Jumaev Shuhrat Maxsadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand viloyati sharoitida g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga mahalliy kaliy o‘g‘itining samaradorligini o‘rganish”, 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx8.
Ilmiy rahbar: Oripov Razzoq, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tillabekov Botir Xasanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatining almashinuvchan kaliy bilan o‘rtacha va kam darajada ta’minlangan tipik va o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida mahalliy kaliyli o‘g‘itning maqbul me’yorlarini aniqlash asosida g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati sharoitida almashinuvchan kaliy bilan turlicha ta’minlangan tipik va o‘tloqi-bo‘z tuproqlarida mahalliy kaliyli o‘g‘itni qo‘llash me’yorlari ishlab chiqilgan;
almashinuvchan kaliy bilan kam ta’minlangan tipik bo‘z tuproqlarda N250P175 fonida samarali ta’sir etuvchi kaliyli o‘g‘itni 120-150 kg/ga me’yorining ijobiy ta’siri aniqlangan;
almashinuvchan kaliy bilan o‘rtacha ta’minlangan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarda N250P175 fonida mahalliy kaliyli o‘g‘itni 90–120 kg/ga me’yori qo‘llashning samaradorligi isbotlangan;
«Omad» va «Buxoro-102» navlari bo‘yicha g‘o‘zaning barg soni, ularning assimilyasion yuzasi, ekinlarning fotosintetik potensiali (EFP), fotosintetik sof mahsuldorlik (FSM), fotosintetik aktiv radiatsiya koeffisienti (Kfar)ga kaliy o‘g‘itining ta’siri aniqlangan;
tajribalarda g‘o‘zaning «Omad» va «Buxoro-102» navlarida hosil elementlarining shakllanishi, hosildorligi va tolaning texnologik ko‘rsatkichlariga mahalliy kaliyli o‘g‘iti me’yorlarining ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga mahalliy kaliyli o‘g‘itining samaradorligini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
paxtachilik fermer xo‘jaliklari uchun «Paxtachilikda mahalliy xomashyo asosida olingan kaliyli o‘g‘itni qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 13 maydagi 02/020-136-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
mahalliy kaliyli o‘g‘itini NP fonida gektariga 90-120 kg me’yorida qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyati Payariq va Ishtixon tumanlarida jami 109 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 13 maydagi 02/020-136-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘za hosildorligi o‘rtacha gektariga 33,7–35,4 sentnerni tashkil etgan va 400968–454570 so‘mgacha sof foyda olish taminlangan, rentabellik darajasi 19,7–22,8 foizni tashkil etgan;
NP fonida kaliyli o‘g‘itni gektariga 120–150 kg me’yorida qo‘llash texnologiyasi Pastdarg‘om tumanida jami 59,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 13 maydagi 02/020-136-son ma’lumotnomasi). Natijada tipik bo‘z tuproqlar sharoitida hosildorlik o‘rtacha 32,7–34,8 sentenrni tashkil etgan va 933303–1018979 so‘mgacha sof foyda olishni ta’minlangan hamda rentabellik darajasi esa 19,3–22,2 foizni tashkil etgan.