozision yondashuvlarni joriy etish hamda muzeylarning ko‘rgazma faoliyatini takomillashtirish orqali muzey merosini ommalashtirishning ilmiy-konseptual strategiyasi ishlab chiqilgan; mazkur tadqiqot natijalari Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining ko‘rgazmalar zalida rassom M.B. Ishanovning shaxsiy ko‘rgazmasini tayyorlashda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 3-iyuldagi 08-03/1568-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaxlit va ilmiy asoslangan ko‘rgazma dizayni yaratildi, rassom ijodiy evolyusiyasining izchil taqdimoti ta’minlandi, axborot va bosma materiallar takomillashtirildi hamda Qoraqalpog‘istonning moddiy va nomoddiy madaniy merosini targ‘ib qilish samaradorligi oshirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish