Malikov Bobur Baxodirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy O‘zbekistonda speleoturizmni geoinformatsion kartalashtirish: salohiyatini baholash va rivojlanish istiqbollari», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Gr402.
Ilmiy rahbar: Krupochkin Evgeniy Petrovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor; Usmonova Roxatjon Usmonovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy O‘zbekiston speleoturizmining geoinformatsion modelini ilmiy asoslash va ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bunda mintaqaning tabiiy-geografik hamda turistik-rekreatsion salohiyatini baholash, g‘orlar va turistik marshrutlarni kartografiyalash, shuningdek GIS-texnologiyalari va fazoviy tahlil asosida speleoturizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy O‘zbekiston turizmni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, cheklovchi omillarni hamda nazariy tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash uchun ilk bor tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muhit haqidagi ma’lumotlarni kompleks yig‘ish, to‘plash, tahlil qilish hamda kartografik vizualizatsiyasini amalga oshirishni ta’minlovchi geoinformatsion metodi takomillashtirilgan;
GIS yordamida algoritmlashtirilgan integral miqdoriy baholash usuli asosida Janubiy O‘zbekiston hududlaridagi (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari) speleoturizm salohiyati aniqlangan;
kompleks tabiiy-geografik tahlil va fazoviy ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish (overlay) texnologiyasidan foydalanish asosida tog‘li hududlarda tabiiy turistik attraktorlarni shakllantiruvchi asosiy omillar tizimi ishlab chiqilgan;
speleoturizm salohiyatini baholash va hududni rayonlashtirish asosida yangi turistik yo‘nalishlar tarmog‘i taklif etilgan hamda GIS-texnologiyalardan foydalangan holda ularning elektron turistik kartalar seriyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining turistik salohiyatini geoinformatsion kartografiyalash asosida:
Janubiy O‘zbekistonda turizm rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash hamda nazariy tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash maqsadida ilk bor tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muhitga oid ma’lumotlarni kompleks yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va kartografik vizuallashtirishni ta’minlovchi takomillashtirilgan geoinformatsion metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 11-noyabrdagi №03-10-17-11576-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm rivojlanishini cheklovchi omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari hamda turizmni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilash imkonini bergan;
GAT texnologiyalari asosida algoritmlashtirilgan integral miqdoriy baholash usuli qo‘llanilib, O‘zbekiston janubiy hududlarining (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari) turistik-rekreatsion salohiyati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 11-noyabrdagi №03-10-17-11576-son ma’lumotnomasi). Bu esa ushbu hududlarda yangi turistik marshrutlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
kompleks fizik-geografik tahlil va hududiy qiyosiy (overlay) tahlil texnologiyasi yordamida tog‘li hududlarda tabiiy turistik attraktorlarni shakllantiruvchi asosiy omillar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 11-noyabrdagi №03-10-17-11576-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy O‘zbekiston hududlari uchun turistik rivojlanish traektoriyasini aniqlash hamda istiqbolli turistik hududlar infratuzilmasini takomillashtirish rejasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
turistik-rekreatsion salohiyatni baholash va hududiy rayonlashtirish natijalari asosida yangi turistik marshrutlar tarmog‘i O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 11-noyabrdagi №03-10-17-11576-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy O‘zbekistonning speleoturistik salohiyatini baholash imkoniyatlarini yanada kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish