Sarimova Dildora Soatalievna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Malaka oshirish tizimida kimyo fani o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/Ped1176.
Ilmiy maslahatchi: Ergasheva Malohat Tursunovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Ahadov Ma’mur Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shernazarov Iskandar Ergashovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Smanova Zulayho Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish tizimida umumiy o‘rta ta’lim maktablari kimyo fani o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish tizimida kimyo fani o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari didaktik-tashkiliy, kognitiv-faoliyatli, refleksiv-aksiologik, innovatsion-texnologik va akmeologik yondashuvlarni praksiologik tamoyillar bilan funksional integratsiyalash, o‘qituvchilarning individual kasbiy-metodik ehtiyojlarini diagnostika qilish, metodik bilim va ko‘nikmalarni real dars va laboratoriya-amaliy faoliyatiga transfer qilish hamda uzluksiz refleksiv tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan;
kimyo fani o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish modeli maqsadli, nazariy-metodologik, mazmuniy, tashkiliy-faoliyatli va baholash-natijaviy bloklarning vertikal va gorizontal funksional aloqadorligini ta’minlash, kompetentlik komponentlarini malaka oshirish mazmuni, metodlari, shakllari va baholash vositalari bilan bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish hamda diagnostika – loyihalash – metodik faoliyat – amaliy tatbiq – monitoring – refleksiv korreksiya siklining qayta bog‘lanish mexanizmi asosida takomillashtirilgan;
kimyo fani o‘qituvchilarining metodik kompetentligini baholash mezonlari motivatsion, kognitiv, operatsion-texnologik va refleksiv-loyihaviy komponentlarning kimyo darsini loyihalash bo‘yicha metodik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-praksiologik mezonlari aniqlashtirilib, takomillashtirilgan metodik tizim ishlab chiqilgan;
malaka oshirish jarayonida kimyo fani o‘qituvchilarining nazariy-metodik tayyorgarligi, kasbiy-amaliy ko‘nikmalari, hamkorlikdagi faoliyati va tadqiqotchilik kompetensiyalarini Study – Skill – Social – Exploration ketma-ketligida izchil rivojlantirishga yo‘naltirilgan 3S+1E modeli nazariy bilimni amaliy faoliyat va mustaqil izlanishga transfer qilish mexanizmini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
malaka oshirishda egallangan metodik bilim va ko‘nikmalarni maktab amaliyotiga barqaror va uzluksiz transfer qilishga yo‘naltirilgan “Uchlik tarmoq ta’lim klasteri” tashkiliy-pedagogik mexanizmi pedagogik mahorat markazi treneri – maktab mentori – tinglovchi kimyo o‘qituvchisi o‘rtasidagi metodik hamkorlikni maslahat – kuzatuv – tajriba almashish – amaliy qo‘llash – refleksiv tahlil – teskari aloqa zanjiri asosida tashkil etish, malaka oshirish va maktab amaliyoti o‘rtasidagi metodik uzviylik kasbiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish tizimida kimyo fani o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik natijalar asosida:
malaka oshirish tizimida kimyo fani o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari didaktik-tashkiliy, kognitiv-faoliyatli, refleksiv-aksiologik, innovatsion-texnologik va akmeologik yondashuvlarni praksiologik tamoyillar bilan funksional integratsiyalash, o‘qituvchilarning individual kasbiy-metodik ehtiyojlarini diagnostika qilish, metodik bilim va ko‘nikmalarni real dars hamda laboratoriya-amaliy faoliyatiga transfer qilish, raqamli ta’lim vositalaridan maqsadli foydalanish, kasbiy hamkorlik va refleksiv tahlilga doir amaliy tavsiyalardan “Mahoratli o‘qituvchi – malakali millat: uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi muammo va echimlar”, “Natijaga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’limni joriy etish tendensiyalari” yo‘nalishidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar xulosalari hamda “Metodik marafon” tadbirlari jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazining 2025-yil 23-iyuldagi 01-02/1-388-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo o‘qituvchilarining kasbiy ehtiyojlarini aniqlash, mustaqil ta’lim olish va rivojlanish yo‘nalishini belgilash orqali refleksiv-loyihaviy kompetensiyasi rivojlantirilgan;
