Suvonqulova Aziza Abdurazzoq qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi va ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida virtual texnologiyalar vositasida axborot kompetentligini rivojlantirish”. 13.00.01 — Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusining ro‘yxatga olingan raqami: B2024.2.PhD/Ped7348.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa va kengash raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabov Mirsalim Egamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raxmatova Feruza Abulqosimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida virtual texnologiyalar vositasida axborot kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida virtual texnologiyalar vositasida axborot kompetentligini rivojlantirishning konseptual modeli adaptiv o‘qitishning tarmoq hamkorligi va masofaviy ta’lim imkoniyatlariga muvofiqligini ta’minlash, komponentlarning didaktik shartlarga yo‘naltirilgan texnologik tizimini tayanch kompetensiyalar matritsasini konstruksiyalash hamda ijtimoiy-kasbiy-pedagogik kollaborativlik asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish jarayoni “Virtual-adaptiv kollaborativ rivojlantirish texnologik tizimi”ning tashkiliy komponentlarini o‘quv faoliyati shakllari va kontent mazmuni bilan boyitish, virtual texnologiyalarni integratsiyalash hamda masofaviy ta’lim muhitini integrativ-modifikatsion jihatdan ta’minlovchi veb-platforma orqali qayta tashkil etish asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish mezonlari va ko‘rsatkichlari adaptiv maqsadlar uyg‘unligini algoritmik bosqichli kvalimetrik tahlil asosida aniqlash hamda tashxislash mexanizmini metodik jarayonga modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligi “Mahoratli pedagog” veb-saytini ta’lim jarayoniga integratsiyalash va individual ta’lim traektoriyalarini motivatsion, kognitiv hamda refleksiv komponentlar uyg‘unligi asosida shakllantirish orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida virtual texnologiyalar vositasida axborot kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida virtual texnologiyalar vositasida axborot kompetentligini rivojlantirishning konseptual modelini adaptiv o‘qitishning tarmoq hamkorligi va masofaviy ta’lim imkoniyatlariga muvofiqligini ta’minlash, komponentlarning didaktik shartlarga yo‘naltirilgan texnologik tizimini tayanch kompetensiyalar matritsasini konstruksiyalash hamda ijtimoiy-kasbiy-pedagogik kollaborativlik asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 20-iyundagi 02-01-01-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining virtual texnologiyalardan foydalanish, axborotni izlash, tahlil qilish, baholash va o‘quv jarayonida mustaqil qo‘llash ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish jarayonini “Virtual-adaptiv kollaborativ rivojlantirish texnologik tizimi”ning tashkiliy komponentlari, o‘quv faoliyati shakllari va kontent mazmunini uyg‘unlashtirish, virtual texnologiyalarni integratsiyalash hamda masofaviy ta’lim muhitini integrativ-modifikatsion jihatdan ta’minlovchi veb-platforma orqali qayta tashkil etish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 20-iyundagi 02-01-01-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish, virtual texnologiyalardan foydalanish, yangiliklarni izlash va o‘zlashtirish hamda pedagogik faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish mezonlari va ko‘rsatkichlarini adaptiv maqsadlar uyg‘unligini algoritmik bosqichli kvalimetrik tahlil asosida aniqlash hamda tashxislash mexanizmini metodik jarayonga modifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 20-iyundagi 02-01-01-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining virtual texnologiyalar vositasida axborotni izlash, saralash, tahlil qilish va baholash, o‘quv faoliyatini mustaqil tashkil etish hamda raqamli vositalardan pedagogik va kasbiy faoliyatda foydalanish imkoniyatlari kengaygan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligini “Mahoratli pedagog” veb-saytini ta’lim jarayoniga integratsiyalash va individual ta’lim traektoriyalarini motivatsion, kognitiv hamda refleksiv komponentlar uyg‘unligi asosida shakllantirish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Mahoratli pedagog” elektron veb-sayti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 20-iyundagi 02-01-01-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining virtual texnologiyalar vositasida axborot bilan mustaqil ishlash, raqamli muhitda ma’lumot almashish, veb-kvestlarni bajarish va virtual jarayonlarni fanlarni o‘qitish jarayoniga integratsiyalash kompetensiyalari kengaygan.
.