Qoraboev Turg‘unali Abdujalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bahorgi muddatda ekilgan sabzavot ekinlaridan so‘ng takroriy g‘o‘za parvarishlash texnologiyasi”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1266
Ilmiy rahbar: Nurmatov Norqobil Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/2025.27.12.Qx.14.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Shuxrat Maxsadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Mahmudov O‘tkir Haydarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining o‘tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida turli mineral o‘g‘itlar me’yorlarida oziqlantirilgan bahorgi sabzavot ekinlaridan so‘ng takroriy g‘o‘za parvarishlash texnologiyasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Surxondaryo viloyatining o‘tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlari sharoitida erlardan unumli foydalanib osh lavlagining F1 Boro duragayi, rediskaning F1 Tinto duragayi, kashnichning Orzu navlari turli me’yorlarda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib parvarishlangan maydonlarda ingichka tolali g‘o‘zaning Termiz-202 navidan yuqori hosil etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
bahorgi muddatda ekilgan osh lavlagiga N₁₇₅P₁₇₅K₉₀ kg/ga, rediska N140P160K100 kg/ga va kashnich N60P90K50 kg/ga me’yorda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilganda o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi jadallashib, osh lavlagi ildiz meva hosili 390,0 s/ga, rediska ildiz meva hosili 215,3 s/ga va kashnichning barg hosili 80,0 s/ga olinganligi aniqlangan;
bahorgi muddatda ekilgan osh lavlagiga N₁₇₅P₁₇₅K₉₀ kg/ga, rediska N140P160K100 kg/ga va kashnich N60P90K50 kg kg/ga me’yorda yuqori oziqlanish fonida parvarishlangan maydonlarga g‘o‘za ekilganda nihollar 78,3 - 81,4 - 82,5 % unib chiqqan holda, kam o‘g‘it me’yori qo‘llanilgan variantlarga nisbatan nihollar unib chiqishi 0,3 - 0,6 - 2,0 % ko‘p bo‘lgan hamda o‘sishi, rivojlanishi jadallashib, variantlarga mos holda g‘o‘zaning bo‘yi 2,4 - 3,6 sm ga, hosil bo‘g‘inlar soni 0,1 - 0,2 donaga, ko‘saklar soni 0,2 - 0,3 donaga, shundan ochilgani 1,6 - 2,3 % ga ko‘p bo‘lishi aniqlangan;
bahorgi muddatda ekilgan kashnich yuqori N60P90K50 kg/ga mineral o‘g‘itlar bilan parvarishlangan maydonga takroriy g‘o‘za ekilganda quruq vazni eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, shonalash davrida 10,2 g, gullash davrida 27,3 g, o‘suv davri oxirida poyasi 19,7 g, barglari 20,1 g, chanoqlari 19,3 g, paxta hosili vazni 20,7 g jami quruq vazni 79,8 g ni, barg yuzasi shonalash davrida 30,6 sm2, gullash davrida 141,1 sm2, o‘suv davri oxirida 104,3 sm2 ga oshganligi hamda paxta hosili gektar hisobiga 27,8 s ni tashkil qilib, boshqa variantlarga nisbatan paxta hosili 1,2-6,0 s/ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bahorgi muddatda ekilgan sabzavot ekinlaridan bo‘shagan maydonga ingichka tolali g‘o‘za ekib parvarishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Bahorgi muddatda turli mineral o‘g‘itlar me’yorlarida parvarishlangan kashnichdan so‘ng takroriy g‘o‘za etishtirish texnologiyasi Surxondaryo viloyatida jami 127,0 gektar maydonda jumladan Jarqo‘rg‘on tumani “Abbos AR” fermer xo‘jaligida 23,0 gektar, “Oqalang baraka” fermer xo‘jaligida 22,0 gektar tuman bo‘yicha jami 45.0 gektar maydonga joriy qilindi (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/04 - 04 - 777 - son ma’lumotnomasi). Natijada tumandagi “Abbos AR” fermer xo‘jaligida bahorgi muddatda ekilgan kashnich mineral o‘g‘itlar bilan N60P90K50 kg/ga me’yorda qo‘llanilib parvarishlangan maydonga g‘o‘za ekilganda paxta hosili 27,1 s/gani tashkil etib, nazoratga nisbatan 3,3 s/ga yuqori hosil olinib 25,6% rentabellikka erishilgan;
Termiz tumani “Sharof Moxinur” fermer xo‘jaligida 21,0 gektar, “Yangiariq Qoraxon” fermer xo‘jaligida 24,0 gektar tuman bo‘yicha jami 45.0 gektar maydonga joriy qilindi (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/04 - 04 - 777 - son ma’lumotnomasi). Natijada tumandagi “Yangiariq Qoraxon” fermer xo‘jaligida kashnich mineral o‘g‘itlar bilan N60P90K50 kg/ga me’yorda qo‘llanilib parvarishlangan maydonga g‘o‘za ekilganda paxta hosili 26,7 s/gani tashkil etib, nazoratga nisbatan 3,1 s/ga yuqori hosil olingan;
Sherobod tumani “Abdulla Muxammad Asilbek” fermer xo‘jaligida 19,0 gektar, “Abdunosir kelajak sari” fermer xo‘jaligida 18,0 gektar tuman bo‘yicha jami 37.0 gektar maydonga joriy etildi. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/04 - 04 - 777 - son ma’lumotnomasi). Natijada tumandagi “Abdulla Muxammad Asilbek” fermer xo‘jaligida kashnich mineral o‘g‘itlar bilan N60P90K50 kg/ga me’yorda qo‘llanilib parvarishlangan maydonga g‘o‘za ekilganda paxta hosili 28,2 s/gani tashkil etib, nazorat variantga nisbatan 2,8 s/ga yuqori hosil olinganligi aniqlangan.