Ro‘zmatov Sanjarbek Maratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi va ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “10- va 11-sinf o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasi”. 13.00.06 — Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusining ro‘yxatga olingan raqami: B2025.3.PhD/Ped8470.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Nodira Mamalatipovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa va kengash raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘raev Ro‘ziboy Norovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi 10- va 11-sinf o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan dasturiy ta’minotni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ta’lim mazmunini metaliteracy kompetentligiga muvofiqlashtirish, kompleks tahlil bosqichlarini ochiqlik, gibridlik, dinamiklik va hamkorlikka asoslangan ta’lim shakllari bilan uyg‘unlashtirish hamda axborotni mustaqil va tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalarining asinxron ta’lim muhitida barqaror shakllanishini ta’minlash asosida diagnostik tahlil natijalariga ko‘ra aniqlashtirilgan.
o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning metodik modeli maqsadli va jarayonli komponentlarni subekt–subekt hamda subekt–resurs faoliyati bilan interpolatsiya algoritmi orqali didaktik integratsiyalash, innovatsion rivojlanishning intensiv kollaborativligini diagnostik-refleksiv komponentlar asosida fasilitatsiyalash orqali takomillashtirilgan.
o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot kasbga yo‘naltirish kontekstidagi zarur funksional-integrativ jarayonlarni hisobga olgan holda https://axborot.e-darslik.uz saytini loyihalashtirish, kompetentlikni raqamli va dinamik baholash tizimiga individual ta’lim traektoriyasini tahlil qilish hamda avtomatlashtirilgan tavsiyalar berishga mo‘ljallangan adaptiv algoritmlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni joriy etish metodikasi media-konstruktiv ko‘nikmalarni pedagogik introspeksiya bilan integratsiyalash va qiyosiy vositalardan foydalanish asosida optimallashtirilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning ijtimoiy muhitga moslashuvini baholash samaradorligi portfolio texnologiyalarini joriy etish metodikasini takomillashtirish orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda aniqlashtirilgan ilmiy yangiliklar asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan dasturiy ta’minotni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy, metodik va amaliy takliflar quyidagicha joriy etilgan:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini ta’lim mazmunini metaliteracy kompetentligiga muvofiqlashtirish, kompleks tahlil bosqichlarini ochiqlik, gibridlik, dinamiklik va hamkorlikka asoslangan ta’lim shakllari bilan uyg‘unlashtirish hamda axborotni mustaqil va tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalarining asinxron ta’lim muhitida barqaror shakllanishini ta’minlash orqali diagnostik tahlil asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Pedagogik dasturiy vositalar (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 13-martdagi 6/3.8-sonli qarori asosida berilgan 2026-96U-995-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, takomillashtirilgan dasturiy ta’minot vositalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning raqamli muhitda zarur ma’lumotlarni mustaqil izlash, saralash va tizimlashtirish faoliyati samaradorligi oshgan.
o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning metodik modelini maqsadli va jarayonli komponentlarni subekt–subekt hamda subekt–resurs faoliyati bilan interpolatsiya algoritmi orqali didaktik integratsiyalash, innovatsion rivojlanishning intensiv kollaborativligini diagnostik-refleksiv komponentlar asosida fasilitatsiyalash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik dasturiy vositalar (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 13-martdagi 6/3.8-sonli qarori asosida berilgan 2026-96U-995-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida turli formatdagi ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish va ularning haqqoniyligini baholash bo‘yicha o‘quvchilarda axborot-tahliliy ko‘nikmalar shakllangan.
o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni kasbga yo‘naltirish kontekstidagi zarur funksional-integrativ jarayonlarni hisobga olgan holda takomillashtirish, https://axborot.e-darslik.uz saytini loyihalashtirish, shuningdek, kompetentlikni raqamli va dinamik baholash tizimiga individual ta’lim traektoriyasini tahlil qilish hamda avtomatlashtirilgan tavsiyalar berishga mo‘ljallangan adaptiv algoritmlarni kiritishga oid takliflar “Pedagogik dasturiy vositalar (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 13-martdagi 6/3.8-sonli qarori asosida berilgan 2026-96U-995-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, murakkab axborotli masalalarni raqamli dasturlar yordamida mantiqiy qayta ishlash va ulardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish borasidagi texnologik kompetensiyalarning rivojlanish darajasi oshgan.
o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni joriy etish metodikasini media-konstruktiv ko‘nikmalarni pedagogik introspeksiya bilan integratsiyalash va qiyosiy vositalardan foydalanish asosida optimallashtirish, shuningdek, o‘quvchilarning ijtimoiy muhitga moslashuvini baholash samaradorligini portfolio texnologiyalarini joriy etish metodikasini takomillashtirish orqali oshirishga oid tavsiyalar “Pedagogik dasturiy vositalar (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 13-martdagi 6/3.8-sonli qarori asosida berilgan 2026-96U-995-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, olingan axborotlardan maqsadli va xavfsiz foydalanish, ularni yangi bilimlar shaklida taqdim etish hamda mediasavodxonlik madaniyatini namoyon etish layoqati sezilarli darajada oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish