Eshmuratova Ro‘za Reymberdievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Sanoat chiqindilari asosida sulfatbardosh kompozisiyali sement tarkibini yaratish va texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5545.
Ilmiy rahbar: Muxamedbaeva Zamira Abduljaparovna, texnika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmonov Xikmatilla Lutpullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat chiqindilari asosida sul`fatbardosh kompozisiyali sement tarkibini yaratish va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat aylanma pechlarida klinker sintezining texnologik jarayoni uchun xos bo‘lgan klinkerdagi S3A ning hisoblangan miqdori 5% dan ko‘p bo‘lmagan va oddiy sementlarda 8% gacha bo‘lgan rangli metallurgiya chiqindilarining mineral qo‘shimchalari bilan kompozision sul`fatga chidamli portlandsement olish imkoniyati asoslangan;
mis-qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish chiqindilari gidravlik qo‘shimchalarining MCh va QCh ning klinkerning turli mineralogik tarkiblari bilan sementning qotish jarayoni kinetikasiga, sul`fatga va suvga chidamliligiga ta’sirining qonuniyatlari aniqlangan;
olingan sement va qorishmalarining gidratatsiya darajasi va sulfatga chidamliligi qo‘shimchalar miqdoriga «tarkib-struktura-xossa» korrelyasion bog‘liqligi hamda sement qorishmalaridagi gidratatsiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, yangi hosilalar tarkibi va mikrostruktura shakllari aniqlangan;
qo‘shimchali sement gidratatsiyasida sement toshi strukturasining zichlashish mexanizmi asoslangan bo‘lib, u portlandit ulushining kamayishi, gidrosilikatlar, gidrogranatlarning intensiv hosil bo‘lishi, suyuq faza orqali ettringitning hosil bo‘lishi isbotlangan;
sement toshi va uning asosidagi betonning chidamliligini ta’minlaydigan mustahkamlik xususiyatlariga ega beton tarkibining diapazoni aniqlangan;
QCh va MCh qo‘shimchalari Sa(ON)2 ning bog‘lanish kinetikasi bo‘yicha portlandsementning gidratatsiya jarayonini tezlashtiruvchi va sement eritmalari uchun pusolanik faol mineral qo‘shimcha ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat chiqindilari asosida sul`fatbardosh kompozisiyali sement tarkibini yaratish va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘rg‘oshin-mis ishlab chiqarish chiqindilarini sementga gidravlik qo‘shimchalar sifatida qo‘llash orqali yuqori fizik-mexanik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan sul`fatga chidamli sement kompozisiyasining ishlab chiqilgan samarali tarkibi «Bekobodsement» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2026 yil 10 iyuldagi 01/15-1853-son ma’lumotnomasi). Natijada, sul`fatga chidamli sement kompozisiyasini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan klinker sarfini 30% gacha iqtisod qilish imkonini bergan;
agressiv muhitga chidamli bo‘lgan «Olmaliq KMK» AJ qo‘rg‘oshin-mis ishlab chiqarish chiqindilari SOF va MOF qo‘shimchalarini faol qo‘shimcha sifatida qo‘llagan holda sul`fatbardoshli sement kompozisiyasini olish uchun ishlab chiqilgan texnologiya «Bekobodsement» MChJ da amaliyotga joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2026 yil 10 iyuldagi 01/15-1853-son ma’lumotnomasi). Natijada, faol qo‘shimchalarni sementning tarkibiga kiritish uning mustahkamligi va sul`fatbardoshligini 15-20% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish