To‘lqinova Shoxistaxon Qaxramon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Para taekvondochilarning himoya harakatlari texnikasini takomillashtirish asosida musobaqalarga tayyorlash”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10496.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Lazizbek Azamat o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.    
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa va ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.28/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jumanov Alisher Raxmatqulovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi para taekvondochilarning himoya harakatlari texnikasini takomillashtirish asosida musobaqalarga tayyorlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
para taekvondochilarning jismoniy imkoniyatlarini oshirish uchun, tayyorgarlik jarayonida sog‘lom qo‘lning kompensator imkoniyatlarini maksimal darajada ishga solish evaziga hamda funksional tenglikni ta’minlashga xizmat qiladigan maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga sportchilarning maqsadli harakat faoliyati va moslashuvchanlik imkoniyatlari kengaytirilgan;
para taekvondochilarning zarba yo‘nalishini oldindan anglaydigan, zarbalarni samarali bloklaydigan va qarshi harakatlar orqali himoyalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltiriladigan yangi “moslashtirilgan himoya texnikalari” dasturini ishlab chiqish hisobiga, raqib zarbalarini samarali bartaraf etish hamda himoyaviy natijadorlikni oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
para taekvondochilarning zarba yo‘nalishiga nisbatan tana a’zolarining lokal elastik harakatlarini shakllantiradigan strategik qarshi harakatlar orqali kutilmagan javob zarbasini yo‘naltirish imkonini beruvchi, “Dinamik egiluvchan himoyalar” manyovr harakatlar tizimini ishlab chiqish hisobiga sportchilarning musobaqa vaqtidagi hujumlardan, joyidan siljimasdan tezkor himoyalanish imkoniyatlari takomilashtirilgan;
para taekvondochilarda step harakatlarining texnik aniqligi, bajarilish tezligi, muvozanatning barqarorligi evaziga, sog‘lom qo‘l harakatlari bilan uyg‘unlashgan himoya va hujumga asoslangan javob harakatlarini shakllantirishni ta’minlovchi, individual imkoniyatlarni hisobga oluvchi “Moslashgan qadamlar tezligi” himoya-step texnologiyasini ishlab chiqish evaziga sportchilarning jang davomida yuzaga keladigan kutilmagan hujum holatlardan tezkor qochish va samarali qarshi hujumga o‘tish imkoniyatlari rivolantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi para taekvondochilarning himoya harakatlar texnikasini takomillashtirish takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va pedagogik tajribalarda qo‘llanilgan vosita hamda uslullar bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
para taekvondochilarning jismoniy imkoniyatlarini oshirish uchun, tayyorgarlik jarayonida sog‘lom qo‘lning kompensator imkoniyatlarini maksimal darajada ishga solish evaziga hamda funksional tenglikni ta’minlashga xizmat qiladigan maxsus mashqlar majmuasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon 2-son bolalar sport maktabi mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 13-oktyabrdagi 02-16/10981-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarning harakat faoliyati va moslashuvchanlik imkoniyati 17,5% oshgan;
para taekvondochilarning zarba yo‘nalishini oldindan anglaydigan, zarbalarni samarali bloklaydigan va qarshi harakatlar orqali himoyalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltiriladigan yangi “moslashtirilgan himoya texnikalari” dasturi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Jizzax viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchilarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 13-oktyabrdagi 02-16/10981-son ma’lumotnomasi) Natijada, raqib zarbalarini samarali bartaraf etish va himoyaviy natijadorlikni oshirish imkoniyati 16,8%ga oshgan;
para taekvondochilarning zarba yo‘nalishiga nisbatan tana a’zolarining lokal elastik harakatlarini shakllantiradigan strategik qarshi harakatlar orqali kutilmagan javob zarbasini yo‘naltirish imkonini beruvchi, “Dinamik egiluvchan himoyalar” manyovr harakatlar tizimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani bolalarva o‘smirlar sport maktabi sportchilarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 13-oktyabrdagi 02-16/10981-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarning hujumlardan joyidan siljimasdan tezkor himoyalanish imkoniyatlari 17,9%ga oshgan;
para taekvondochilarda step harakatlarining texnik aniqligi, bajarilish tezligi, muvozanatning barqarorligi evaziga, sog‘lom qo‘l harakatlari bilan uyg‘unlashgan himoya va hujumga asoslangan javob harakatlarini shakllantirishni ta’minlovchi, individual imkoniyatlarni hisobga oluvchi “Moslashgan qadamlar tezligi” himoya-step texnologiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani sport maktabi sportchilarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 13-oktyabrdagi 2025-yil 02-16/10981-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarning jang davomida yuzaga keladigan kutilmagan hujum holatlardan tezkor qochish va samarali qarshi hujumga o‘tish imkoniyatlari 17,5%ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish