Yunusxo‘jaev Mustafo Zafarxo‘ja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Najmiddin Kubroning pedagogik qarashlari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6257.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.12.01.
Rasmiy opponentlar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Salaeva Muhabbat Saburovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Najmiddin Kubroning pedagogik qarashlarini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish, uning tasavvufiy-ma’rifiy ta’limotida ilgari surilgan komil inson tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolot, qalb pokligi va ruhiy-ma’rifiy yuksalishga oid g‘oyalarining pedagogik mazmunini aniqlash hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy pedagogikaning aksiologik va antropotsentrik yondashuvlari Najmiddin Kubro qarashlari bilan pedagogik qiyoslanilib, ta’lim jarayonidagi kontseptual determinantlari pedagogik aksiologiya, ma’naviy kompetensiya, metakognitiv rivojlanish va tarbiyaviy paradigmalarning integratsiyasiga asoslanib ularning ta’lim jarayonidagi konseptual g‘oyaviy-mazmuniy, insonparvarlik, o‘zini anglash va baholashga asoslangan omillari aniqlangan;
Najmiddin Kubro ta’limotida inson munosabatlarining pedagogik mexanizmlari shaxsiy namuna, individual yondashuv tamoyillari asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlari didaktik modellashtirish, pedagogik fasilitatsiya, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, refleksiv o‘qitish va kvalimetrik baholash mezonlari uy g‘unligi orqali nazariy-metodik jihatdan Najmiddin Kubro ta’limotidagi insoniy munosabatlarning pedagogik mexanizmlari asoslab berilgan;
Najmiddin Kubroning bilimni egallashga doir qarashlari asosida talabalarning dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi vitagen va transpersonal pedagogik yondashuvlarni integratsiyalash mexanizmlari tajribaviy o‘qitish, kognitiv-faoliyatli yondashuv va refleksiv pedagogika kabi nazariy-metodologik asoslari negizida metodik jihatdan takomillashtirilgan;
zamonaviy ta’lim tizimiga Najmiddin Kubro merosini kiritishga qaratilgan pedagogik strategiya ishlab chiqilib, individual ta’lim traektoriyasini diagnostik-adaptiv asosini shakllantirish, ma’naviy rivojlanish monitoringi va kompetensiyaviy baholashning empirik hamda deterministik omillari kompetensiyaviy yondashuv, ta’lim natijalarini validatsiya qilish hamda pedagogik modellashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Najmiddin Kubro ma’naviy merosida inson tushunchasining pedagogik tahlilini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy pedagogikaning aksiologik va antropotsentrik yondashuvlari Najmiddin Kubro qarashlari bilan pedagogik qiyoslanilib, ta’lim jarayonidagi kontseptual determinantlari pedagogik aksiologiya, ma’naviy kompetensiya, metakognitiv rivojlanish va tarbiyaviy paradigmalarning integratsiyasiga asoslanib ularning ta’lim jarayonidagi konseptual g‘oyaviy-mazmuniy, insonparvarlik, o‘zini anglash va baholashga asoslangan omillari aniqlashga oid tavsiyalardan №F3-2016-0909111822 Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020-yy) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2026-yil 20-iavgustdagi 11-05-4902/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv dasturlari mazmuni takomillashtirilib, pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitishga doir ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan bo‘yitilgan;
Najmiddin Kubro ta’limotida inson munosabatlarining pedagogik mexanizmlari shaxsiy namuna, individual yondashuv tamoyillari asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlari didaktik modellashtirish, pedagogik fasilitatsiya, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, refleksiv o‘qitish va kvalimetrik baholash mezonlari uy g‘unligi orqali nazariy-metodik jihatdan Najmiddin Kubro ta’limotidagi insoniy munosabatlarning pedagogik mexanizmlarini asoslashga oid g‘oyalari va ilmiy-metodik takliflari “Pedagogika tarixi va nazariyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2026-yil 20-iavgustdagi 11-05-4902/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda vitagen va transpersonal yondashuv asosida darslarni tashkil qilishning pedagogik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
Najmiddin Kubroning bilimni egallashga doir qarashlari asosida talabalarning dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi vitagen va transpersonal pedagogik yondashuvlarni integratsiyalash mexanizmlari tajribaviy o‘qitish, kognitiv-faoliyatli yondashuv va refleksiv pedagogika kabi nazariy-metodologik asoslari negizida metodik jihatdan takomillashtirishga oid takliflar "Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi" o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2026-yil 20-iavgustdagi 11-05-4902/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali “ommoviy madaniyat”ni shakllantirishda foydalanilgan;
zamonaviy ta’lim tizimiga Najmiddin Kubro merosini kiritishga qaratilgan pedagogik strategiya ishlab chiqilib, individual ta’lim traektoriyasini diagnostik-adaptiv asosini shakllantirish, ma’naviy rivojlanish monitoringi va kompetensiyaviy baholashning empirik hamda deterministik omillari kompetensiyaviy yondashuv, ta’lim natijalarini validatsiya qilish hamda pedagogik modellashtirish asosida takomillashtirilishiga oid takliflar “Pedagogika tarixi va nazariyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2026-yil 20-iavgustdagi 11-05-4902/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, Najmiddin Kubroning pedagogik qarashlaridan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanishga qaratilgan amaliy-didaktik texnologiya ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq qilingan.