Sanakulova Barnogul Rizaqulovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash», 08.00.07 – Moliya. Buxgalteriya hisobi (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: iqtisodiyot fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.I33.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: A.V.Vahobov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 16.07.2013.I.31.01.

Rasmiy opponentlar: Sh.A.Toshmatov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; O.K.Iminov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; O.Q.Abduraxmonov, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi – kichik tadbirkorlik sub’ektlari  faoliyatini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish orqali mamlakatimizda erishilayotgan barqaror iqtisodiy o‘sishning uzluksizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

so‘nggi yillarda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha joriy etilgan eng kam me’yoriy miqdorlarning yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiy faoliyatiga ta’sir doirasi baholangan;

joriy etilgan eng kam me’yoriy miqdorlarning yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiy faoliyatiga ta’sir doirasini kamaytirish maqsadida tadbirkorlik faoliyatining dastlabki olti oyi davomida mazkur me’yorlarni qo‘llamaslik bo‘yicha amaliy takliflar asoslab berilgan;

ulgurji va chakana savdoni amalga oshiruvchi savdo korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini unifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar asoslab berilgan;

amaldagi soliqqa tortish tartiblari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kichik tadbirkorlik sub’ektlarida soliq yuki darajasini optimallashtirish bo‘yicha soliq menejmenti tadbirlari ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlanganilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida:

yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarida yagona soliq to‘lovi va yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblashda davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab, olti oy davomida eng kam miqdorlarni joriy etmaslik taklifi soliqqa tortish amaliyotiga tatbiq etilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 5 maydagi №01/4-8511-son dalolatnomasi). Ushbu taklif 2015 yil birinchi chorak ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha yangi tashkil etilgan 17 mingta kichik korxonada qo‘llanilib, qo‘shimcha mablag‘larning mazkur sub’ektlar tasarrufida qoldirilishi va faoliyatlarini rivojlantirish uchun qayta investisiya qilinishiga zamin yaratgan;

ulgurji va chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi savdo korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini unifikatsiya qilish taklifi amaliy faoliyatga joriy etilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 5 maydagi №01/4-8511-son dalolatnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida byudjetga qo‘shimcha mablag‘lar tushishiga hamda ulgurji va chakana savdoni amalga oshiruvchi kichik korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirishga erishilgan;

kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida soliq menejmenti tadbirlarining qo‘llanishi natijasida korxona zimmasidagi soliq yuki darajasi o‘tgan yilga nisbatan 2,5 foizli punktga pasaygan (MChJ shaklidagi «Karmana gips mahsulotlari» O‘zbekiston-Kanada qo‘shma korxonasining 2015 yil 16 apreldagi №5-113-son dalolatnomasi);

«Kichik biznes va tadbirkorlikni soliqqa tortish» fani bo‘yicha darslik oliy ta’lim tizimiga joriy etilgan (ISBN 978-9943-13-478-2).

Yangiliklarga obuna bo‘lish