kimyo fani o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish modeli maqsadli, nazariy-metodologik, mazmuniy, tashkiliy-faoliyatli va baholash-natijaviy bloklarning vertikal va gorizontal funksional aloqadorligini ta’minlash, kompetentlik komponentlarini malaka oshirish mazmuni, metodlari, shakllari va baholash vositalari bilan bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish hamda diagnostika – loyihalash – metodik faoliyat – amaliy tatbiq – monitoring – refleksiv korreksiya siklining qayta bog‘lanish mexanizminiga doir tavsiyalardan “Kimyo fanining nazariy-ilmiy asoslari”, “O‘qitishning zamonaviy texnologiyalari”, “Kimyo darslarida zamonaviy ta’lim texnologiyalari” modullari tarkibidagi “O‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini baholashda yangicha yondashuvlar”, “Kimyo darslarida XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “Kimyo fanini o‘qitishda so‘rovga asoslangan yondashuv” va “5E yondashuvi” mavzularining o‘quv-uslubiy kontentini tayyorlashda “Kimyo darslarida zamonaviy ta’lim texnologiyalari” nomli darsligidan foydalanilgan.( Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 10-noyabrdagi 03-33-3004-son ma’lumotnoma). Natijada, kimyo o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar, baholash yondashuvlari, inquiry va 5E modeli bo‘yicha metodik bilimlari boyitilgan;
kimyo fani o‘qituvchilarining metodik kompetentligini baholash mezonlari motivatsion, kognitiv, operatsion-texnologik va refleksiv-loyihaviy komponentlarning kimyo darsini loyihalash, laboratoriya-amaliy faoliyatni tashkil etish, raqamli vositalardan metodik foydalanish, tadqiqotga yo‘naltirilgan topshiriqlarni ishlab chiqish hamda pedagogik faoliyatni refleksiv tahlil qilish ko‘rsatkichlari bilan diagnostik muvofiqlashtirish va ularning namoyon bo‘lish darajalarini differensial baholashga doir tavsiyalardan “Kimyo fanidan 3D texnologiyalariga asoslangan interaktiv elektron o‘quv qo‘llanma”ni yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 10-noyabrdagi 03-33-3004-son ma’lumotnoma). Natijada, kimyoviy tajribalar asosida o‘qituvchilarning kognitiv kompetensiyasi rivojlantirilgan;
malaka oshirish jarayonida kimyo fani o‘qituvchilarining nazariy-metodik tayyorgarligi, kasbiy-amaliy ko‘nikmalari, hamkorlikdagi faoliyati va tadqiqotchilik kompetensiyalarini Study – Skill – Social – Exploration ketma-ketligida izchil rivojlantirishga yo‘naltirilgan 3S+1E modeli 4K kompetensiyalari, 7E modeli, tadqiqotga asoslangan ta’lim, muammoli o‘qitish, laboratoriya eksperimenti, mini-tadqiqot va STEM loyihalarini bosqichma-bosqich integratsiyalash hamda nazariy bilimni amaliy faoliyat va mustaqil izlanishga transfer qilish mexanizminiga doir tavsiyalar “Singapur tajribasi asosida tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 10-noyabrdagi 03-33-3004-son ma’lumotnoma). Natijada, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishga bo‘lgan intilishi hamda zamonaviy ta’lim resurslaridan samarali foydalanishga tayyorligi oshgan;
malaka oshirishda egallangan metodik bilim va ko‘nikmalarni maktab amaliyotiga barqaror va uzluksiz transfer qilishga yo‘naltirilgan “Uchlik tarmoq ta’lim klasteri” tashkiliy-pedagogik mexanizmi pedagogik mahorat markazi treneri – maktablar mentori – tinglovchi kimyo o‘qituvchisi o‘rtasidagi metodik hamkorlikni maslahat – kuzatuv – tajriba almashish – amaliy qo‘llash – refleksiv tahlil – teskari aloqa zanjiri asosida tashkil etish, malaka oshirish va maktab amaliyoti o‘rtasidagi metodik uzviylik hamda postkurs kasbiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga doir tavsiyalardan “Kimyo darslarida zamonaviy ta’lim texnologiyalari” nomli o‘quv darsligi mazmunini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil
19-oktyabrdagi 8733-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, kimyo o‘qituvchilarining refleksiv-loyihaviy kompetentligini takomillashtirishga metodik asos yaratilgan.