Qarshieva Shoxista Xoliqul qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilida ergativ fe’llarning semantikasi va valentligi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4591.
        Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02.
    Rasmiy opponentlar: Sulaymonova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Davlatova Muhayyo Hasanovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi ergativ fe’llarning tasnifiy, semantik va valentlik xususiyatlarini aniqlash hamda ularning o‘timli va o‘timsiz konstruksiyalarda namoyon bo‘ladigan argument strukturasini ergativ alternatsiya asosida tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidagi ergativ fe’llar tarixiy taraqqiyoti nazariy talqinlari tizimlashtirilib, ularning leksik-sintaktik tabiati (ergativ alternatsiya, argumentlararo munosabati) asosida ularni anakkuzativ, kauzativ va unergativ fe’llardan farqlash mezonlari, ya’ni o‘timli-o‘timsiz konstruksiyalardagi argument munosabati, yagona argumentning semantik-sintaktik maqomi ishlab chiqilgan;
ergativ fe’llarning o‘timlilik va o‘timsizlik xususiyatlari mohiyati, ya’ni o‘timsiz fe’llar (bitta argumentni tanlash), o‘timli fe’llar (ikkita argumentni tanlash) orqali tarkiblanishi va ularning ergativ alternatsiya bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ergativ fe’llarning valentlik xususiyatlari, monovalent va polivalentlik imkoniyatlari sintaktik va semantik argumentlar, fe’lning semantikasi hamda nominativ birliklarning leksik ma’nosiga ko‘ra o‘zgarishi va farqlanishi dalillangan;
ergativ fe’llarni ontologik (substantlarning ichki tabiatiga bog‘liq xususiyatlari), argumentlarining tematik rollari, predikatning konstruktiv-sintaktik realizatsiyasi semantik va kognitiv asos bilan aloqadorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili ergativ fe’llarining semantikasi va valentligi tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tili ergativ fe’llarning tarixiy taraqqiyoti tahlili, lingvistik yondashuvlari asosida ularning leksik-grammatik tavsifini tahlili natijalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 19-noyabrdagi №04/6389-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha doirasida talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda ingliz tili ergativ fe’llarni ontologik (substantlarning ichki tabiatiga bog‘liq xususiyatlari), argumentlarining tematik rollari predikat shakli o‘zgarishi bilan aloqadorligi ochib berilishi borasidagi tadqiqot natijalaridan loyiha doirasidagi “Academic English” kursida samarali qo‘llanilgan.
ingliz tilidagi ergativ fe’llarning semantik va valentlik xususiyatlari, ularning tranzitiv va intranzitiv konstruksiyalarda qo‘llanish imkoniyatlari, semantik rollari, argument tuzilishi hamda subekt va obekt munosabatlarini aniqlashtirishga oid tadqiqot natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 8-sentabrdagi 4/4098-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilidagi ergativ fe’llarning semantik guruhlari, valentlik imkoniyatlari, argument tuzilishi hamda kontekstual qo‘llanish xususiyatlariga oid tadqiqot natijalaridan loyiha doirasida samarali foydalanilgan.
ergativ fe’llarning valentlik xususiyatlari sintaktik va semantik argumentlar o‘rtasida faol fe’l, passiv qism, gerund, nominativ birlik sifatida farqlanish imkoniyatlari borasidagi natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy kengashi hisobot yig‘ilishida, yosh tarjimon to‘garagi va adabiy kechalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 24-oktabrdagi №01-06-/997-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy loyiha ishining mazmuni yangi materiallar va loyiha ishlanmalari bilan boyitildi.
ingliz tilidagi ergativ fe’llarning semantik xususiyatlari, ularning valentlik imkoniyatlari, sintaktik va leksik-semantik o‘ziga xosliklari, shuningdek ergativlik hodisasining zamonaviy tilshunoslikdagi talqini yuzasidan bildirilgan ilmiy fikr va ilmiy yangiliklar, xususan, ingliz tilidagi ergativ fe’llarning o‘timli va o‘timsiz shakllarda qo‘llanilish jihatlari, ularning valentlik xususiyatlari sintaktik va semantik argumentlar o‘rtasida faol fe’l, passiv qism, gerund, nominative birlik sifatida farqlanish imkoniyatlari “Qashqadaryo viloyati teleradiokanali” DMning “Oltin voha” radiosi “Ochiq muloqot” eshittirishi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Qashqadaryo viloyati teleradiokanali” DM 2025-yil 20-dekabrdagi №17-05/197-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy fikr va xulosalar loyiha ishlanmalarining boyitilishiga xizmat qildi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar mazkur loyihani amalga oshirishda va uning bevosita amaliyotda qo‘llanilishiga xizmat qildi.
Qarshi davlat texnika universiteti “60410200–Buxgalteriya hisobi” va “60410600–Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv jarayonida “Xorijiy til” (ingliz tili) fanidan amaliy dars mashg‘uloti jarayonida, mustaqil ta’limni tashkil etish va nazorat savollarini tuzishda “English-Uzbek dictionary of ergative verbs” nomli ingliz-o‘zbek izohli lug‘atidan foydalanilgan (Qarshi davlat texnika universiteti 2025-yil 30-dekabrdagi № 4059 ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish va ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kreativ yondashuvchanligi o‘quv jarayonida samarali natija bergan.
ingliz tili ergativ fe’llari o‘timlilik va o‘timsizlik xususiyatlarining mohiyati, ya’ni o‘timsiz fe’llar (bitta argumentni tanlash), mono o‘timli (ikkita argumentni tanlash), ikki o‘timli (uchta argumentni tanlash) tarkibi bilan bog‘liq vazifalari dissertatsiyaning ilmiy natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida Xalq ta’limi vazirining 2023-yil 18-maydagi 156-son buyrug‘i asosida 2023-2024-yillarda bajarilishi nazarda tutilgan Al-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2025-yil 24-oktabrdagi №03-17-09-982-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy metodik tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qildi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar fundamental loyiha doirasida o‘z aksini topgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish