Orazov Adilbay Orinbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qoraqalpoq xalq chechanlik so‘zlari (Genezisi. Janriy xususiyati. Poetikasi), 10.00.08. – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Fil5860.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.05/2025.27.12.Fil.l6.01.
Rasmiy opponentlar: Keruenov Turganbay Arazmetovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Allambergenova Inabat Xasanbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq chechanlik so‘zlarining tarixini va janriy xususiyatlarini o‘rganish va ijtimoiy-pragmatik rolini aniqlash, shuningdek, chechanlik so‘zlarining poetik usullari (metafora, epitet, parallelizm va b.) va pragmatik funksiyalarini tavsiflash, kelajakda saqlashga va ilmiy muomalaga kiritishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq chechanlik so‘zlari janriy-tipologik jihatdan mustaqil janr sifatida asoslanib, ular mazmuniy ko‘lamiga ko‘ra chechanlik bag‘ishlov, chechanlik pand-nasihat hamda hakamlik so‘zlari kabi guruhlarga tizimlashtirilgan holda oydinlashtirilgan;
qoraqalpoq chechanlik so‘zlari yangi nazariy nuqtai nazardan xalqning madaniy kodi va an’anaviy huquqiy ong fenomeni, ya’ni ijtimoiy tartibni tartibga soluvchi mexanizm sifatidagi nazariy-ilmiy tushunchasi ochib berilgan;
qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlarning chechanlik so‘zlarining mazmuni va tuzilishining tipologik o‘xshashliklari qiyosiy usulda aniqlanib, ularning bir-biriga xos milliy xususiyatlari oydinlashtirilgan;
qoraqalpoq chechanlik so‘zlarining implitsit va eksplitsit ma’nolari, didaktik sifatlari, ularda qo‘llanilgan allyuziyalar va evfemizmlarning, maqol-matal va topishmoqlarning tinglovchiga ta’sir etish usullari yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qoraqalpoq xalq chechanlik so‘zlari (Genezisi. Janr xususiyati. Poetikasi)” mavzusidagi tadqiqot asosida olingan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
qoraqalpoq chechanlik so‘zlarining janriy-tipologik jihatdan mustaqil janr sifatida e’tirof etilishi, ularning mazmuniga ko‘ra chechanlik bag‘ishlov (hazil-mutoyiba, tanqid qilish, eshittirish), chechanlik pand-nasihat (maqol-matal, masal, topishmoq, savol-javob) va hakamlik so‘zlari (er, xun, mol nizolari) kabi uch asosiy guruhga bo‘lib o‘rganilganligiga oid nazariy xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025 yil “Qoraqalpog‘istonda yashovchi turli millatlarga mansub aholi vakillariga (qoraqalpoq, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman) xos bo‘lgan marosim folklori” Ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 13-maydagi №207/1-son ma’lumotnomasi);
qoraqalpoq xalq chechanlik so‘zlarining janr xususiyatlari, genezisi va poetikasini aniqlashtirishga doir taklif hamda tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi bandlari ijrosini ta’minlashda nazariy-metodologik asos sifatida, jumladan, “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi topshiriqlar doirasida milliy jirovchilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrab-avaylash hamda keng targ‘ib qilishda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 19-fevraldagi 7-03/352-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muallifning ilmiy ishlaridagi yangiliklar o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ma’naviyat darslariga, folklor va etnografiya fani bo‘yicha ma’ruzalar sifatini takomillashtirishga, yoshlarni milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi ta’lim jarayonlariga tatbiq qilindi;
qoraqalpoq xalq chechanlik so‘zlarining genezisi va poetikasiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining qoraqalpoq tilidagi “Assalawma aleykum, Qaraqalpaqstan” va “Doretiwshilik sawbet” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda hamda aholi, ayniqsa, yosh avlod o‘rtasida milliy merosni targ‘ib qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2026-yil 19-fevraldagi 05-22/93-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xalq chechanlik so‘zlarining ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyati, milliy g‘urur va milliy o‘zlikni anglashdagi o‘rni keng jamoatchilikka ilmiy asosda tanishtirilgan.