Jorabekov Timur Kewnimjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalardan foydalanib qoraqalpoq fonetikasini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (sillabemik hodisalar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped11996.
Ilmiy rahbar: Norov Abdisait Muradovich, texnika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabov Mirsalim Elmurzaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Shinnazarova Soadat Jubatxanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tili fonetikasini o‘qitishda raqamli texnlogiyalardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish va oliy ta’lim tizimiga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq tilidagi so‘zlarning fonetik xususiyatlari tizimli ravishda tadqiq etilib, ularning prosodik elementlari hamda sillabik hodisalarini aks ettiruvchi lingvistik modellar ishlab chiqilgan, xususan, bo‘g‘in tuzilishi, urg‘u va ohang kabi prosodik birliklarning o‘zaro munosabati fonetik va fonologik jihatdan tahlil qilinib, ularning konseptual modeli ilmiy asosda ishlab chiqilgan;
qoraqalpoq tilining fonetik qonuniyatlari va fonotaktik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘zbek tilshunosligida ishlab chiqilgan sillabema modeli asosida qoraqalpoq tilidagi polisillabik so‘zlar uchun avtomatik bo‘g‘in ajratish metodlari va algoritmlari modifikatsiya qilingan hamda amaliy tatbiq etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
qoraqalpoq tilining fonetik qoidalariga muvofiq sillabemik hodisalarni modellashtiruvchi interaktiv dasturiy vosita yaratilgan, mazkur dasturiy vositani ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilmiy-metodik asoslar ishlab chiqilgan, fonetik bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi raqamli muhit yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining lisoniy savodxonligini oshirishga, fonetik kompetensiyasi va nutqiy malakalarini rivojlantirishga, qoraqalpoq tili fanini o‘qitish sifatini ta’minlashga xizmat qiladigan raqamli texnologiyalardan ilmiy-amaliy foydalanish orqali qoraqalpoq tili fonetikasini o‘qitish jarayoni takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq fonetikasini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishga oid ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
qoraqalpoq tili fonetikasini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qiladigan “Sillabema platformasi” nomli elektron dastur “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosidagi №413668503576465188 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada qoraqalpoq tili fonetik qoidalariga binoan sillabemik hodisalar uchun interfaol dasturiy vositalar yaratish bo‘yicha talabalarning amaliy bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
qoraqalpoq tili fonetikasini raqamli interaktiv dasturiy vositalar yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladigan “Sillabema platformasi web interfeysi” nomli elektron dastur “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosidagi №413668503576465188 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada qoraqalpoq tili fonetik qoidalariga binoan sillabemik hodisalar uchun interfaol dasturiy vositalar yaratish samaradorligi oshirilgan;
qoraqalpoq tilining fonetik qoidalariga binoan sillabemik hodisalar uchun interaktiv dasturiy vositalar yaratish va raqamli texnologiyalar asosida ta’lim tizimiga tatbiq etish metodlarini takomillashtirishga oid taklif hamda tavsiyalar “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosidagi №413668503576465188 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada fanlarni o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishning metodik va didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga erishilgan;
qoraqalpoq tilidagi nutq tovushlarining fonetik hamda sillabik xossalariga asosan monosillabik va polisillabik so‘zlar aniq tizimga keltirilib, ularni bo‘g‘inga ajratishning lingvistik va lingvo-matematik modellari asosida “Syllables.uz” nomli interaktiv web-ilovani yaratishga oid takliflar “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosidagi №413668503576465188 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talabalarning lisoniy savodxonligini oshirish orqali qoraqalpoq tili fonetikasini o‘qitish samaradorligi ko‘tarilgan;
polisillabik so‘zlarni bo‘g‘inlarga avtomatik ajratishning lingvistik va lingvo-matematik modellari asosida yaratilgan “Syllables.uz” nomli interaktiv dastur va tadqiqot natijasida olingan taklif-tavsiyalar Navoiy davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Qarshi davlat universitetlarida joriy etilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 27-noyabrdagi 11-05-6668/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq fonetikasini raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish orqali talabalarning lisoniy savodxonligini oshirish samaradorligi umumiy holda 13% ga ko‘tarilgan.